Rang sxemasi

“Mening bobom va buvim - qahramon” mavzusidagi eng yaxshi insholar tanlovi


“9 may - Xotira va qadrlash kuni” bayramiga bag‘ishlangan

“Mening bobom va buvim - qahramon” mavzusidagi eng yaxshi insholar tanlovini tashkil etish va o‘tkazish tartibi to‘g‘risida

Н И З О М

1. Umumiy ma’lumot

“9 may - Xotira va qadrlash kuni” bayramiga bag‘ishlangan “Mening bobom va buvim - qahramon” mavzusidagi eng yaxshi insholar tanlovi (keyinchalik “Tanlov” deb yuritiladi) UZINFOCOM kompyuter va axborot texnologiyalarini rivojlantirish hamda joriy etish markazi DUK (keyinchalik “UZINFOCOM Markazi” deb yuritiladi) tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish, Halq ta’limi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirliklari hamda “Kamolot” YoIH ko‘magida tashkil etilib, ushbu Tanlovning asosiy tashkilotchisi UZINFOCOM Markazi hisoblanadi. Ushbu Tanlovda ishtirokchilar o‘z qarindoshlari, mahalladoshlari, bobolari va buvilarining Ikkinchi jahon urushida ishtiroki to‘g‘risida insho va ijodiy ishlari bilan ishtirok etadilar.

2. Tanlovning maqsadi

2.1.   Ikkinchi jahon urushi faxriylari hamda ishtirokchilari xotirasini abadiylashtirish.

2.2.   Yoshlar orasida bukilmas iroda va jasorat namunasini amalda namoyon etgan urush faxriylari va ishtirokchilariga nisbatan hurmat va g‘urur tuyg‘usini uyg‘otish.

2.3.   Bugungi tinch va osoyishta kunlar uchun jonini fido qilgan ajdodlarning muqaddas xotirasini yod etgan holda, safimizda yurgan keksa urush faxriylari va ishtirokchilarini e’zozlash va hurmat-ehtirom ko‘rsatish.

2.4.   Tanlov ishtirokchilari tomonidan taqdim etilgan insholar asosida Ikkinchi jahon urushi faxriylari va ishtirokchilarining hayoti, unvon va erishgan yutuqlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni ZiyoNET Resurs markazi resurslarida keng targ‘ib qilish va ommalashtirish.

3. Tanlov ishtirokchilari

Tanlovda 12 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari Davra.uz ijtimoiy tarmog‘ida ro‘yxatdan/avtorizatsiyadan o‘tgan holda ishtirok etishlari mumkin.

4. Tanlov o‘tkazish muddati

4.1.   Tanlov 2017 yilning 19 aprelidan 19 mayga qadar o‘tkaziladi.

4.2.   Tanlov bo‘yicha insholar Davra.uz ijtimoiy tarmog‘ida tashkil qilingan “Mening bobom va buvim - qahramon” nomli guruhi orqali qabul qilinadi.

4.3.   Tanlov g‘oliblari Davra.uz ijtimoiy tarmog‘i orqali 2017 yilning 1 iyun kuni e’lon qilinadi.

4.4.   Tanlovni o‘tkazish muddatlari Tanlov tashkilotchisining qaroriga ko‘ra uzaytirilishi mumkin. Bu to‘g‘risidagi ma’lumotni Tanlov tashkilotchisi www.tanlov.uz saytida xabar beradi.

5. Tanlovni o‘tkazish tartibi va shartlari

5.1.   Tanlov ZiyoNET axborot-ta’lim tarmog‘i doirasida o‘tkaziladi.

 

5.2.   Tanlov doirasida yuborilgan insholar UZINFOCOM Markazi vakillaridan iborat Hay’at a’zolari (keyinchalik “Tanlov Hay’at a’zolari” deb yuritiladi) (1-ilova) tomonidan Tanlov shartlari va mezonlari asosida tekshiriladi va baholanadi.

