Rang sxemasi

O‘zbekistonliklar — Yevropa xaloskorlari


08.05.2019

O‘zbekistonlik jangchilar Yevropa xalqlarini ozod etishda faol qatnashdilar va o’zlarining o’z qahramonliklari bilan butun dunyo xalqlariga o’rnak bo’ldilar. Janglar davomida har bir o’zbek jangchisi o’zidan o’chmas iz qoldirdi. Shular jumlasidan birinchi o‘zbek generali, 57-gvardiyachi diviziyaning qo‘mondoni Sobir Rahimov Polshada shonli xotira qoldirdi. Uning diviziyasi Kavkazdan Sharqiy Prussiyagacha bo‘lgan masofani qattiq janglar bilan bosib O‘zbekistonliklar — Yevropa xaloskorlari 179 o‘tdi. Ko‘rsatgan harbiy mahorati uchun ko‘p martalab hukumat ordenlari va medallar bilan taqdirlandi. 1943-yil martida unga general-mayor unvoni berildi. 1943-yil mayidan 1944-yil apreligacha muddatda Sobir Rahimov Moskvadagi Oliy harbiy akademiyada ta’lim oldi. U akademiyani tamomlab, avval Belorussiyani ozod etishda, so‘ngra Polshaning Grudzyandz, Gnev, Starograd, Dzyaddovo shaharlarini ozod etish uchun bo‘lgan janglarda sarkardalarga xos harbiy san’atni namoyish etdi.

O‘zbekistonliklar Yevropa mamlakatlarida avj olgan qarshilik ko‘rsatish harakatida ham faol qatnashdilar. Ular dushmanning maxsus lagerlaridan qochib Chexoslovakiya, Polsha, Yugoslaviya, Gretsiya, Fransiyadagi Qarshilik harakatiga qo‘shilib jang qildilar. Samarqandlik G.G. Bulatov otryadi Polshada o‘nlab ko‘priklarni, temiryo‘llarni portlatdi, dushmanning harbiy qismlari va jangovar texnikasi ortilgan eshelonlarni ag‘dardi. 1944-yil o‘rtalarida Slovakiyada fashistlarga qarshi ko‘tarilgan milliy qo‘zg‘olonda o‘zbekistonliklardan partizan otryadi komandiri V.F. Melnikov, R. Allamov, A. Narzullayev, R.Hamroyevlar ishtirok etdi. Yugoslaviyada ko‘rsatgan jasorati uchun farg‘onalik Uksanboy Xolmatov 3 marta Yugoslaviyaning mukofotlariga sazovor bo‘ldi.

Fransiyada 37 millat va elatlarga mansub 2200 sovet harbiy asirlaridan tuzilgan partizanlar polki A.A. Kozaryan qo‘mondonligida fransuz partizanlari bilan birgalikda jang qilib, Ales, Vilfor, Sen-Sheli shaharlarini, Gar va Lozer departamentining qishloqlarini fashistlardan ozod qildilar. Bu janglarda samarqandlik Abdulla Rahmatov, Bulung‘ur tumanidan Sariboy Shomurodov, toshkentliklar Rahmon Rahimov, Nasib Amirov va boshqalar faol qatnashdilar.

Italiyaning Karraro shahri konlarida ishlatish uchun olib borilgan harbiy asirlar orasida andijonlik Turg‘un Qo‘chqorov va Ahmad Mamajonovlar italiyalik partizanlar bilan aloqa bog‘lab toqqa qochadi. Ular Garibaldiyachi partizanlar otryadiga qo‘shilib dushman qurol-aslaha omborxonalarini portlatishda, yo‘llarda dushman kolonnalarini yo‘q qilishda, ko‘priklar va eshelonlarni portlatishda faol qatnashadilar.

 

Manba: O’zbekiston tarixi (1917-1991 yy..) Akademik litsey va kasb-hunar kollejlari 1-bosqich o‘quvchilari uchun darslik Q. Usmonov, M. Sodiqov

Jasorat haqida yozish

Siz xotira.uz portalida yaqinlaringiz urushda ko‘rsatgan jasorati haqida so‘zlab berish imkoniga egasiz. Biz birgalikda Ikkinchi jahon urushida vatandoshlarimiz ko‘rsatgan jasorati haqidagi xotirani saqlab qolamiz va kelajak avlodga yetkazamiz.