Rang sxemasi

Xotira kitobi


1923 yilda tug‘ilgan. Millati rus. 1941 yilda Sovet armiyasida bo‘lgan, gvardiya kapitani, 12-hujum muxandis-minachi brigadasining, 59-minachi artileriya katta serjanti. Qizil bayroq ordeni, I-darajali Vatan urushi ordeni va uchta Qizil yulduz ordeni bilan taqdirlangan. 1945 yil 28 aprelda, SSSR Oliy Soveti qarori bilan Budapesht jangida, qahramonlik va jasorat uchun gvardiya kapitani Zavrajnov Nikolay Nikolayevichga Sovet Ittifoqi Qahramoni unvoni berildi. Zaxiraga utkazilgandan so‘ng  Nikolay Nikolayevich Toshkentda yashay boshladi.

Ashxobod shahrida tug‘ilgan. Millati rus. 213-o‘qchi diviziyasining 585-o‘qchi bo‘limi qo‘mondoni, Mayor. SSSR Oliy Soveti 1943 yil 26 oktyabridagi qarori bilan Dneprni kesib o‘tishdagi ko‘rsatgan jasorati uchun mayor Zaykovskiy Nikolay Vasilevich vafotidan keyin Sovet Ittifoqi Qahramoni unvoni bilan taqdirlandi.  

1916 yilda Volgograd shahrida tug‘ilgan. Millati rus. 1942 yilda Sovet armiyasiga qarshi shahar xarbiy komissariati tomonidan chaqirilgan. 269-o‘qchi polkining 136-o‘qchi diviziyasining ko‘mondoni,serjant. SSSR Oliy Soveti Prezidiumining 1944 yil 10 yanvardagi qarori bilan Dneprni kesib o‘tishdagi ko‘rsatgan jasorati uchun serjant Zaykovskiy Aleksandr Pavlovich Sovet Ittifoqi Qahramoni unvoni bilan taqdirlandi.

1923 yilda tavallud topgan. Millati tatar. 1941 yil dekabr oyida Toshkent viloyati Yangiyo‘l tumani harbiy komissariati tomonidan chaqirilgan. 6-armiya 198-alohida artileriyaning  avtomatchigi, Yefreytor. SSSR Oliy Soveti Prezidiumi 1944 yil 19 martdagi qarori bilan Dneprni kesib o‘tishdagi ko‘rsatgan qaxramonligi va jasorati uchun yefreytor Ziangirov Muhammad Sultangirovich vafotidan keyin Sovet Ittifoqi Qahramoni unvoni bilan taqdirlandi.

1945 yilda tavallud topgan. Millati yaxudiy. Urushgacha Farg‘ona shahrida yashagan va faoliyat yuritgan. Kichik leytenant, 126-o‘qchi diviziyasining 690-o‘qchi bo‘lim 2-o‘qchi artileriyasi o‘qchilar vzvodi komandiri. SSSR Oliy Soveti prezidiumi 1943 yil 1 noyabrdagi qarori bilan Melitopol shahridagi janglarda ko‘rsatgan qaxramonligi uchun  kichik leytenant Zindels Abram Moiseyevich vafotidan keyin Sovet Ittifoqi Qahramoni unvoni bilan taqdirlandi.  

1921 yilda tavallud topgan. Ukraina millatiga mansub. 1940 yil Samarqand shahar harbiy komissariati tomonidan chaqirilgan. Serjant, 760-chi tankga qarshi qiruvchi artileriya polkining qurol komandiri. “Jasorat uchun” medali bilan taqdirlangan. SSSR Oliy Soveti prezidiumi 1944 yil 1 iyuldagi qarori bilan janglarda ko‘rsatgan jasorati uchun  serjant Zinenko Ivan Gordeyevich Sovet Ittifoqi Qahramoni unvoni bilan taqdirlandi.

1914 yilda Sumsk viloyatining Zaxarevshina fermasida  tavallud topgan. Ukraina millatiga mansub. Urushgacha Marg‘ilon shahrida yashagan.Gvardiya mayori, 6-gvardiya tank korpusining 51- gvardiya tank brigadasi motarizatsiyalangan avtomatchiklar artileriyasi qumondoni. III-darajali Kutuzov ordeni, Aleksandr Nevskiy hamda Qizil Yulduz ordenlari bilan taqdirlangan. SSSR Oliy Soveti prezidiumi 1944 yil 23 sentyabrdagi qarori bilan Polsha hududi janglarida ko‘rsatgan qaxramonligi uchun  gvardiya mayori Zubkov Ivan Sidorovich Sovet Ittifoqi Qahramoni unvoni bilan taqdirlandi.

