Rang sxemasi

Partiya faollari faxriylar xonadonida


26.04.2018

Mamlakatimizda keksalar, xususan, Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va mehnat fronti faxriylariga chuqur hurmat-ehtirom ko‘rsatish, ularni moddiy va ma’naviy rag‘batlantirish doimiy e’tiborda. 

9 may – Xotira va qadrlash kuni arafasida O‘zbekiston xalq demokratik partiyasi Buxoro viloyati kengashi faollari Romitan tumanida yashovchi Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari Karim ota Roziqov, Sattor ota Hayitov, Ahror ota Jalilov xonadonlarida bo‘ldi. 

–Biz, keksalarga ko‘rsatilayotgan e’tibor va g‘amxo‘rlikdan cheksiz minnatdormiz, – deydi Karim ota Roziqov. – Bu umrimizga umr qo‘shmoqda. Bugungi farovon kunlarimiz uchun Yaratganga shukronalar aytamiz. Yurtimizda tinchlik-osoyishtalik barqaror bo‘lsin. 

 

2.jpg
 
3.jpg
Manba

Jasorat haqida yozish

Siz xotira.uz portalida yaqinlaringiz urushda ko‘rsatgan jasorati haqida so‘zlab berish imkoniga egasiz. Biz birgalikda Ikkinchi jahon urushida vatandoshlarimiz ko‘rsatgan jasorati haqidagi xotirani saqlab qolamiz va kelajak avlodga yetkazamiz.