Ранг схемаси

Sharipov Yaxyo


19.07.2017

 Fasllar  kelinchagi  bahor faslida juda ko'plab bayramlar yurtimizda keng  nishonlanadi.  Bu bayramlardan biri "Xotira va qadrlash kuni"dir.  Bu bayramga  mustaqillikka erishganimizdan keyin, e’tibor yanada kuchaydi.  Bayram kunlari arafasida  keksalar e’zozlanadi,  o'tganlar xotiralanadi.  Ushbu bayram urush qatnashchilari va keksalarni qadrlash kuni,  chunki yurtimizning tinch-totuv, osoyishta, osmonimiz musaffo bo'lishida bu keksa faxriylarimizning  jangda mardonovor kurash olib borganligidir.  Mening bobom ham Vatanimiz tinchligi,  osoyishtaligi uchun jonini fido qilgan urush qatnashchisidir.  Bobom menga urush haqida juda ko'p tarixiy voqealarni aytib o'tganlar.  Mening bobomni ismlari Sharipov Yaxyo.  Men bobom bilan suhbat qurganimda, urushda bo'lgan voqealarni  so'zlab berdi.  Bobom shunday boshladilar : 1923-yilning 5 -yanvarida tug'ildim.  1941-yilgacha maktabda o'qir edim.  7 -sinfdan 1941-yil dekabrda bizni armiyaga olib ketdi.  1942-yili aprel oyigacha quroldan otishni o'rgandik.  Aprel oyidan keyin urushning markazi eng katta jang  bo'lgan "СТАЛИНГРАД" shahriga olib kelib, bizni urushga safarbar qildi.  Urush nihoyatda yomon dahshat,  haqiqiy urushga kirgan odam u yerdan sog' chiqishiga ko'zi yetmaydi,  yo o'laman yo tirik qolsam chiqib ketaman derdi, lekin tirik qolish ham nihoyatda qiyin bo'lgan,  chunki  yo  yarodor bo'ladi  yo  o'ladi, keyin urushdan chiqadi. Urush tarixida eng kuchli va katta bo'lgan jang "СТАЛИНГРАД" bo'lgan.  Men o'sha urushga  qatnashdim, 1942 -yil aprelda urushga kirgan bo'lsam,  1942-yil noyabr oyigacha faqat urush ichida bo'ldim.  Shu urush ichida o'ng va chap qo'lim,  chap yelkamdan 3-4 martta yarodor  bo'ldim.  Keyin 19- noyabrda katta bir  Qo'rg'onni  ishg'ol qilish vaqtida katta portlash bo'ldi, biz bu portlash tagida qoldik,  men pulimotchi edim,  shu portlashda meni dushmanlardan biri chap oyig'imni  tizzasidan 10 sm yuqorisidan meni yaraladi va suyagim sindirib ketdi, shu bilan urushni  ichidan chiqolmay  urush tinchigunicha 2 sutka dalada akobni ichiga  yotqizib  qo'yishdi,  2-sutka oxirida urush qandaydir nariroqqa ketgan ekan,  shundan keyin sanitarlar keldi va yaradorlarni olib chiqishdi  meni ham akobdan olib chiqishdi hamma yog'im qon  juda ko'p qon ketgan ekan,  hushimga kelib ko'zimni ochdim gapirishga madorim yo'q,  keyin darrov bir qultum suv berishdi.  Shifokor sherigini chaqirib “ buni olib chiqaylik buni kasali og'ir”- dedi va meni birinchi yordamga “Sabmatga" Volga bo'yidan 2 km cha joyda bir katta jarlik yonida joy qilib olgan,  o'sha yerda yotqizib birinchi yordam ko'rsatdi.  Oyog'imni boylab, qonlarni artib,  oyog'imni tikka qilib, tagiga shina bog'ladi.   Lekin baribir oyog'im singan edi,  biz eng og'ir yaradorlardan edik.  Kunduzi yurgizmasdi, tepadan bomba tashlardi, shu kechqurun sanitarlar o'gir yaradorlarni aravada 2 - 3 km joyda qishloq joyda "Polivoy gospital"- dala gospital degan joyga olib borardi.  Yo'lda juda ko'plab sanitarlar, felshirlar halok bo'lgan. Biz zo'rg'a yashirinib yetib bordik u yerda 2 sutka bo'lib,  keyin yana boshqa bir joyga olib ketdi,  shu vaqt mobaynida juda ko'p qon ketdi.  Bizni  Xamishin degan shaharga amerikani  Sudavekr degan mashinasiga 2- 3ta qilib yotqizib, bitta sanitar bilan o'sha shaharga jo'natdi,  6 ta mashinadan 2 tasi kirib bordi,  4 tasini yo'lda bomba bilan urub vayronini chiqardi.  Uni ichida yaradorlar ham haydovchilar ham o'lgan. U yerda ham joy yo'g’  ekan  karidorida 2 kun bo'lib,  ertasiga Volga bo'yiga katta paraxod kelib, Quybeshipga  deyishdida jo'nadik.  Saratovga kelganda og'irlarni tushurmasak bo'lmaydi,  biz yo'q deb  yig'lasak ham tushmasang bo'lmaydi o'lib qolasan derdi felshir,  keyin o'sha yerda qoldik.  1 haftadan keyin shifokorlar kelib oyog'imni ko'rdi,  tizzadan pasti hech narsani sezmaydi,  pichoq bilan tiqsa ham sezmaydi.  Shifokorlar  buni qon tomirlari o'lgan dedi, shu bilan keyin kesamiz deyishdi.  Oyog'imni kesgan payta juda qattiq azob chekdim,  yig'ladim.  Ertasi kuni meni Quybeshipga 1943-yil yangi yilidan 3 kun o'tib yetib keldik. Yangi yildan 3 kun o'tib o'gir yaralanganlarni urushdan ozod qilib, O'rta  Osiyoga jo'natdi,  biz o'yladik Toshkentga deb suyunib yotibmiz  Olmotaga kelganimizda so'rasak O'zbekistonda joy yo'q ekan.  Qaytib Olmataga bordik bu yerda ham joy yo'q ekan olmaymiz deyishdi.   Qozog'iztonning bir shahriga borib, bizni o'sha yerga tushurdi.  O'sha yerda 6 oy yotib keyin tuzalganimdan so’ng  O'zbekistonga jo'natdi. 
