Ранг схемаси

Said-Karimxon Ziyoddilayev


19.07.2017

Mening bobom qahramon.
Men juda baxtliman. Baxtli ekanligimni har doim anglashim menga hayotga, yashashga bo’lgan qiziqshimni yanada ortiradi, kelgusida yangi-yangi rejalar tuzishga, orzularimni amalga oshirishiga kuch-g’ayrat bag’ishlaydi.
Men, ziyoli, taniqli sulola vakilasi bo’lganimdan g’ururlanaman desam mubolog’a bo’lmasa kerak. Sulolamizda bobolarim yurt ravnaqida o’z hissalarini qo’shishga muyassar bo’lgan jamiyat vakillari bo’lishgan ekan. Bobom akademik Said-Karimxon Ziyoddilayev, 1913 yili 15 oktabrda Toshkent shahrida, sebzor daha qozi ko’chasida dunyoga kelganlar. Otalari Ziyodullaxo’ja dexqon, onalari uy bekasi bo’lganlar. Bobomning tarbiyalarida ularning bobolari Lutfullaxo’ja, hamda buvilari Saidpochchaxonlarning o’rni katta bo’lgan. Ayniqsa bobom onalaridan ikki yoshlarida ajraganlaridan so’ng buvilari Saidpochchaxon ona o’rnini bosganlar. Bolalik yillarida hali mamlakatda texnika rivojlanmagan, hamma narsa qo’l mexnati bilan amalga oshirilagan. Shaxar ikkiga bo'lingan, yangi –  russlar o'zicha, eski - o'zbeklar o'zicha urf-odatlari bilan yashashganlar. Bobom Said-Karimxon sovet revolusiyasigacha eski maktabda, revolusiyadan keyin buyuk mutafakir) , olim Mirzo Ulug'bek nomidagi yangi sovet maktabida taxsil olganlar. Ular qatorida keyinchalik taniqli bo'lgan insonlar Saidolim Azizov, Vaxobjon Fayozov, Xamidulla Junaydullayevkar bo'lgan. Maktabni tamomlagach irrigasiya texnikumiga o'qishga kiradilar. Texnikumda rus tilini o'rganadilar . 1993 yilda Moskva universitetiga o'qishga ketadilar. Mana shu yillar nafaqat O'zbekiston uchun, balki butun sovet mamlakatlari uchun eng og'ir yillar bo'lgan ekan. Sovet tuzumining «kollektivlashtirish» degan siyosati olg’a surgan paytlar edi. Moskvada ta'lim olish oson kechmagan. Bir tomondan ta'lim olish zaxmatlari bo'lsa, bir tomondan Vatan sog'inchi qiynardi. Ularga faqat bir narsa, ya'ni “ertaga O'zbekiston uchun foyda keltira oladigan yetuk mutaxasis bo'lishim kerak” degan kuchli tuyg'yu madad bo'lgan. Bilim olish bilan birgalikda O'zbekistondagi yangiliklar haqida qiziqib borganlar
 Nixoyat 1940 yilda ezgu orzular amalga oshdi. Moskva universitetini tugatib, injener (muhandis) nomiga muyassar bo'ldilar va Toshkentga qaytib keldilar. Bobomning eng kuch-g'ayratga to'lgan paytlari edi. Oilada hamma ularga ishonardi. Yosh injener  sifatida ish olib borayotgan , xayotlarining eng baxtli damlarini kechirayotgan bir paytda 1941 yil 22 iyunda nemes-fashist qo'shini hech qanday ogoxlantirishsiz Sovet Ittifoqi hududiga bostirub kirdi. Urush boshlandi. O'zbekistonga ming-minglab eshelonlarda zavod va fabrikalar evakuatsiya qilib olib kelindi. Shior bitta edi: «Hamma narsa front uchun, hamma narsa g'alaba uchun». Bir millionga yaqin kishilarni va yetim qolgan bolalarni O'zbekiston o'z bag'riga oldi. Maxallalarda evakuatsiya qilingan oilalar bosh pana bilan ta'minlandilar. O'zbek xalqi eng og'ir kunlarda ham bir burda nonini bo'lishib ular bilan baham ko'rdi, mehr-muruvvatini ayamadi. Lekin urush o'z ma'shum hukmini o'tkazardi. Oilalarda ko'plab yoqotishlar, ocharchilik, kasalliklar avj olib borardi.Yoshgina kelinchaklarning beva bo’lib qolishi, hali dunyoga kelib ulgurmasdanoq yetim bo’lib qolgan go’daklarning chirqirashi, eridan, dilbandidan, aka-ukasidan ayrilgan onalarning faryodlari dunyoni larzaga solar edi.  