Rang sxemasi

Qahramonlar xotirasi abadiy


06.05.2019

 

Eng muhim va hayajonli bayramlardan biri hisoblangan “9 may – Xotira va Qadrlash kuni” arafasida Ikkinchi jahon urushida ishtirok etgan qarindosh va yaqinlaringiz xotiralari hamda fotosuratlarini yuborishni tavsiya qilamiz. Qahramonlarning foto va ma’lumotlari Xotira.uz saytining “Jasorat” bo‘limida joylashtiriladi.

 

Xotira.uz: doim yodimizdasiz, doim minnatdormiz loyihasi 2017 yilda ishga tushirilgan. Saytda urush faxriylari va ishtirokchilari hisoblangan vatandoshlarimiz to‘g‘risidagi ma’lumotlar, “Xotira va Qadrlash kuni” bayrami bilan bog‘liq yangiliklar va normativ hujjatlar keltirilgan.

 

Saytning asosiy qismini yurtoshlarimizning o‘z qarindoshlari qahramonliklari to‘g‘risidagi yo‘llagan xotira xatlari tashkil qiladi. Internet tarmog‘ida xotira daftarini shakllantirish maqsadida mazkur bo‘limni birgalikda to‘ldirishga o‘z hissangizni qo‘shishga taklif qilamiz.

 

Ikkinchi jahon urushi ishtirokchilarining jasorat va qahramonliklari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni yuborish uchun Sayt bosh sahifasining pastki qismidagi “Jasorat haqida yozish” tugmasi orqali jo‘natishingiz mumkin.

 

Jasorat haqida yozish

Siz xotira.uz portalida yaqinlaringiz urushda ko‘rsatgan jasorati haqida so‘zlab berish imkoniga egasiz. Biz birgalikda Ikkinchi jahon urushida vatandoshlarimiz ko‘rsatgan jasorati haqidagi xotirani saqlab qolamiz va kelajak avlodga yetkazamiz.