Rang sxemasi

Xotira kitobi


1914 yilda tug‘ilgan. Millati o‘zbek. 1942 yili Sovet Armiyasiga chaqirilgan. 280-o‘qchi diviziyasi 1031-o‘qchi polki 4-o‘qchi rotasi birinchi raqamli qo‘l pulemyoti askari. 1942 yil avgust oyidan Ulug‘ Vatan  urushi  a’zosi bo‘lgan. Dnepr uchun janglardagi alohida ko‘rsatgan qahramonligi uchun 1943 yil 17 oktyabrda SSSR ning Oliy Kengashi Prezidiumi Farmoni bilan oddiy askar Alinazarov Sodiq Sovet Ittifoqi Qahramoni unvoniga sazovor bo‘lgan.  

1915 yilda Buxoro viloyati Shofirkon tumani Isqoqori qishlog‘ida tug‘ilgan. Millati o‘zbek. 1942 yili Sover Armiyasiga harbiy xizmatga chaqirilgan. Gvardiya oddiy askari, 16-gvardiya kavaleriya diviziyasi 60-gvardiya kavaleriya polki 1-eskadron bo‘lim komandiri . Dnepr uchun janglardagi ko‘rsatgan qahramonligi uchun 1944 yil 15 yanvarda SSSR ning Oliy Kengashi Prezidiumi Farmoni bilan Xallaq Aminov Sovet Ittifoqi Qahramoni unvoniga sazovor bo‘lgan.

1913 yilda Novgorod viloyati, Eski Rus shahrida tug‘ilgan. Millati rus. Urushdan oldin Toshkent shahrida yashagan. Ofitser. Kapitan, 826-hujumchi aviatsiya polki aviaeskadrili komandiri. Ulug‘ Vatan urush yillari janglarida ko‘rsatgan qahramonliklari uchun 1945 yil 23 fevralda SSSR ning Oliy Kengashi Prezidiumi Farmoni bilan Arefev Pyotr Alekseyevich Sovet Ittifoqi Qahramoni unvoniga sazovor bo‘lgan.

1914 yilda Armaniston SSR Xenzeran qishlog‘ida tug‘ilgan. Millati arman. 1936 yili Samarqand tuman voyenkamatiga harbiy xizmat uchun chaqirtirilgan. Gvardiya leytenanti, 14-gvardiya kavaleriya diviziyasi 54-gvardiya kavaleriya polki otliq eskadron komandiri. Janglarda qahramonlik ko‘rsatgani uchun 1944 yil 15 yanvarda SSSR ning Oliy Kengashi Prezidiumi Farmoni bilan gvardiya letenanti Gurgen Mirzoyevich Arzumanov Sovet Ittifoqi Qahramoni unvoniga sazovor bo‘lgan.

1907 yilda Armaniston SSR Gegenush qishlog‘ida tug‘ilgan. Millati arman. 1941 yilda Samarqand tuman harbiy qismiga harbiy hizmat uchun chaqirtirilgan. Gvardiya yefreytori, 201- o‘qchi polki 1-o‘qchi bataloni o‘qchi-avtomatchisi.  II darajali Vatan urushi ordeni bilan taqdirlangan. Belarusiya ozodligi yo‘lida janglarda ko‘rsatgan qahramonligi uchun 1944 yil 22 iyulda SSSR ning Oliy Kengashi Prezidiumi Farmoni bilan Mixail - Mugesh Agatelovich Artyunonov Sovet Ittifoqi Qahramoni unvoniga sazovor bo‘lgan.

1925 yilda Omsk viloyati Tatar qishlog‘ida tug‘ilgan. Millati boshqirt. Namangan viloyati Yangiqo‘rg‘on tuman harbiy qismiga harbiy xizmat uchun chaqirtirilgan. Oddiy askar, 75-gvardiya o‘qchi diviziyasi 241-gvardiya o‘qchi polki 3-o‘qchi bataloni o‘qchi-avtomatchisi. Dnepr janglarida ko‘rsatgan jasorati va qahramonliklari uchun 1943 yil 17 oktyabrda SSSR ning Oliy Kengashi Prezidiumi Farmoni bilan Mixail Vladimirovich Axmedov Sovet Ittifoqi Qahramoni unvoniga sazovor bo‘lgan. G‘alabadan so‘ng Mixail Vladimirovich Namanganga qaytib kelgan.