    Gulistonga kelib qishloqda maktabda o'qituvchi bo'lib 1 yil ishladim.  Urush vaqti bolalar maktabga kelardi, menga kichkina sinflarni bergandi,  bechora bolalarni ustida kiyim yo'q, qorni och,  maktablar sovuq, bechoralar endi qaltirab o'tirardi ko'rgan odami rahmi kelardi.   1 yil ishlab menga to'g'ri kelmadi,  chunki bu bolalarni ko'rib o'zimni rahmim kelib,  yig'lagilarim kelardi.  Shundan so’ng  o'qituvchilikdan chiqdim, oradan vaqt o'tib,  Gulistonda 6 oylik buxgalterlar tayyorlash kursi chiqdi.   1944-yil kuzda borib, 1945-yili may oyida o'sha yerda o'qib tamomlab chiqdik.  Shundan to 1985-yilgacha buxgalter bo'lib ishladim.  1944 -yil uylandim, 12 ta farzand ko'rdim,  6 ta o'gil, 6 ta qiz. 
   Hozirda mana qarilik zavqini surib o'tiribmiz,  ilgari  ko'rmaganlarimizni mana mustaqillikka erishganimizdan keyin ko'ryapmiz,  nihoyatda xursandmiz. Mana shu avvalo O’zbekistonning I Prezidenti muhtaram Islom Karimovdan va hozirgi kunda yurtni boshqarishda faoliyat olib borayotgan Shavkat Miromonovichlardan juda xursandmiz qadrimizga yetib,  ayniqsa shu 2 -3 yildan buyon, bizlarni hurmat qilib,  sovg'a salomlaru va nima desak hammasini  muhayyo qilib berishayapti.  Yurtimizda ham juda ko'plab o'zgarishlar bo'ldi,  obodonchilik,  qurilish ishlari nihoyatda yaxshi va mukammal tarzda amalga oshirilmoqda.  Ayniqsa yoshlarga ko'plab e'tibor berilmoqda, biz keksalar ham yoshlarga nasihat berib ularni duo qilib o'tiribmiz. Hozir yoshlarga nimaiki zarurat bo'lsa, hukumatimiz qilib beryapti.  Bunaqa davr bunaqa hukumat hech qayerda bo'lgan emas,  shuning uchun Ollohga ming marta shukur qilishimiz kerak.  Biz keksalar duo qilamiz “yurtimizga ko'z tegmasin, tinchligimiz abadiy bo' lsin rahbarlarimiz doimo sog' bo'lsin”.  Meni nevaralarim,  evaram cheravaralarim ko'p.  Men muhtaram Islom Karimovga va hozirgi kunda faoliyat olib borayotgan Shavkat Mirziyoyevga mingdan ming rahmat aytib qolaman doim sog' bo'lishini,  I. Karimovni ruhlari shod bo'lishini Ollohdan so'rayman deb nutqini bobom yakunladilar. 
   Men bobomning bu so'zlab bergan voqeasidan juda ham tasirlanib ketdim.  Urush yillarida kechirgan qiyinchiliklari xalqimiz uchun jonini fido qilishdan toymaganligi, mardonovar jang qilganligidan faxrlanaman.  Bobomning hozirgi kunlarga shukurona bildirishlari bejizga emas.  Haqiqatan ham yurtimizda keksalarni e'zozlash,  qadrlash, o'tganlarni xotiralshda juda ko'plab ishlar amalga oshirildi.  Turli xildagi  sovg'a salomlar,  yurtboshimiz tomonidan kelgan turli tabriknomalar  bobomning ko'ziga yosh keltirib yubordi.  Bobomdan “nega yig'laysiz” deb so'rasam bobom bu sevinch,  quvonch yoshlari bolam degan so'zlari  meni ta’sirlantirib  yubordi.  Bobom menga doimo o'qigin deb nasihat qiladilar.  Meni shunday ulug' bobom borligidan faxrlanaman. Men o'z tengdoshlarimga uka-yu singilarimga maslahatim qadrdon bobo va buvilarimizni doimo duosida bo'lib ularni e'zozlab, hurmat qilib,  har ishlarida yordam berib,  bayramlarida tabriklasak menimcha bobo - buvilarimiz bizdan juda minnatdor bo'lishadi.  Shu bilan men bilan bobom o'rtamizdagi suhbat o'z yakuniga va men yozgan insho ham yakuniga yetdi deb o'ylayman. Yana bir gap biz 9-may "Xotira va Qadrlash kuni" da muhtaram Prezidentimiz Islom Abdug'aniyevich Karimovni yodga olib, xotiralshni unutmasligimiz kerak deb o'ylayman.        

Жасорат ҳақида ёзиш

Сиз xotira.uz порталида яқинларингиз урушда кўрсатган жасорати ҳақида сўзлаб бериш имконига эгасиз. Биз биргаликда Иккинчи жаҳон урушида ватандошларимиз кўрсатган жасорати ҳақидаги хотирани сақлаб қоламиз ва келажак авлодга етказамиз.