
Ikkinchi may kuni maktab o'quvchilari Mustaqillik maydonidagi Motamsaro ona xaykali poyiga gul qo'yish uchun tashrif buyurdular. Maktab o'quvchilari bir necha soniya Abadiy olov yonida boshlarini egkan holda sukut saqladilar va urush faxriylari bilan suhbatlashgani yo'l oldilar. Suhbat erkin holda bo'lb, faxriylar o'quvchilardan o'qishlari haqida so'radilar, o'zlarining xizmatlari haqida so'zlab berdilar hamda o'quvchilarga o'z o'gitlari va maslahatlarini berdilar.