Rang sxemasi

Faxriylarga ehtirom


04.05.2018

Samarqand shahar hokimligi, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Samarqand shahar kengashi va boshqa davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, harbiylar shaharda istiqomat qiluvchi Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari xonadonida bo‘lib, ularni 9-may – Xotira va qadrlash kuni bilan bilan qutladilar. 

Faxriylarga Prezidentimiz nomidan 5 million so‘m pul mukofoti va esdalik sovg‘alari topshirildi. Musiqa va san’at maktablari o‘quvchilari tomonidan ijro etilgan kuy-qo‘shiqlar tadbirga bayramona kayfiyat bag‘ishladi. 

–Urush, uning oqibati tufayli insoniyat boshiga tushgan kulfatlar hali- hanuz hech kimning yodidan chiqmaydi, – deydi Rashid bobo Rahmonov sinovli yillarni xotirlab. – Neki bo‘lsa, biz ko‘rdik. U kunlar boshqa qaytmasin, ilohim. Bugungi dorilomon kunlarimiz bardavom bo‘lsin. Tinchligimiz, farovon hayotimizga ko‘z tegmasin. 

3.JPG

 
5.JPG

Manba

Jasorat haqida yozish

Siz xotira.uz portalida yaqinlaringiz urushda ko‘rsatgan jasorati haqida so‘zlab berish imkoniga egasiz. Biz birgalikda Ikkinchi jahon urushida vatandoshlarimiz ko‘rsatgan jasorati haqidagi xotirani saqlab qolamiz va kelajak avlodga yetkazamiz.