Rang sxemasi

Faxriylar sharaflandi


27.04.2018

Termizda bir guruh nuroniylar va mehnat faxriylarini Prezidentimiz tomonidan ta’sis etilgan “Mehnat faxriysi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. 

Tadbirda mamlakatimizda keksa avlod vakillariga hurmat-ehtirom ko‘rsatish, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, munosib rag‘batlantirish davlatimiz siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan ekani alohida ta’kidlandi. 

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning 2016-yil 28-dekabrdagi “O‘zbekiston faxriylarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash "Nuroniy" jamg‘armasi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoniga muvofiq “Mehnat faxriysi” ko‘krak nishoni ta’sis etilishi bu boradagi ishlar ko‘lamini yanada kengaytirishga xizmat qilmoqda. 

Davlatimiz rahbarining 2017-yil 14-iyuldagi “Mehnat faxriysi” ko‘krak nishonini ta’sis etish to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq, mazkur ko‘krak nishoni bilan yurtimizning iqtisodiyot, ishlab chiqarish, sog‘liqni saqlash, ilm-fan, madaniyat, yurisprudensiya, ta’lim va boshqa sohalarida uzoq yillar samarali mehnat qilgan nafaqa yoshidagi yurtdoshlarimiz, ishlamasdan, hayotini oilalar mustahkamligini ta’minlashga, yoshlarni Vatanga muhabbat, istiqlol g‘oyalariga sadoqat, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalashdek ulug‘vor ishlarga baxshida etib, e’zoz-e’tiborga sazovor bo‘lgan onaxonlar taqdirlanadi. 

1.jpg

 
3.jpg

– Hayotimning kuchga to‘lgan qariyb o‘ttiz yili dalada o‘tdi. Tunni kunga ulab, mexanizatorlik qildim, paxta terish mashinasini boshqardim, – deydi Qiziriq tumanidagi Bo‘ston mahallasida yashovchi mehnat faxriysi, I darajali “Mehnat faxriysi” ko‘krak nishoni sohibi X.Safarov. – Prezidentimizning nuroniylarga ko‘rsatayotgan g‘amxo‘rliklaridan behad mamnunmiz. “Mehnat faxriysi” ko‘krak nishonining ta’sis etilgani ham bizga bo‘lgan beqiyos hurmat-ehtirom ifodasidir. Bunday yuksak e’tibor barchamizni ruhlantirib, yurtimizda yuz berayotgan o‘zgarish va yangilanishlarga daxldorlik tuyg‘usini yuksaltirmoqda. Ma’nan kuch-quvvat bag‘ishlab, yosh avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash borasidagi mas’uliyatimizni oshirmoqda. 

Tadbirda turli sohalarda samarali mehnat qilgan 50 nafar keksa avlod vakillariga I, II, III darajali “Mehnat faxriysi” ko‘krak nishoni tantanali topshirildi. 

Tadbirda Surxondaryo viloyati hokimi E.Turdimov so‘zga chiqdi. 

Manba

Jasorat haqida yozish

Siz xotira.uz portalida yaqinlaringiz urushda ko‘rsatgan jasorati haqida so‘zlab berish imkoniga egasiz. Biz birgalikda Ikkinchi jahon urushida vatandoshlarimiz ko‘rsatgan jasorati haqidagi xotirani saqlab qolamiz va kelajak avlodga yetkazamiz.