Shu kunlarda bobomni ham urushga xizmatga chaqirishdi. Lekin bobom oliy ma'lumotli, injener bo'lganlari uchun Toshkentda front orti ishlari uchun kerakli mutaxasis sifatida olib qolindilar. Minkomxozning plan-iqtisod boshqarmasiga rahbar etib taylanadilar. Urushning eng og'ir kunlarida o'zbek xalqi ayniqsa keksalar, ayollar, bolalar kunni kun demay, tunni tun demay faqat bir narsa uchun bu ham bo'lsa g'alaba uchun tinmay harakat qilgan. O'zbekiston qurol-yarog', oziq-ovqat, kiyim-kechak bilan taminlovchi mamlakatga aylanib qolgan edi. Ana shu paytda bobom o'z vazifalarini sidqidildan bajaribgina qolmay, o'z ustilarida ishlab katta tajribaga ega bo'lib borganlar.
1944 yil bahorida bobomni O'zbekiston Kompartiyasining markaziy qo'mitasiga chaqirishadi. U yerda ular Usmon Yusupov bilan birinchi marta uchrashadilar. Bobom o'z qo'lyozmalarining birida Usmon Yusupov bilan bo'lgan uchrashuvni shunday eslab yozadilar: «Usmon Yusupov ko'rinishi harbiylarnikiga o'xshagan kamzulda, sochi ustarada qirdirib oldirilgan, o'ziga ishongan, kuch-g'ayratga to'lgan bir oddiy inson sifatida gavdalanib turardi. Lekin undan taralayotgan qandaydir quvvat, salobat, yonida turgan odamni ozroq cho'chitar edi. Men ham ana shunday holatgatushib qolgan edim. Axvolimni ko'rgan Usmon Yusupov oxistalik bilan meni savolga tutdi, ota-onam kim, qayerdan ekanligini, qayerda o'qiganligimni bilgach shunday dedi: «Sening sotsial kelib chiqishing bizga ma'qul, hozirgi ishlayotgan joyingda biz sendan mamnunmiz, bu juda yaxshi. Biz seni javobgarligi katta, muhim bir ishga taklif qilmoqchimiz.  Ikkita taklifimiz bor: birinchisi - kommunal xo'jaligi vazirining o'rinbosari, ikkinchisi – Xorazmga, oblispolkom raisining o'rinbosari etib tayinlab yuborish. Nima deb javob berasan?”
 -Qayerga yuborsangiz, shu yerga boramanm - deb javob berdim.
 -Barakalla! Sendan haqiqiy rahbar chiqadi! Bir hil arbobolar Toshkentdan chiqichga qo’rqishadi. Biz seni albatta Xorazmga yuboramiz. U o’lka katta, qadimiy tarixga ega. Qachonlardir juda qudratli davlat bo’lgan. Xalqi ham juda mexnatkash. Hozir urush. U yerda ham ahvol juda og’ir. Senga omad tilayman! - deb uzgacha bir viqor bilan javob qaytardi Usmon Yusupov.
Xorazmda ish juda qizg’in ketardi. Ish soat 09:00 dan 18:00gacha, undan keyin 3 soatlik tanaffus va yana tungi ishlash vaqti. Shunday usulda Stalin ishlardi, tabiyki kattami kichikmi rahbar lavozimida ishlagan inson shunday ish jadvaliga amal qilishi shart edi. Urush davom etardi.
1944 yilda Ukraina keyin Belorussiya ozod etildi. Axborotlardan ora-chora Polsha, Ruminiya, Vengriya, keyin esa nemets shaxarlari ozod etilganligi eshutilib turardi. Nihoyat Qizil Armiya Berlinga kirib bordi. Bularning hammasi kishilarning kayfiyatida aks etdi, insonlarda yana quvonch xisi uyg’ondi. Ular o’zlarining qilgan say-harakatlari bekor ketmaganidan, g’alaba yaqin ekanligidan, xayotlari yaxshi tarafga o’zgarishi umididan juda baxtli edilar.
