Rang sxemasi

1941-1945 yillar urushidagi g‘alabada O‘zbekiston hissasi


10.05.2019

Urushning dastlabki kunlarida mehnatkashlar, yoshlardan ko‘ngilli sifatida frontga jo‘natishlarini so‘rab minglab arizalar tushdi. Faqat Toshkent viloyatining harbiy komissarliklariga urushning to‘rt kunida 7600 kishidan ko‘ngilli sifatida frontga jo‘natishlarini so‘rab ariza tushdi. Xuddi shu kunlarda Qoraqalpog‘iston harbiy komissarliklariga 1725 ariza tushdi. O‘zbekiston yoshlari eng qiyin qo‘shin tushishga harakat qildilar.

O‘zbekistonlik jangchilar Kursk yoyidagi janglarda faol ishtirok etdilar. Bu yerda, ayniqsa 5-o‘qchi, 162-O‘rta Osiyo diviziyasi va Vatanga 70 Sovet Ittifoqi Qahramonini bergan 69-o‘qchi diviziya o‘rnak ko‘rsatdi.

9 tasi o‘zbek bo‘lgan 11 turkistonlik jangchilar nomi ikkinchi jahon urushi tarixiga abadiy kirib qolgan. Bu jangchilar mudofaa qilayotgan tepalikka dushman bir necha marta hujum qilgan, pulemyotdan o‘q yog‘dirgan, minomyot va to‘plardan o‘qqa tutgan. Lekin jangchilarni o‘z joylarini tashlab ketishga hech narsa majbur qila olmagan. Ularning barchasi halok bo‘ldilar, ammo dushmanni o‘tkazmadilar va shu bilan o‘z batalonlarining muvaffaqiyat qozonishiga yordam berdilar. Halok bo‘lgan turkistonlik jangchilar xotirasi uchun bu tepalik “Sharqning 11 Qahramoni tepaligi” deb nomlangan.

 

Kursk yoyidagi janglardagi jasorati uchun o‘zbek jangchisi, 5-o‘qchi diviziyaning pulemyot raschyoti komandiri Ahmadjon Shukurovga Sovet Ittifoqi Qahramoni unvoni berildi. Vatan dushmanlari bilan to‘xtovsiz 10 soat davom etganjangda Toshkent tank bilim yurtini tugatgan Valdemar Shalandin qatnashdi. Uning rahbarligidagi jasur ekipaj himoya qilayotgan tepalik yaqini yuzlab dushman murdalari, yonayotgan “Pantera”, “Tigr”, “Ferdinand” tanklari bilan to‘lib ketdi. Tankchilar hatto aviatsiya bombasi tushgandan keyin hosil bo‘lgan o‘t ichida bo‘lishlariga qaramay, tepalikda mohirlik bilan harakat qildilar va dushmangabirin-ketin snaryad otdilar. Fashist bosqinchilari tepalikni qo‘lga kirita olmadilar. Kursk-Oryol yo‘nalishidagi janglarda “O‘zbekiston” bronepoyezdi shuhrat qozondi. Uning ekipaji tarkibida pulemyotchi Barat Shashiboyev va artilleriyachi Abdulla Razullayev bor edi. Kursk yerida jangchilarga shaxsiy namuna ko‘rsatib jasoratga chorlangan farg‘onalik oddiy askar Shodiyev qahramonlarcha halok bo‘ldi.

Belorussiyaning partizan otryadlarida o‘zbek jangchisi Mamadali Topivoldiyev gitlerchilarbilan mardlarcha jang qilgan. Uning shaxsiy jangovar hisobida 100 dan ortiq o‘ldirilgan fashist, dushmanning yuk ortirilgan 13 avtomashinasi, portlatilgan 4 nemis esheloni bor. Partizanlar otryadidagi qahramoniligi uchun Topivoldiyev Sovet Ittifoqi Qahramoni unvoniga sazovor bo‘ldi. O‘zbek partizanlari G‘afur Hakimov, Vali Bashirov, Muxtor Galiyev va boshqalar ham M.Topivoldiyev kabi jang qildilar. Vatan ularni orden va medallar bilan taqdirladi.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi Xotira kitobi, Qomuslar Bosh tahririyati, 1995 y.

Jasorat haqida yozish

Siz xotira.uz portalida yaqinlaringiz urushda ko‘rsatgan jasorati haqida so‘zlab berish imkoniga egasiz. Biz birgalikda Ikkinchi jahon urushida vatandoshlarimiz ko‘rsatgan jasorati haqidagi xotirani saqlab qolamiz va kelajak avlodga yetkazamiz.