Rang sxemasi

Foto: Harbiy xonandalar Toshkent metrosida


26.04.2018

O‘zbekiston Qurolli Kuchlari Markaziy ashula va raqs ansambli xonandalari chorshanba kuni harbiy yillar kuy-qo‘shiqlarini ijro etib, Toshkent metropoliteni yo‘lovchilari ko‘nglini xushnud etdi. «Gazeta.uz» muxbiri chiqishlarning eng yorqin lahzalarini tasvirga oldi.

Aksiya Mudofaa vazirligi tomonidan yaqinlashib kelayotgan Xotira va qadrlash kuni (9 may) munosabati bilan o‘tkazildi. Ansambl chiqishlarni O‘zbekiston yo‘nalishidagi «Do‘stl"k» (sobiq «Chkalov») metro stansiyasida boshladi. Xonandalar stansiyalarda poyezdlarni almashtirgan holda harakatlanib, vagon va eskalatorlarda qo‘shiqlar ijro etdi.

Yo‘lovchilar rus tilidagi — «Katyusha», «Den Pobedы», «Venskiy vals», «Tri tankista», «Ogonek», «Siniy platochek», «Smuglyanka-moldavanka», «Temnaya noch», «Ex, dorogi…», o‘zbek tilidagi — «Bayrog‘ing», «Jon Vatan», «Muqaddas Vatan», «Ofitserlar», «Maktub» va boshqa qo‘shiqlarni ijro etdi.

Odamlar ansambllarga jo‘rovoz bo‘lib, harbiy xizmatchilar bilan birga suratlarga tushdi, ayrimlarining ko‘zlarida esa yosh qalqiganini ko‘rish mumkin edi. Metropoliten ma’muriyati odamlarga fotosuratga tushishga qarshilik qilmadi.

Foto

 

Manba

Jasorat haqida yozish

Siz xotira.uz portalida yaqinlaringiz urushda ko‘rsatgan jasorati haqida so‘zlab berish imkoniga egasiz. Biz birgalikda Ikkinchi jahon urushida vatandoshlarimiz ko‘rsatgan jasorati haqidagi xotirani saqlab qolamiz va kelajak avlodga yetkazamiz.