Rang sxemasi

Xotira kitobi


1921 yil Qo‘rg‘ontepa tumanining Xonobod qishloq kengashida tug‘ilgan. Sovet Armiyasida 1939 yildan, Andijon viloyati Voroshilov tuman harbiy bo‘limi tomonidan chaqirilgan. Leytenant, 3-o‘qchi diviziyasi 229-o‘qchi polk 6-o‘qchi rota komandiri. “Jasorat uchun” medali bilan taqdirlangan. Desna daryosini kechib o‘tishda ko‘rsatgan qaxramonligi va jasorati uchun Sovet Ittifoqi Oliy kengashi Prezidiumining 1943 yil 16 oktyabrdagi farmoniga ko‘ra leytenant Yuldashev Abdulaziz Daminovichga Sovet Ittifoqi qaxramoni unvoni berilgan.

1912 yil Qozog‘iston SSR ning Turkiston shahrida tug‘ilgan. Toshkent o‘qituvchilar oliygohini tamomlagan. Sovet Armiyasida 1942 yildan, Qozog‘iston SSR Yankabad tuman harbiy bo‘limi tomonidan chaqirilgan. Katta serjant, 180-o‘qchi diviziyasi 42-o‘qchi polk bo‘limi komandiri. Dnepr daryosini kechib o‘tishda ko‘rsatgan qaxramonligi va jasorati uchun Sovet Ittifoqi Oliy kengashi Prezidiumining 1943 yil 29 oktyabrdagi farmoniga ko‘ra katta serjant Yuldashev Fayzullaga Sovet Ittifoqi qaxramoni unvoni berilgan. Urushdan so‘ng Namanganda yashagan.

1922 yil tug‘ilgan. Sovet Armiyasida 1941 yildan, Kuybishev viloyati Sursk tuman harbiy bo‘limi tomonidan chaqirilgan. Katta serjant, 294-o‘qchi diviziyasi 350-alohida qiruv tankka qarshi divizion qurol komandiri. Ikkita Qizil Yulduz ordeni va “Jasorat uchun” medali bilan taqdirlangan. Cherkass uchun janglarda qaxramonlik va jasorat uchun Sovet Ittifoqi Oliy kengashi Prezidiumining 1944 yil 13 sentyabrdagi farmoniga ko‘ra katta serjant Yufimov Ivan Stepanovichga Sovet Ittifoqi qaxramoni unvoni berilgan. Urushdan so‘ng Toshkentda yashagan.

1917 yil Leninobod viloyati Yaxtan qishlog‘ida tug‘ilgan. Sovet Armiyasida 1939 yildan. Tojikiston SSR O‘ratepa tuman harbiy bo‘limi tomonidan chaqirilgan. Serjant, 31-o‘qchi diviziya 248-o‘qchi polk 1-minomet rotasi komandiri. Qizil Yulduz ordeni va “Jasorat uchun” medali bilan taqdirlangan. Dnepr daryosini kechib o‘tishda ko‘rsatgan qaxramonligi va jasorati uchun Sovet Ittifoqi Oliy kengashi Prezidiumining 1944 yil 22 fevraldagi farmoniga ko‘ra serjant Yakibov Urumbekga Sovet Ittifoqi qaxramoni unvoni berilgan. 

1916 yil Qo‘qon shahrida tug‘ilgan. Toshkent qishloq mashinalari zavodida muhandis bo‘lib ishlagan. Sovet Armiyasida 1942 yildan, Farg‘ona viloyatining Qo‘qon tuman harbiy bo‘limi tomonidan chaqirilgan. Kichik serjant, 415-o‘qchi diviziya 1323-o‘qchi polk vzvod komandiri yordamchisi. Dnepr daryosidan o‘tishda ko‘rsatgan qaxramonligi va jasorati uchun Sovet Ittifoqi Oliy kengashi Prezidiumining 1944 yil 15 yanvardagi farmoniga ko‘ra serjant Yakubov Kasim Beshimovichga Sovet Ittifoqi qaxramoni unvoni berilgan.

1915 yil Andijon viloyatining Mirzabod qishlog‘ida tug‘ilgan. 1939-1940 yillari fin urushi ishtirokchisi. Kapitan, 169-o‘qchi diviziya 556-o‘qchi polk avtomatchilar rotasi komandiri. Qizil bayroq ordeni, Vatan urushi II darajali ordeni, Qizil Yulduz ordeni va “Jasorat uchun” medali bilan taqdirlangan. Ulug‘ Vatan urushi janglarida ko‘rsatgan jasorati va qaxramonligi uchun Sovet Ittifoqi Oliy kengashi Prezidiumining 1945 yil 23 martdagi farmoniga ko‘ra kapitan Yakubov Gulyamga vafotidan so‘ng Sovet Ittifoqi qaxramoni unvoni berilgan.

