Rang sxemasi

Salom otaning quvonchi


07.05.2018

Buxoro viloyati hokimi O‘.Barnoyev hamda davlat va jamoat tashkilotlari mutasaddilariBuxoro shahrida yashovchi 95 yoshli Salom ota Rahmonov xonadonida bo‘ldi. Salom otaga Prezidentimizning bayram tabrigini o‘qib eshittirdi va 5 million so‘m miqdoridagi pul mukofoti hamda qimmatbaho sovg‘ani topshirdi. 

Bugungi kunda Buxoro viloyatida 58 nafar Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi istiqomat qilmoqda. Fashizmga qarshi kechgan beayov janglarda vatanparvarlik va jasorat namunalarini ko‘rsatgan bu faxriylar e’zozu ardoqda hayot kechirmoqda. 

9-may – Xotira va qadrlash kuni bayrami arafasida Prezidentimizning joriy yil 16-apreldagi “Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida”gi farmoniga asosan urush faxriylarini sharaflash tadbirlari bo‘lib o‘tmoqda. 

Buxoro viloyati hokimi O‘.Barnoyev hamda davlat va jamoat tashkilotlari mutasaddilariBuxoro shahrida yashovchi 95 yoshli Salom ota Rahmonov xonadonida bo‘ldi. Salom otaga Prezidentimizning bayram tabrigini o‘qib eshittirdi va 5 million so‘m miqdoridagi pul mukofoti hamda qimmatbaho sovg‘ani topshirdi.Urush yillaridagi g‘alabaga chorlovchi qo‘shiqlar yangradi. Hududdagi 22-umumta’lim maktabi o‘quvchilari she’ru raqslari bilan otaxonni mamnun etdi. 

Salom Rahmonov qo‘liga qurol olganida 20 yoshda edi. Urush uning uchun uzoq cho‘zilmadi. 1943-yil oktyabrida Stalingrad (hozirgi Volgograd) shahrini ozod qilish uchun janglarda ishtirok etdi. Ana shunday beomon to‘qnashuvlarning birida o‘ng oyog‘idan yaralandi. Qisqa muddat davolangach, qismdoshlari bilan Ukraina frontiga qo‘shildi. 1944-yilning yanvar oyi boshlarida Dnepropetrovsk shahrida fashistlarga qarshi og‘ir janglarning birida endi chap oyog‘idan qattiq yaralandi. Jarohat og‘ir ekan, oyog‘ini tizzasidan kesib tashlashdi. Gospitalda sakkiz oy davolangach, Buxoroga qo‘ltiqtayoqda qaytdi. Ko‘p o‘tmay oila qurdi. Nogiron bo‘lsa-da, mehnat frontida fidoyilik ko‘rsatdi. Uzoq vaqt sanoat korxonalarida turli vazifalarda ishladi. Bugun farzandlari davrasida keksalik gashtini surmoqda. 

– U yillarni eslash og‘ir. Ne-ne mashaqqatlarga dosh bergan bu jon keksalar, ayollar va bolalar chekayotgan azoblarga chidayolmasdi. Dahshat, boshqa ta’rif yo‘q, bolalarim, – deydi Salom ota. – Iloyo, sizlar u kunlarni ko‘rmanglar, urush degan balo hech qachon qaytmasin. Yaratganga shukr, yurtimiz tinch, dasturxonimiz to‘kin. Tunlar xotirjam uxlaymiz, kunduzlari yoshlarning, mana bunday ezgu ishlarning boshida turganlarni duo qilamiz. 

Shu kuni Buxoro shahrida istiqomat qiluvchi 94 yoshli Habib ota Valiyevning xonadoni ham mehmonlar bilan gavjum bo‘ldi. Unga Prezidentimizning Ikkinchi jahon urushida qozonilgan g‘alabaning 73 yilligi hamda Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan yo‘llagan bayram tabrigi, pul mukofoti va qimmatbaho sovg‘asi topshirildi. 

E’tibordan ko‘ngli tog‘ otaxon duoga qo‘l ochdi: 

– Ilohim, yurtimiz tinch, osmonimiz musaffo bo‘lsin, xalqimiz yanada farovon yashasin! Yaratgan elimizni yomon ko‘zlardan, urush degan ofatdan asrasin! 


9-faqat saytga.jpg
 
1.jpg

Manba

Jasorat haqida yozish

Siz xotira.uz portalida yaqinlaringiz urushda ko‘rsatgan jasorati haqida so‘zlab berish imkoniga egasiz. Biz birgalikda Ikkinchi jahon urushida vatandoshlarimiz ko‘rsatgan jasorati haqidagi xotirani saqlab qolamiz va kelajak avlodga yetkazamiz.