 

5.3.   Tanlov ishtirokchilari insholariga belgilangan talablar quyidagilardan iborat:

 

Tanlov ishtirokchilari “Mening bobom va buvim - qahramon” mavzusidagi insholarini Davra.uz ijtimoiy tarmog‘ida tashkil etilgan “Mening bobom va buvim - qahramon” nomli guruhida joylashtirishlari shart;

insho matnidan avval tanlov ishtirokchisi ikkinchi jahon urushi faxriysi bo‘lgan bobosi, buvisi (qarindoshi)ning ismi sharifi, to‘g‘ilgan yili, vafot etgan yili (agar vafot etgan bo‘lsa), medal va ordenlari, fotosurati (fotosurat ilova qilingan ijodiy ishlarga qo‘shimcha ball beriladi), qisqacha biografiyasi to‘g‘risida ma’lumot berilishi shart;

insho matni Ikkinchi jahon urushi faxriylari va ishtirokchilariningtarjimai holi, erishgan yutuqlari, unvonlari va ularning urush davrlaridagi xotiralariga asoslangan ma’lumotlar asosidatuzilgan bo‘lishi shart;

insho 6000 belgidan kam bo‘lmasligi lozim;

insholar o‘zbek va rus tillarida qabul qilinadi;

Tanlov ishtirokchisining inshosi yakunida uning familiya, ismi, sharifi, tug‘ilgan sanasi, elektron pochta qutisi va telefon raqami to‘g‘risidagi ma’lumotlar keltirilgan bo‘lishi lozim;

5.4.   Tanlov ishtirokchilarining mazkur Tanlovda ishtirok etishlari ularning insholari UZINFOCOM Markazi resurslarida nashr etilishiga rozilik bildirganliklarini bildiradi.

6. Baholash mezoni

6.1.   Tanlov doirasida Davra.uz ijtimoiy tarmog‘ining “Mening bobom va buvim - qahramon” nomli guruhi orqali kelib tushgan eng yaxshi uchta insho mualliflari 12 yoshdan 18 yoshgacha hamda 19 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan nominatsiyalari bo‘yicha Tanlov Hay’at a’zolari tomonidan ushbu Nizomda keltirilgan talab va mezonlar asosida baholanadi va g‘oliblar aniqlanadi.

 

6.2.   Tanlov talablari va shartlariga javob bermaydigan insholar qabul qilinmaydi va Tanlovdan chetlashtiriladi.

 

6.3.   Tanlov ishtirokchilarining insholari quyidagi mezonlar asosida baholanadi:

 

Davra.uz ijtimoiy tarmog‘ining “Mening bobom va buvim - qahramon” nomli guruhida eng ko‘p “layk” to‘plagan insholar (umumiy ballning 30%). Undan keyingi ballar taqsimoti eng ko‘p ovoz to‘plagan ijodiy ishning ovozlar soniga nisbati bo‘yicha hisoblanadi;

inshoda bayon etilayotgan urush faxriysi va ishtirokchining urush davrlaridagi fotosuratlari bilan boyitilgani (umumiy ballning 20%);

stilistik va grammatik jihatdan to‘g‘ri yozilgani (umumiy ballning 20%);

urush faxriysi va ishtirokchisining urush davrlari bilan bog‘liq bo‘lgan xotiralari va ularning jasoratlari keltirilgan voqealar bilan boyitilgani(umumiy ballning 10%);

Tanlov Hay’at a’zolarining baholari (umumiy ballning 20%).

7. Tanlov g‘oliblarini taqdirlash

7.1.   Tanlov g‘oliblari quyidagi tartibda taqdirlanadi:

  • Bitta birinchi o‘rin - 1-darajali diplom va qimmatbaho sovg‘a;
  • Bitta ikkinchi o‘rin - 2-darajali diplom va qimmatbaho sovg‘a;
  • Bitta uchinchi o‘rin - 3-darajali diplom va qimmatbaho sovg‘a (qimmatbaho sovg‘alar ro‘yxati 2- ilovada).

7.2. Tanlov g‘oliblari UZINFOCOM Markazi binosida taqdirlanadi.

7.3. Sovrinlar pul ekvivalenti bilan almashtirilmaydi.

7.4. Tanlov g‘oliblari va ularning insholari UZINFOCOM Markazi resurslarida keng yoritiladi.

Tanlovning Davra.uz ijtimoiy tarmog‘ida yaratilgan guruhiga havola: http://davra.uz/groups/show/2d6a6c33-65bb-4cbc-94f0-fe42f0071527

Jasorat haqida yozish

Siz xotira.uz portalida yaqinlaringiz urushda ko‘rsatgan jasorati haqida so‘zlab berish imkoniga egasiz. Biz birgalikda Ikkinchi jahon urushida vatandoshlarimiz ko‘rsatgan jasorati haqidagi xotirani saqlab qolamiz va kelajak avlodga yetkazamiz.