Rang sxemasi

Hayoti ibrat, so‘zi hikmat otaxon


05.05.2017

Buxoro viloyatining Qorako‘l tumani Oq oltin mahallasida istiqomat qiluvchi 92 yoshli Muhammadjon ota Ergashev Ikkinchi jahon urushidan so‘ng uzoq yillar ta’lim tizimida samarali mehnat qildi. 

Viloyat hokimligi, jamoat tashkilotlari vakillari, mahalla ahli, yoshlar 9-may – Xotira va qadrlash kuni arafasida faxriy pedagogning xonadoniga tashrif buyurib, otaxonga Prezidentimiz nomidan pul mukofoti va sovg‘a-salomlar topshirdi. Otaxon o‘z xotiralarini so‘zlab berish asnosida yoshlarni bugungi osuda va farovon kunlarning qadriga yetish, uni asrab-avaylashga da’vat etdi. 

Manba

Jasorat haqida yozish

Siz xotira.uz portalida yaqinlaringiz urushda ko‘rsatgan jasorati haqida so‘zlab berish imkoniga egasiz. Biz birgalikda Ikkinchi jahon urushida vatandoshlarimiz ko‘rsatgan jasorati haqidagi xotirani saqlab qolamiz va kelajak avlodga yetkazamiz.