Rang sxemasi

Xotira kitobi


Abdujabbor Teshaboyev 1912 yilning 10 yanvarida Asala (Leninsk) shahrida ishchi oilasida dunyoga kelgan. 1941-1945 yillarda xizmat qilgan. Yapon urushidan so‘ng 1945 yilning oktabrida o‘z yurtiga qaytgan. Urushdan so‘ng ona tili va adabiyot fanidan dars bergan. 1985 yilning 6 yanvarida vafot etgan.

1910 yilda Namangan viloyatining Pop tumanida tavallud topgan. 1941 yilda frontga ketib artilleriya bo‘linmasida jasorat ko‘rsatgan. 1943 yilda urishda nogiron holda qaytgan. 1992 yilda vafot etgan.

Alimov G‘ofurjon 1918 yilda tavallud topib, 2001 yil vafot etgan. 1942-1945 yillarda Ikkinchi Jahon urushi qatnashchisi bo‘lgan. 

Akbarov Oxunmirza 1939 yilda harbiy xizmatga Namangan shahridan chaqirilgan. 1941 yilda xizmat muddati tugashiga oz qolganida urush boshlangan va ular urushga kirishgan. Akbarov Oxunmirza Rostov viloyati Kamensk shahrida tank polkida tank komandiri bo‘lib xizmat qilgan. Urush vaqtida bedarak yo‘qolgan.

1910 yilda Bo‘stonliq tumanida tavallud topgan. 1941 yil urushga ketgan. Chehiya, Slovakiya, Ruminiya, Polsha, Ukraina, Belorussiya, Shvetsariya, Gretsiya, Ispaniya, Frantsiya, Yugoslaviya, Avstriya, Gollandiya, Vengriya mamlakatlarida fashistlarga qarshi kurashlarda jang qilganlar. Ko‘plab orden va medallar sovrindori bo‘lganlar. 1987 yilda Chirchiqda hayotdan ko‘z yumgan.

1917 yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan. O‘zbek. Serjant, 97-alohida motorlashgan muhundis-sapyor batalyonining sapyor bo‘limi komandiri. Urush davrida dushman minalarini zararsizlantirishda ko‘rsatgan jasorati uchun ikkita Qizil orden, II darajali Vatan urushi ordenlari bilan taqdirlangan. 1944 yil 16 mayda SSSR Oliy Kengashi Rayosati qarori bilan serjant Abdullayev Samigga Sovet Ittifoqi Qahramoni unvoni berilgan. 

Jasorat haqida yozish

Siz xotira.uz portalida yaqinlaringiz urushda ko‘rsatgan jasorati haqida so‘zlab berish imkoniga egasiz. Biz birgalikda Ikkinchi jahon urushida vatandoshlarimiz ko‘rsatgan jasorati haqidagi xotirani saqlab qolamiz va kelajak avlodga yetkazamiz.