Rang sxemasi

Xotira kitobi


1924 yil tug‘ilgan. Sovet Armiyasiga chaqirilishdan avval Andijon viloyatida yashagan. 1943 yil dan Vatan urushi qatnashchisi. Serjant, 193-o‘qchi diviziyasi 685-o‘qchi polki minomet bo‘limi komandiri. Qomondonlikning harbiy topshiriqlarini namunali bajargani va bunda ko‘rsatgan qaxramonligi va jasorati uchun Sovet Ittifoqi Oliy kengashi Prezidiumining 1943 yil 30 oktyabrdagi farmoniga ko‘ra serjant Xabiyev Vildan Saidovichga Sovet Ittifoqi qaxramoni unvoni berilgan.

1919 yil Bo‘stonliq tumanining Burch-Mulla qishlog‘ida tug‘ilgan. Sovet Armiyasiga 1939 yil Toshkentning Kuybishev tumani harbiy bo‘limi tomonidan chaqirilgan. Engels nomidagi Harbiy-Siyosiy bilim yurtini tamomlagan. Mayor, 143-o‘qchi diviziyasi 487-o‘qchi polki o‘qchi botaloni komandiri. Ikkita Qizil bayroq ordeni, Aleksandr Nevskiy ordeni va sakkizta medal bilan taqdirlangan. Polsha xududidagi janglarda ko‘rsatgan jasorati va matonati, qomondonlikning harbiy topshiriqlarini namunali bajargani va bunda ko‘rsatgan qaxramonligi va jasorati uchun Sovet Ittifoqi Oliy kengashi Prezidiumining 1945 yil 27 fevraldagi farmoniga ko‘ra mayor Xakimov Alim Xakimovichga Sovet Ittifoqi qaxramoni unvoni berilgan.

1924 yil Andijonda tug‘ilgan. Pedagogika o‘rta maxsus bilim yurtini tugatgan. Sovet Armiyasiga 1943 yil Andijon harbiy bo‘limi tomonidan chaqirilgan. Katta serjant, 8-Uzoqsharq kavaleriya diviziyasi 115-kavaleriya polki vzvod komandiri yordamchisi. Ulug‘ Vatan urushi janglarida ko‘rsatgan qaxramonligi va jasorati, qomondonlikning harbiy topshiriqlarini namunali bajargani uchun Sovet Ittifoqi Oliy kengashi Prezidiumining 1965 yil 6 maydagi farmoniga ko‘ra katta serjant Xakimov Nematjonga vafotidan so‘ng Sovet Ittifoqi qaxramoni unvoni berilgan.

1917 yil Farg‘ona viloyatining Quva shahrida tug‘ilgan. Sovet Armiyasida 1939 yildan. Farg‘ona viloyati Quva harbiy bo‘limi tomonidan xizmatga chaqirilgan. Serjant, 195-gaubichno-mexanizatsiyalashgan polkining 4-batareyasi minomyotchisi. Qrim uchun janglarda ko‘rsatgan qaxramonligi va jasorati uchun Sovet Ittifoqi Oliy kengashi Prezidiumining 1943 yil 17 noyabrdagi farmoniga ko‘ra serjant Xasanov Muydin Yusupovichga Sovet Ittifoqi qaxramoni unvoni berilgan.

1916 yili Buxoro viloyati Romitan tumani Kokishtuvan qishlog‘ida tug‘ilgan. Sovet Armiyasida 1938 yildan, Romitan tuman harbiy bo‘limi tomonidan chaqirilgan. Starshina, 170-o‘qchi diviziya 717-o‘qchi polki o‘qchi vzvod komandiri yordamchisi. Janglarda ko‘rsatgan qaxramonligi va jasorati uchun Sovet Ittifoqi Oliy kengashi Prezidiumining 1945 yil 23 martdagi farmoniga ko‘ra starshina Xodjayev Irnapasga Sovet Ittifoqi qaxramoni unvoni berilgan.

1912 yil Tashauz tumanining Boy-1 ovulida tug‘ilgan. Sovet Armiyasiga Turkmaniston Respublikasi Tashauz tuman harbiy bo‘limi tomonidan 1941 yil chaqirilgan. Gvardiya kichik leytenenati, 1-gvardiya otliq diviziya 5-gvardiya otliq polki vzvod komandiri. Shaxsiy qaxramonligi, qo‘rqmasligi va jasorati uchun Sovet Ittifoqi Oliy kengashi Prezidiumining 1944 yil 10 yanvardagi farmoniga ko‘ra gvardiya kichik leytenanti Xudayberganov Djumaniyazga vafotidan so‘ng Sovet Ittifoqi qaxramoni unvoni berilgan.

