Rang sxemasi

Xotira kitobi


1920 yil Urgut tumanining Qoratepa qishlog‘ida tug‘ilgan. Sovet Armiyasiga Samarkand viloyati Urgut  tuman harbiy bo‘limi tomonidan 1941 yil chaqirilgan. Gvardiya serjanti, 16- gvardiya otliq diviziyasi, 62-gvardiya otliq polkining sabel vzvodining bo‘lim qomondoni. Ko‘rsatgan qaxramonligi uchun Oliy Sovet Prezidiuminig 1944 yil 15 yanvardagida farmoyishiga ko‘ra Gvardiya serjanti Uzakov Ablakulga Sovet Ittifoqi Qahramoni unvoni berilgan.

1921 yil Toshkentda tug‘ilgan. 1940 yil Sovet Armiyasiga chaqirilgan. Ashxobotdagi kichik leytenatlar kursini tamomlagan. Kapitan, 76-O‘qchi diviziyasining 80-Altilleriya polki 1- batareyaning Komandiri. Lenin ordeni, Vatan urushi ordeni va «Jasorat uchun medali» bilan taqdirlangan. Jangdagi mohirona boshqaruvi va shaxsiy jasorati uchun Oliy Sovet Prezidiuminig  farmoyishiga ko‘ra  Kapitan  Umarov Salixga Sovet Ittifoqi Qahramoni unvoni berilgan.

1918 yil Qashqadaryo viloyati, kitob tumanining, Rus qishlog‘ida tug‘ilgan. 1938 yilda O‘zbekiston SSRning Qashqadaryo viloyati, Kitob tumani mudofaa ishlari bo‘limi tomonidan Sovet qurolli kuchlari safiga chaqirilgan. Kapitan,  88- o‘qchi diviziyasining 226- o‘qchi polki, 3- o‘qchi bataloni qo‘mondoni lavozimida xizmat qilgan. Ulug‘ Vatan urushi davrida ko‘rsatgan jasorati va qaxramonligi uchun Oliy Kengash Prezidiumning 1945 yil  24-mart  sanasidagi  farmoyishi bilan gvardiya kapitani Umarov Shodmonga  “Sovet Ittifoqi Qahramoni” unvoni berilgan.

1912 yilda Farg‘ona viloyati Quva tumanida tug‘ilgan. 1937 yilda Dog‘iston ASSRning  Derbend shahar mudofaa ishlari bo‘limi tomonidan Sovet armiyasi  safiga chaqirilgan. Katta serjant,  269- o‘qchi diviziyasining 1022- o‘qchi polkida  qo‘mondoni yordamchisi lavozimida xizmat qilgan. “I I darajali Ulug‘ Vatan urushi” ordeni bilan mukofotlangan. Mogilevsk viloyatining ozod qilish janglarida ko‘rsatgan jasorati va qaxramonligi uchun Oliy Kengash Prezidiumning 1944 yil  4 iyun  sanasidagi  farmoyishi bilan katta serjant Umurdinov Muxitdinga “Sovet Ittifoqi Qahramoni” unvoni berilgan.

1922 yilda Yangi yo‘l tumani Kalinin kolxozida dunyoga kelgan. Urushgacha bo‘lgan davrda Toshkent viloyati, Yangiyo‘l tumani,  Kalinin kolxozida ishlagan va o‘sha yerdan 1941 yilda Sovet armiyasi  safiga chaqirilgan. Leytenant, 233- o‘qchi diviziyasining 3- o‘qchi polkining 7- o‘qchi rotasida vzvod qo‘mondoni lavozimida xizmat qilgan. Ulug‘ Vatan urushi davrida ko‘rsatgan jasorati va qaxramonligi uchun Oliy Kengash Prezidiumning 1945 yil  24 mart  sanasidagi  farmoyishi bilan leytenant Urazov Ilyas vafotidan so‘ng “Sovet Ittifoqi Qahramoni” unvoni berilgan.

1920 yilda TojikistonSSR,  Shulyum Shahrinausk tumanida tug‘ilgan. 1937 yilda Stalinobod viloyati, Shulyum Shahrinausk tumani mudofaa ishlari bo‘limi tomonidan Sovet armiyasi  safiga chaqirilgan. 219- o‘qchi diviziyasining 375- o‘qchi polkining 1- o‘qchi rotasida oddiy askar, mergan bo‘lib hizmat qilgan. Ulug‘ Vatan urushi davrida ko‘rsatgan jasorati va qaxramonligi uchun Oliy Kengash Prezidiumning 1945 yil  23 mart  sanasidagi farmoyishi bilan oddiy askar Urazov Chutakni vafotidan so‘ng “Sovet Ittifoqi Qahramoni” unvoni bilan taqdirlangan.

