Ранг схемаси

Mening bobom va buvim - qahramon


19.07.2017

  Olam yaralibdiki, yer yuzida qanchadan qancha nizolar yuzaga kelgan. Buning hammasiga tarix guvoh.Birinchi Prezidentimiz Islom Abdug’aniyevich Karimov ta’kidlaganlaridek, “Tarixiy xotirasiz kelajak yo’q”. Ikkinchi jahon urushining dahshatli suronlari bobolarimiz qalbida bitmas iz qoldirgan. Ular so’zlab bergan dahshatli voqealarni eshitib, qalbimiz larzaga keladi.
      Fashistik g’oya dastlab Italiyada Benito Mussolini tomonidan ishlab chiqilgan. Keyinchalik bu g’oya Germaniyada ildiz otdi. Nemis tilida so’zlashuvchi barcha mamlakatlarni birlashtirib, dastlab Yevropani, so’ng esa butun dunyoni bosib olish va Yer kurrasida yagona oliy irqning hukmronligini o’rnatish siyosati Gitlerining asarida ishlab chiqilgan edi. 1939-yil 1-sentabr kuni Germaniyaning Polshaga bostirib kirishi bilan boshlangan bu urush 61 mamlakatni, Yer sharining 1.7 milliard aholisiini o’z girdobiga tortdi.
      SSSR  tarkibiga kirgan barcha hududlar, shu jumladan, O’zbekiston ham urush girdobiga tortildi. O’zbek xalqining boshiga og’ir sinovlar tushdi.
      Urushning boshlanganligi haqidagi shum xabar O’zbekistonning barcha hududlariga yetib bordi. Ishchilar, xizmathilar, dehqonlar, talaba yoshlar o’z Vatanlarini himoya qilishga, yuzma-yuz janglarda fashistlarni tor-mor etish uchun urushga borishga, front ortida fidokorona mehnat qilishga tayyor ekanliklarini bildirdilar.       
      O ’zbekistonning mard va jasur yigitlari Vatan oldidagi burchlarini ado etish uchun jang maydolariga yo’l olishdi. Urushning birinchi oyidayoq harbiy komissarliklarga 32 mingdan ko’p ishchilar, kolxozchilar, yoshlar  o’zlarini frontga jo’ntishni so’rab ariza berdilar.
     O’rta Osiyo ya’ni O’zbekiston harbiy okrugi front uchun jangchilar va zobitlar tayyorlanadigan “zavod”ga aylantirildi. Bu okrugda 1941-yil iyunidan 1942-yil oxirigacha bo’lgan muddatda harbiy safarbarlik asosida 109 ta harbiy qo’shilma tuzildi.    O’zbek  xalqi, keksalar, ota-onalar dahshatli sinov paytida o’z farzandlarini frontga jo’natar ekan, ularga mard va botir askar bo’l, qahramonlarcha jang qil, g’alaba bilan qayt, deb nasihat qilib qolardilar.
      Mening buvam ham urush qatnashchisi. Buvam har gal so’zlab bergan urush voqealarini eshitib, o’sha vaqtdagi vaziyatni oz bo’lsa-da, tushundim desam, mubolag’a bo’lmaydi. O’zbekistonlik jangchilar Smolensk, Kiyev, Odessa, Sevastopol va boshqa shaharlarda  qahramonlarcha janglarda qatnashdilar. 
      Buvam esa Odessada mardonavor kurashdi. Buvam shunday degan: “Biz jang maydonida mardlarcha jang qildik. Ammo nemis qo’shini bizdan ustun keldi. Biz guruhlarga bo’linib, ortga chekindik. Men bilan birga oltita safdoshlarim bor edi. Biz o’sha yerdagi bir xarobadan qo’nim topdik. O’sha yerni qidirib, oz bo’lsa-da  yegulik topdik. Oz bo`lsa-da tamaddi  qilib olgach, dam olishga tushdik. Shu zahoti bizga nemislarning bir guruhi hujum qildi. Men qurolni qo’lga olib, dushmanga qarata o’q uzdim. Ularning ko’pchiligi halok bo’lishdi.Shu asnoda men bilan  yonma-yon beshta safdoshim ham bor edi. Nemislarning bir guruhini tor-mor etdik. Biz bir-birimizga yordam berib borardik. Harbiy bo’linmaga oz qolganida nemislar yana hujumni boshladi. Biz ularni qo’ldan kelganicha to’xtatib turishga harakat qildik. Shu paytda bizga yordam tariqasida kichik harbiy bo’linma kelib qo`shildi. Ayniqsa, ularning orasida yurtdoshlarimiz borligidan nihoyatda xursand bo’ldim. Ayovsiz jang ketdi.Biz dushman qo`shinini tor-mor etdik ”. 
     Buvamning va safdoshlarining bu jasoratini boshqalarga aytib berishdan hech charchamayman va bundan faxrlanaman!