1945 yil 9 may. Ikkinchi jahon urishida, nemets fashisti ustidan g’alaba qozongan kun. Bu kunni so’z bilan ifoda qilish juda qiyin. Bu kunning ortida butun xalqning matonati, jasorati, alamli qayg’usi, hammasi ortda qolib kelajakga, yani g’alabaga bo’lgan ishonchi, qanchadan-qancha yoqotishlar yotar edi. Bir tomondan bu kun insonlarga xursandchilik, quvonch bag’ishlasa, bir tomondan urush degan baloga bo’lgan nafrat, dard, alam ularni qiynardi. Bobom ham ana shunday xalq vakili sifatida g’alabani qarshi oldilar. Butun umr takrorlanmas kun bo’lib yoddilarida qoldi.
Urush tugagandan so’ng mamlakatni oyoqqa turg’azish kerak edi. Birinchi o’rinda uy-joy qurilish sohasini rivojlantirish kerak edi. Bu sohani rivojlantirish uchun esa eng avvalo qurilish materiallarini ishlab chiqarilishini yolga qoyilishi kerag edi. Shu sabab Ittifoqda maxsus o’rgan – qurilish materiallari sanoati vazirligi tashkil etildi. O’zbekistonda ham shunday vazirlik tashkil qilindi. Bobom shu vazirlikning vaziri etib taylandilar. Bu davrda ular endigina o’ttiz uch bahorni qrshilagan edilar. Urushdan keyin og’ir kunlar edi. Zavodlarda yetuk mutaxasislar juda kam, ishchilarning aksariyati xali ham qariyalar, ayollar, frontdan qaytgan nogronlar va bolalar edi. Ishlab chiqarish uskunalari ham ancha eskirgan, boz ustiga elektr energiyasining yetishmasligi ishni ortga surardi. Markazlashgan siyosat avj olgan edi, Moskvadan ruxsat kelmaguncha hech narsa xal bo’lmasdi. Og’ir ahvolga qaramasdan xalq matonat bilan ishlardi. O’zbekistonda sement, keramika plitalari, sanitar-texnik buyumlari, linoleum ishlab chiqarila boshlandi.
1948 yil bobom O’zbekiston SSR ministrlar kengashining raisi o’rinbosari va Respublika “Gosplan” raisi etib saylandilar. Endi bobom sanoatning bir jabhasida emas, balki mamlakatning hamma sanoatini rivojlanishiga ma’sul kishilardan biri edilar.
Bobom O’zbekistonni Rossiya imperiyasi bosib olgan davirlarida, Sovet davlatida, kollektivlashtirish, Stalin repressiyasini ko’rgan, Ikkinchi Jahon urushi, urushdan keyingi davirlarda va eng oliy ne’mat, Mustaqillikga erishgan davrimizda hozirgi yurtimizning rivojlanishida o’z hissalarini qo’shgan insonlardan biri edilar. Moziyga nazar tashar ekanman, ko’z o’ngimda bobom timsolida o’zbek xalqining siymosi gavdalanadi. Har qanday og’ir, mustabid zamon bo’lmasin o’zbek xalqining irodasini, matonatini, g’ururini hech qachon hech narsa buka olmagan. Go’yoki insonning qadr-qimmati, mehr-oqibat, muruvvat, kelajakga ishonch, ayniqsa shukuronalik hislari faqatgina o’zbek xalqiga mosdeg tuyiladi. Hozirgi tahlikali zamonda men va men kabi yoshlarni bugungi kunimizga, tinch va farovon hayotimiz uchun, erkin-emin o’qib yaratilgan sharoitlardan bor kuch g’ayratimiz bilan foydalanib, O’zbekistonimiz uchun munosib farzand bo’lishga, ota-bobolarimizning o’gitlarini doimo yodda saqlab shukuronalik hissi bilan yashashga undaydi. Zero bizga bobom va ularga o’xshagan ota-bobolarimizning bo’sib o’tgan hayot maktablari o’rnak bo’lguchidir, ularning ruxi hamisha madat berguvchidir

Жасорат ҳақида ёзиш

Сиз xotira.uz порталида яқинларингиз урушда кўрсатган жасорати ҳақида сўзлаб бериш имконига эгасиз. Биз биргаликда Иккинчи жаҳон урушида ватандошларимиз кўрсатган жасорати ҳақидаги хотирани сақлаб қоламиз ва келажак авлодга етказамиз.