Rang sxemasi

Shomahmudovlar oilasi yodgorligi yangi o‘rnida ochildi


10.05.2017

9 may kuni Do‘stlik bog‘ida Shomahmudovlar oilasi yodgorligi tantanali ravishda ochildi.

Urush yillarida 15 bolani asrab olgan temirchi Shoahmad Shomahmudov oilasi yodgorligi 9 may kuni Toshkentdagi Do‘stlik bog‘ida (sobiq Bobur bog‘i) tantanali ravishda ochildi. Marosimda shahar va tuman ma’muriyati, milliy madaniy markazlar va jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

 

1982 yilda Xalqlar do‘stligi maydoniga o‘rnatilgan yodgorlik 2008 yilda shahar chetiga ko‘chirilgan edi. 1 may kuni u Do‘stlik bog‘iga olib kelindi va Tinchlik qo‘ng‘irog‘i bilan bir safga o‘rnatildi.

Jasorat haqida yozish

Siz xotira.uz portalida yaqinlaringiz urushda ko‘rsatgan jasorati haqida so‘zlab berish imkoniga egasiz. Biz birgalikda Ikkinchi jahon urushida vatandoshlarimiz ko‘rsatgan jasorati haqidagi xotirani saqlab qolamiz va kelajak avlodga yetkazamiz.