Ранг схемаси

Хотира китоби


Baltabay Saparov  1923 yili Qoraqalpog’ston Respublikasida tug’ilgan. Novqiron yigitlik chog’i urush davriga to’g’ri kelganliklari sababli o’n toqqiz yoshida ya’ni, 1942 yili  el- yurtining tinchligi uchun urushga otlanadi. Saratov oblist Tatichevo degan joyda 1 oy mobaynida yovga qarshi kurashish, qurol aslahalardan foydalanish sir-asrorlarini o’rgangan.    1942-yil 8-avgust oyida Ladoga ko’li orqali o’tib qurshovda qolgan Lelingradni ozod etishga qatnashganlar. Keyin Privaltika ellarini ozod qilish bilan bir qatorda, Germaniyaning Elva daryosining Rastov fortigacha bo’lgan yerlarni zabt etgan. Urush tugagach Belorussiyada harbiy xizmatini davom ettiradi. 1947-yil harbiy xizmatdan bo’shatilib, qadirdon qishlog’iga qaytib keladi. U ko’p yillar mobaynida SHimboy tumanidagi “Kenes” jamoa xo’jaligida “xisobchi” ,“tabelchi”, “brigat”  Nukus shahridagi qurulish va avtotransport korxonalarida samarali mehnat qilgan       Ho’zirda bobom Nukus shahri “Aydin jol” ma’hallasida istiqomad qilmoqda. 

Жасорат ҳақида ёзиш

Сиз xotira.uz порталида яқинларингиз урушда кўрсатган жасорати ҳақида сўзлаб бериш имконига эгасиз. Биз биргаликда Иккинчи жаҳон урушида ватандошларимиз кўрсатган жасорати ҳақидаги хотирани сақлаб қоламиз ва келажак авлодга етказамиз.