1921 yili Chimkent viloyatining Sayram qishlog‘ida tug‘ilgan. Toshkentda ulg‘aydi. 1940 yili o‘z xoxishiga ko‘ra Sovet Armiyasiga ketdi. Serjant, 78-o‘qchi diviziya 228-o‘qchi polk pulemyotchigi. Janglarda ko‘rsatgan matonati va jasorati uchun Sovet Ittifoqi Oliy kengashi Prezidiumining 1944 yil 22 fevraldagi farmoniga ko‘ra serjant Xusanov Ziyamat Usmanovichga Sovet Ittifoqi qaxramoni unvoni berilgan.

1906 yil Samarqand viloyati Narpay tumani Qurg‘amcha qishlog‘ida tug‘ilgan. Frontda 1942 yildan. Oddiy askar, 81-o‘qchi diviziya 467 o‘qchi polk 8-o‘qchi rota o‘qchisi. Ulug‘ Vatan urushi janglarida ko‘rsatgan qaxramonligi va jasorati uchun Sovet Ittifoqi Oliy kengashi Prezidiumining 1944 yil 15 yanvardagi farmoniga ko‘ra oddiy askar Xushnazarov Saparga Sovet Ittifoqi qaxramoni unvoni berilgan.

Xalikov Usmon Qayumovich, Samarqand tibbiyot institutining bitiruvchisi, o‘zining ilk jangini Moskva yaqinida qarshi oldi. Harbiy shifokor, keyinchalik tibbiy xizmat polkovniki, urush davrida minglab oilalalrning o‘g‘il farzandlari, otalari va turmush o‘rtoqlarini hayotini saqlab qolgan. Rahmat sizga qadirli otajonim. Siz men uchun qaxramonsiz! Qaxramonnining qizi - Yelya Xalikova yozdi.

Mening bobom Xaitboyev Raxim, 1922 yil 9 aprelida tavalud topgan, Xorazm viloyati Xiva tumani Qo‘shko‘pir qishlog‘ida istiqomat qilgan. 1942 yil 15 iyunda Xiva RVK tomonidan frontga chaqirilgan. 1942 yil oktyabr oyidan 1942 yilning iyun oyigacha 379 Artilleriya o‘qotar harbiy qismida xizmat qilgan. 1942 yil oktyabridan dekabr oyigacha kasalxonaga yotqizilgan. 1942 yil dekabr oyidan 1943 yil mart oyigacha 145 harbiy qismida vzvod komandiri bo‘lgan. 1943 yil №127 buyruq asosida leytenant unvoniga sazovor bo‘lgan. 1943 yil mart oyidan 1943 yil oktyabr oyidan 1193 o‘qotar vzvodi komandiri sifatida xizmat qilgan. Urushda ko‘rsatgan qahramonliklari inobatga olinib Qizil yulduz ordeni bilan taqdirlangan.  Jo‘natdi: Dinara  

Tug‘ilgan sanasi: 1920 y 10 noyabr Tug‘ilgan joyi: Taraz shahri Lavozimi: Kombat Unvoni: Kapitan Chaqirilgan sanasi: 1938 Chaqirilgan joyi: Toshkent harbiy komissiariyati Qo‘shimcha ma’lumotlar: 1941 yilda Smolensk harbiy pulemyot o‘quv maskanini tamomlagan va Ulug‘ Vatan urushining birinchi kunlaridan frontga chaqirilgan, urush yakunida 173 Orshan Qizil Bayroq ittifoqida birga tugatgan. Urushdan so‘ng SSSR harbiy xizmatida bo‘lib, Leningrad harbiy polkasi okrugida nachshtab lavozimida faoliyat yuritgan. Frunze harbiy akademiyasi bitiruvchisi, zahiradagi general-mayor, 40dan ortiq hukumat ordenlari egasi.  

Xamzina Feruza Medaris Qizi,1924 yil xristian oilasida dunyoga kelgan. U ota-onasiz katta bo‘lgan, u 2 yoshida otasini, onasini 6 yoshda yo‘qotadi. 1941 yilda uni urushga jo‘natishadi. U yerda esa uni Vanastrua nomidagi zavodda ishlashga jo‘natishadi, u yerda qurol aslaha va bomba tayyorlash bilan shug‘ullangan. Barcha Ulug‘ Vatan urushi qatnashchilari - oltinga teng odamlar, ularning xizmatisiz bugungi kunlarimiz bo‘lmasligi mumkin edi. Unutmaymiz va doim yodda saqlaymiz!

Jasorat haqida yozish

Siz xotira.uz portalida yaqinlaringiz urushda ko‘rsatgan jasorati haqida so‘zlab berish imkoniga egasiz. Biz birgalikda Ikkinchi jahon urushida vatandoshlarimiz ko‘rsatgan jasorati haqidagi xotirani saqlab qolamiz va kelajak avlodga yetkazamiz.