Fayzulla Zoxidov, Toshkent, 08.05.1925. I darajali Vatan urushi ordeni

Zabiyev Ahmad, 1916 – yil Buxoro shahrida - eski shaharda tavallud topgan. 1939-yil xizmat safariga o’z xohishi bilan borgan. 1940 – yil 10 fevral kuni Zabiyev Ahmadni 3-artilleriya polki safiga qabul qilishadi. 1941-yil 13-aprel kuni esa, uni “Znamenniy” polkiga o’tkazishdi. 652 kun mobaynida “Znamenniy” polkida zimmasiga yuklatilgan vazifalarni a’lo bajardi va 1943-yil 23-yanvar 561-artilleriya polkida serjant vazifasida o’z xizmatini davom ettirdi.Zabiyev Ahmad 1943-yil 23 – dekabr chap oyog’idan olgan jarohat, 1944-yilning fevralidan boshlab 434-qurilish polkida, kapital qurilish bo’limida mutahassis bo’lib ishga kirdi. O’sha davrda, qurilish kapital ishlari - bevosita jang olib borilayotgan maydonlarga yaqin  hududda amalga oshirilgan. 1944-yil 25-iyun, ish vaqtida Nemis fashistlarining qo’qisdan qilgan hujumlari sabab, kapital qurilish bo’limi katta talofat ko’rdi. Bobom, Ahmad Zabiyev boshidan yaralandi. 3 oy davomida shifoxonada davolanib 1944-yil oktabr oyida tank bo’limiga kursant sifatida o’qishga qabul qilindi. Oradan ko’p vaqt o’tmay 42-bo’limda zahiradagi tank mexaniki bo’lib xizmatni boshladilar. 1944-yildan to urushning oxirgi yillarigacha 557- sonli o’zi yurar artilleriya divizionida katta serjant, mexanik haydovchi sifatida tank boshqaruvchisi vazifasini bajargan. 1946-yil 21-mart kuni, harbiy xizmatdan ozod qilinadi va Ahmad Zabiyev uyiga qahramon sifatida yo’l oladi. Xizmat davrida bir necha orden, faxriy yorliq va medallar bilan taqdirlanganlar.  Jumladan:“Qizil yulduz” ordeni, Germaniya ustidan qozonilgan g’alaba uchun, 1945-yil;“Ulug’ vatan urushida qatnashganligi uchun” medal, 16-yanvar 1946-yil;Eng xavfli nuqtalarda o’zining mardligi va jasoratini namoyish qilganligi sabab 2 marta Sobiq Sovet qahramoni general polkovnik Rakassovkiydan shaxsan 1946-yil 12-may tashakkurnoma xati;Urush tugaganining 20 yilligi munosabati bilan medal;Urush tugaganining 25 yilligi munosabati bilan medal;Urush tugaganining 30 yilligi munosabati bilan medal;Urush tugaganining 40 yilligi munosabati bilan medal;1985-yil, Ulug’ vatan urushi qatnashuvchisi 2-darajali orden;Urush tugaganining 50 yilligi munosabati bilan medal va faxriy yorliq;Sobiq Sovet Respublikasi qurolli kuchlarining 50 yilligi munosabati bilan medal; Sobiq Sovet Respublikasi qurolli kuchlarining 60 yilligi munosabati bilan medal;Sobiq Sovet Respublikasi qurolli kuchlarining 70 yilligi munosabati bilan medal;1994- yil “Jasorat” medali;1995-yil Ukraina ozodligining 50 yilligi munosabati bilan esdalik nishoni;

Jasorat haqida yozish

Siz xotira.uz portalida yaqinlaringiz urushda ko‘rsatgan jasorati haqida so‘zlab berish imkoniga egasiz. Biz birgalikda Ikkinchi jahon urushida vatandoshlarimiz ko‘rsatgan jasorati haqidagi xotirani saqlab qolamiz va kelajak avlodga yetkazamiz.