Rang sxemasi

Ikkinchi jahon urushi qatnashchilariga pul mukofotlarini topshirish marosimlari bo‘lib o‘tmoqda


27.04.2018

Farg‘ona viloyatida 9 may – Xotira va qadrlash kuni hamda fashizm ustidan qozonilgan g‘alabaning 73 yilligi munosabati bilan Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va nogironlariga pul mukofotlarini tantanali topshirish marosimlari bo‘lib o‘tmoqda. 

Ana shunday tadbirlardan biri Farg‘ona shahrining Amir Temur nomidagi mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi, Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi Urmus Bekirova xonadonida bo‘lib o‘tdi. Viloyat hokimi Shuhrat G‘aniyev Prezidentimiz sovg‘asi – 5 million so‘m pul mukofoti, viloyat hokimligining esdalik sovg‘alarini tantanali ravishda topshirdi. Onaxonning bunday e’tibordan boshi ko‘kka yetdi. 

6-faqat saytga.JPG

– Prezidentimiz tomonidan Ikkinchi jahon urushi qatnashchilariga ko‘rsatilayotgan g‘amxo‘rlikdan ko‘nglimiz tog‘dek ko‘tariladi, – deydi urush va mehnat faxriysi U.Bekirova. – Urush yillarining qiyinchiliklarini eslaganimda, bugungi tinch-osoyishta va farovon o‘tayotgan har bir kunimiz uchun shukronalar aytaman. Turli uchrashuvlarda yoshlarga o‘tmish xotiralarim, hayot tajribam haqida so‘zlab, bugungi dorilomon kunlarning qadriga yetishni, yaratilayotgan imkoniyatlardan unumli foydalanishni nasihat qilaman. 

5.JPG

Ha, onaxonning bolalik yillari ayni urush davriga to‘g‘ri keldi. Oilasi bilan asir olinib, konslagerga jo‘natildi. U yerdagi azob-uqubatlar haqida gapirish juda og‘ir. U.Bekirova urushdan keyin uzoq yillar savdo sohasida mehnat qildi. Bir o‘g‘il, uch qizni voyaga yetkazdi. Bugun farzandu nabiralar va el-yurt ardog‘ida, davlatimiz g‘amxo‘rligida e’zozu ehtiromda hayot kechirmoqda. 

Manba

Jasorat haqida yozish

Siz xotira.uz portalida yaqinlaringiz urushda ko‘rsatgan jasorati haqida so‘zlab berish imkoniga egasiz. Biz birgalikda Ikkinchi jahon urushida vatandoshlarimiz ko‘rsatgan jasorati haqidagi xotirani saqlab qolamiz va kelajak avlodga yetkazamiz.