       O’zbekiston partiya va sovet tashkilotlari front orqasini mustahkamlash, xo’jalikni harbiy izga tushirish, ko’plab jangovar texnika, qurol-aslaha, o’q-dorilar, oziq-ovqatni ishlab chiqarishni yo’lga qo’yish bo’yicha shoshilinch tadbirlarni amalga oshirdilar. 
      Urush tufayli kolxoz, zavod va fabrikalarda ishchilar qolmaganligi tufayli o’zbek ayollari urushga ketgan akalari, otalari va erlarining o’rniga ishga kirib,fidokorona mehnat qildilar. Birgina misol tariqasida qishloq xo’jaligini olsak, uning barcha bo’g’inlarida qat’iy ish tartibi belgilandi. Eng kam miqdordagi majburiy mehnat kunlari 1,5 barovarga oshirildi.
O’smirlar uchun ham 12 yoshdan boshlab mehnat kunlari belgilandi. Belgilangan miqdordagi mehnat kunlarini bajarish majburiy qilib qo’yilgan edi. Mening buvim ham front ortida, ya’ni qishloq xo’jaligida fidokorona xizmat qilgan. Buvim bizga shunday der edi: “Biz quyosh chiqqandan to kun botgunga qadar dalalarda mehnat qilar edik. Bug’doyzorlarda kombaynlardan tushib qolgan boshoqlarni bittalab terganmiz. Paxtazorlarda erta-yu kech paxta terar edik. Dekabr oylari edi. Quyosh hali chiqmagan payt. Izg’irin sovuq. Uyqudan uyg’onib, nari-beri choy ichib, g’o’zadagi ochilmay qolgan ko’raklarni terib kelish uchun paxtazorga yo’l olardik. Paxatazorga borish uchun 2-3 kilometr  yo’l yurar edik . Paxtazordan terib chiqib, ko’raklarni shiyponga olib borib, paxtasini ajratib olar edik”. 
      Buvimning aytgan gaplaridan hozirgi hayotimizni taqqoslab ko’rdim. Erta tongdan turib, paxta terish qayda-yu, ertalab maktabga tahsil olishga borish qayda…
      Mening bobom va buvim - qahramon.Men ular bilan faxrlanaman.
      Prezidentimizning tashabbusi bilan yurtimizdagi mehnat va urush faxriylariga alohida e’tibor qaratilmoqda. Xususan, mening buvam va buvim “Mehnat faxriysi ” unvoni bilan taqdirlandilar va moddiy jihatdan ham ehtiyojlarini ta’minlab berdilar.   
      Aziz tengdoshim!Urushning naqadar ayanchli ekanligini sizga yetkazib berolgan bo’lsam, men bundan baxtiyorman! “Inson aziz--xotira muqaddas “deganlaridek  , urush tufayli halok bo’lgan bobolarimizning jasoratini, Vatan oldidagi fidokorona mehnatini aslo unutmasligimiz zarur.
  Prezidentimizning joriy yil 9-may da “Xotira va qadrlash kuni” munosabati bilan so’zlagan nutqida: “Mendan “eng baxtli odam kim ”deb so’rasangiz, “oilasi, Vatani tinch bo’lgan odam “deb aytgan   bo’lar edim” degan gaplari fikrimizning yorqin dalilidir. 
      Urush dahshatini ko`rgan bobolarimizgina tinchlikni boshqacha qadrlaydi. Tinchlikning oliy ne’mat ekanligini ,Vatanni ko’z qorachig’idek asrab-avaylash kerakligini biz yoshlarga uqtiradi. Bugungi dorulomon kunlarning qadriga yetishimizni, O’zbekistondek jannatmakon yurtda tug’ilib, o’sayotganligimizni faxr bilan tilga olib, shukronalik bilan yashashimiz kerakligini har kuni ta’kidlab, biz yoshlarga o’git beradi. Biz yoshlar ham bunday jasoratli bobolarimizdan o’rnak olib, tinchlikning qadriga yetib, sabot bilan ilm egallab, yurtimiz kelajagi va ravnaqi uchun xuddi bobolarimiz kabi kurashamiz, jasur va fidoyi farzand bo’lib yetishamiz.
    Yurtimizning janubiy hududlari sanalmish Surxondaryo viloyatining Sariosiyo va Uzun tumanlarida,Andijon voqealarida    Vatan uchun jonini fido qilgan, erk uchun, yurt uchun shahid ketgan ota-bobolarimiz va Vatanimizning tinchligiga raxna solgan kuchlarga qarshi turgan yurtdoshlarimizni xalqimiz unutmaydi!   
     Yurtimizning tinchligi har bir fuqaroning, har bir yosh avlodning mas’ulligiga bog’liq. Tinchligimiz o’z qo’limizda! 
 Mening buvimning ismi  Sulaymonova Malika 1928-.....-yi

Жасорат ҳақида ёзиш

Сиз xotira.uz порталида яқинларингиз урушда кўрсатган жасорати ҳақида сўзлаб бериш имконига эгасиз. Биз биргаликда Иккинчи жаҳон урушида ватандошларимиз кўрсатган жасорати ҳақидаги хотирани сақлаб қоламиз ва келажак авлодга етказамиз.