1910 yil Andijon viloyatining Moskva tumani Nayman qishlog‘ida tug‘ilgan. Frontda 1942 yildan. Gvardiya yefreytor, 201-o‘qchi polk 1-o‘qchi batalon avtomat-o‘q otuvchisi. “Jasorat uchun” medali bilan taqdirlangan. Janglarda ko‘rsatgan qaxramonligi va jasorati uchun Sovet Ittifoqi Oliy kengashi Prezidiumining 1944 yil 22 iyuldagi farmoniga ko‘ra gvardiya yefreytor Yakubov Osmanga vafotidan so‘ng Sovet Ittifoqi qaxramoni unvoni berilgan.

1924 yil tug‘ilgan. Sovet Armiyasiga Samarqand tuman harbiy bo‘limi tomonidan chaqirilgan. Kichik leytenant, 2-gvardiya o‘qchi diviziyasi 6-gvardiya o‘qchi polk Tankka qarshi qurol vzvodi komandiri. “Jasorat uchun” medali bilan taqdirlangan. Kerch uchun janglarda qaxramonlik va jasorat uchun Sovet Ittifoqi Oliy kengashi Prezidiumining 1944 yil 16 maydagi farmoniga ko‘ra kichik leytenant Yakubovskiy Izrail Semenovichga vafotidan so‘ng Sovet Ittifoqi qaxramoni unvoni berilgan.

1912 yilda tug‘ilgan. Millati rus. Sovet Qurolli Kuchlarida xizmat qilishdan oldin Toshkent shahrida yashagan. Gvardiya kapitani, 7-hujum gvardiyasi aviapolki shturmani. Qizil bayroq ordeni , I darajali Vatan urushi ordeni va Qizil Yulduz ordeni bilan taqdirlangan. Ulug‘ Vatan urush yillari janglarida ko‘rsatgan qahramonliklari uchun Yuqori Sovet  Ittifoq Prezidiumi buyrug‘i bilan 1944 yil 13 aprelda gvardiya kapitani Yemelyanenko Vasiliy Borisovich Sovet Ittifoq Qahramoni unvoni bilan taqdirlangan.

1919 yilda tug‘ilgan. Millati ukrain. 1942 yilda Sovet Armiyasiga Namangan viloyati Pop tuman harbiy komissiariyati tomonidan chaqirilgan. Kichik leytenant, 41-o‘qchi diviziyasi, 244-o‘qchi polki 2- o‘qchi rotasi. “Jasorat uchun” medali bilan taqdirlangan. Polsha hududidagi janglarda mardlik ko‘rsatgani uchun Yuqori Sovet  Ittifoq Prezidiumi buyrug‘i bilan 1945 yil 24 martda kichik leytenant Yefemenka Georgiy Romanovich Sovet Ittifoq Qahramoni unvoni bilan taqdirlangan.

1914 yilda Orenburg shahrida tug‘ilgan. Millati rus. 1935 yilda Sovet Armiyasiga ketishdan oldin Toshkent shahrida yashagan va ishlagan. Gvardiya kapitani, 5-qiruvchi aviapolki gvardiyasi aviaeskadrilyasi qo‘mondoni o‘rinbosari. Ulug‘ Vatan urushi janglarida ko‘rsatgan qahramonliklari uchun Yuqori Sovet  Ittifoq Prezidiumi buyrug‘i bilan 1942 yil 5 mayda gvardiya kapitani Yefremov Vasiliy Vasilevich Sovet Ittifoq Qahramoni unvoni bilan taqdirlangan.

Mening bobom Yevdokimov Aleksey Ivanovich 1913 yil tavallud topgan. Ulug‘ Vatan urushi qahramoni. Urush boshlanishi yillarida Toshkent shahrida (o‘sha vaqtdagi Stalin tumani) istiqomat qilgan. Bolshevik ko‘chasi, 19 uy. 1941 yil avgust oyida RKKa qatoriga chaqirilgan. Stalingraddan boshlab Kenisbergni qo‘lga olish urushlarigacha faol qatnashgan. Quyidagi qahramonlik unvonlariga ega: Qizil yulduz, urushdagi xizmatilari uchun, bundan tashqari Stalingrad himoyasi uchun va Kenisbergni qo‘lga olishda ko‘rsatgan qahramonlik unvoni. Urush davomida o‘pkasidan qattiq jarohatlangan, shu jarohat bn umrining oxirigacha xizmat qilgan. 1963 yil olgan jarohati o‘z kuchini ko‘rsatib 50 yoshida vafot etgan.  Toshkent Botkina №1 qabristoniga ko‘milgan. Jo‘natdi: Andrey Yevdokimov  

Jasorat haqida yozish

Siz xotira.uz portalida yaqinlaringiz urushda ko‘rsatgan jasorati haqida so‘zlab berish imkoniga egasiz. Biz birgalikda Ikkinchi jahon urushida vatandoshlarimiz ko‘rsatgan jasorati haqidagi xotirani saqlab qolamiz va kelajak avlodga yetkazamiz.