1915 yilda Farg‘ona viloyati Kuybeshev tumani Dusher qishlog‘ida tug‘ilgan. Millati o‘zbek. 1942 yilda Sovet armiyasiga harbiy xizmat uchun chaqirilgan. Yefreytor, 88-alohida motorlashgan muxandislik batalioni qo‘mondoni bo‘lgan. Oder daryosi uchun janglarda ko‘rsatgan qahramonligi uchun 1945 yil 10 aprelda SSSR ning Oliy Kengashi Prezidiumi Farmoni bilan To‘xtasin Axmedov Sovet Ittifoqi Qahramoni unvoniga sazovor bo‘lgan. 

1925 yilda Toshkent viloyati Mirzacho‘l shahrida tug‘ilgan. Millati o‘zbek. 1943 yil yanvarda Sovet armiyasiga Mirzacho‘l tuman harbiy qismidan harbiy xizmatga chaqirilgan. Gvardiya kichik serjanti, pulemyot qurilmasi boshqaruvchisi. 1-gvardiya o‘qchi diviziyasi 169-gvardiya o‘qchi polkida xizmat qilgan. Neman daryosi uchun kechgan janglarda ko‘rsatgan qahramonliklari uchun 1945 yil 24 martda SSSR ning Oliy Kengashi Prezidiumi Farmoni bilan Turg‘un Axmedov Sovet Ittifoqi Qahramoni unvoniga sazovor bo‘lgan. 

1923 yilda Saratov viloyati Dergachi tuman markazida tug‘ilgan. Millati tatar. 1942 yilda Qashqadaryo viloyati Kitob tuman harbiy qismidan Sovet armiyasiga harbiy xizmatga chaqirtirilgan. Kichik leytenant, 121-o‘qchi diviziyasi 388-o‘qchi polki vzvod komandiri.  Qizil bayroq va I darajali Vatan urushi ordenlari bilan taqdirlangan. Seym daryosi uchun kechgan janglarda ko‘rsatgan qahramonliklari uchun uchun 1943 yil 17 oktyabrda SSSR ning Oliy Kengashi Prezidiumi Farmoni bilan Qosim Axmirov Sovet Ittifoqi Qahramoni unvoniga sazovor bo‘lgan. Urushdan so‘ng Qosim Shabanovich Qashqadaryo viloyatiga qaytib kelgan.  

1942 yil, mamlakat taqdiri hal bo’layotgan davr, Samarqand tibbiyot institutining to’rtinchi kurs talabasi Qiyom Abdullaev Harbiy kommisariatiga tashrif buyurgan holda uni harakatdagi armiya safiga qo’shishlarini so’radi. Harbiy komisariat yosh tibbiyot xodimining arizasini tasdiqladi: u Stalingradga yo’l olgan eshelonni kuzatib bordi. Keyinroq ikkinchi Belorus frontining 348 o’qchi diviziyasining 1172-o’qchi polki felsheri etib tayinlangan. Qiyom Abdullaev polk tibbiy sanitar punktining komandiri, keyin esa batalyon tibbiy punkti komandiri sifatida xizmat qilgan, Belorusdan Elbagacha bo’lgan jang yo’lini bosib o’tgan.

Abdurashidov Tashkenbay Rashidovich 1919 yilda tavallud topgan. 1942 yilda frontda xizmat qilish uchun yo‘l olgan. Avstriyagacha yetib borgan va o‘sha yerda G‘alabani qarshi olgan. Uch marotaba jaroxatlangan bo‘lsada, har safar safga qaytgan. 24 yoshida ikki orden sohibi bo‘lgan. Stalingrad janglari ishtirokchisi.

Mening otam Arifxonov Kamol Tashxojayevich (1924-2986) II Jahon urushi ishtirokchisi. 17 yoshida Boku Dengizchilik bilim yurtini tashlab urushda ishtirok etishga o‘z xohishi bilan yo‘l olgan. Piyoda safida, so‘ng Belorusda jang qilgan va Berligacha yetib borgan. Vatanga nogiron holda medal va ordenlar bilan qaytgan. Mening otam xalq qahramoni hamda men va nabiralar uchun na’muna timsoli.  Qahramonning qizi - Zuxra Kamalovna yozdi.

Jasorat haqida yozish

Siz xotira.uz portalida yaqinlaringiz urushda ko‘rsatgan jasorati haqida so‘zlab berish imkoniga egasiz. Biz birgalikda Ikkinchi jahon urushida vatandoshlarimiz ko‘rsatgan jasorati haqidagi xotirani saqlab qolamiz va kelajak avlodga yetkazamiz.