1923 yil Toshkent viloyati Xavastkor tumanining Savat qishlog‘ida tug‘ilgan. Katta serjant, 69-Sevs o‘qchi diviziyasi 237- o‘qchi polkining vzvod qomondoni yordamchisi. Gomelsk viloyatida ko‘rsatgan qaxramonligi  uchun Oliy Sovet Prezidiumning 1944-yil 15-yanvaridagi farmoyishiga ko‘ra Katta serjant Usmanov Djuraxanga - Sovet Ittifoqi Qahramoni unvoni berildi.

1922 yil Toshkent tumani Qatartol selsovetida tug‘ilgan. Sovet Armiyasiga 1942 yil Toshkent viloyatining Kalininsk tumani harbiy bo‘limi tomonidan chaqirilgan. Kichik  serjant, 333- o‘qchi diviziyasi 1118-o‘qchi polka 5- o‘qchi rotasining bo‘lim komandiri. Ukraina hududida  ko‘rsatgan qaxramonligi  uchun Oliy Sovet Prezidiumning 1944-yil 22 fevraldagi farmoyishiga ko‘ra kichik serjant Usmanov Usmanov Islamga vafotidan so‘ng - Sovet Ittifoqi Qahramoni unvoni berildi.

1921 yilda Toshkent viloyati, Soldatskiy qishlog‘ida tug‘ilgan. Urushgacha bo‘lgan davrda Toshkent viloyati, Quyi chirchiq tumani O‘zbekistonning besh yilligi sovxozida ishlagan.  1939 yilda Frunze tumani mudofaa ishlari bo‘limi tomonidan Sovet armiyasi  safiga chaqirilgan. Toshkent tank bilim yurti tamomlagan. Leytenant, 93-alohida tank brigadasining tank rotasining qo‘mondoni vazifasida xizmat qilgan. “Qizil bayroq” hamda “Qizil yulduz” mukofotlari bilan taqdirlangan. Polsha yo‘nalishidagi janglardagi ko‘rsatgan jasorati va qaxramonligi uchun Oliy Kengash Prezidiumning 1945 yil  10 aprel  sanasidagi  farmoyishi bilan leytenant    Utkin Yevgeniy Dmitriyevichga vafotidan so‘ng “Sovet Ittifoqi Qahramoni” unvoni berilgan.

1914 yilda Dnepropetrovskda tug‘ilgan. Armiya safiga chaqirilgunga qadar O‘zbekistonda ishlagan. 1934 -yildan boshlab zobid sifatida xizmat qilgan. Kapitan, 150 -bombardimonchi aviapolkining eskadrilya qo‘mondoni. Ikki marotaba Lenin ordeni va ikki marta Qizil bayroq ordenlari bilan mukofotlangan. Ulug‘ Vatan urushi davrida ko‘rsatgan jasorati va qaxramonligi uchun Oliy Kengash Prezidiumning 1942 yil  23 -noyabr   sanasidagi farmoyishi bilan KapitanUshakov Viktor Georgiyevichga  “Sovet Ittifoqi Qahramoni” unvoni bilan taqdirlangan.

 Mening otam Usmanov Turab 1925 yilda tavallud topgan. 18 yoshida Andijon viloyati Jalaquduq tumani harbiy xizmati tomonidan chaqirilgan. Urush boshlanishida mening amakim Usmanov Imyamin urushgacha armiyada xizmat qilishga chaqirilgan va Dnepr jangia qahramonlarcha vafot etgan, shunday bo‘lishiga qaramasdan buvim otamni yana jangga jo‘natgan. Otam urush davrlari haqia umuman gapirmas edilar, og‘ir jarohatangan, qo‘llarida barmoqlari ham yo‘q edi (gongrena bo‘lmasligi uchun kesib tashlangan), u urush so‘nggigacha kurashgan, u Kenigsberg (Kalinigrad) shahrini qo‘lga kiritgan va katta akasi va onasi uchun urushdan qaytgan, mening qahramonim otam-Usmanov Turab. Mening amakim Usmanov Imyamin mustaqillik maydonidagi xotira kitobiga kiritilgan. Urush kunlari bugungi tinch osmonimizga soya solmasin. Moviy osmonimiz uchun esa barcha urush qahramonlariga kattakon rahmat!  Jo‘natdi: Nodira  

Utegenov Ismat Tug‘ilgan yili:1925 Tug‘ilgan joyi: O‘zbek SSR, Toshkent viloyati, Bekobo tumani, Dmitriyev q/x Unvoni: Vatan urushi I darajali ordeni Unvon berilgan sanasi: 06.04.1985 Jo‘natdi: Ilxom  

Jasorat haqida yozish

Siz xotira.uz portalida yaqinlaringiz urushda ko‘rsatgan jasorati haqida so‘zlab berish imkoniga egasiz. Biz birgalikda Ikkinchi jahon urushida vatandoshlarimiz ko‘rsatgan jasorati haqidagi xotirani saqlab qolamiz va kelajak avlodga yetkazamiz.