Rang sxemasi

Xotira kitobi


Mening otam Tagirov Kuli, 1919 yilda tavallud topgan. 1942 yilda O‘zbekiston, Buxoro viloyati, G‘ijduvon tumani Qizil armiyasiga chaqirilgan. Qizil armiya harbiysi Tagirov Kuli namis-fashistlariga qarshi janglarida 3-o‘qchi polkasi, 11-Bryansk gvardiya o‘qchi armiyasi, 36- gvardiya o‘qchi korpusi jamoasida 16-gvardiya o‘qchi diviziyasida xizmat qilgan, Pribaltika va 3-Belorus fronti armiyasi safida xam xizmat qilgan. Vitebsk va Minsk shaharlari ozodligida qatnashgan. Ana shu jang maydonlarida 1944 y 27 mart kuni chap tizzasidan qattiq jarohat olgan. Qizil armiya harbiysi Tagirov Kuli 2822 evakotibbiy shifoxonasiga yotqizilgan. 1944 yil 20 aprelidan 1945 yil 25 yanvarigacha EG 2822 statsionar davolangan. №336 buyruq asosida 1942 yil shifokorlar tomonidan og‘ir tizza jarohati tufayli jangga yaroqsiz deb tan olingan. 1945 yil 25 yanvar kuni u o‘z ona shaxri Buxoro viloyati G‘ijduvon tumani Mug‘olon qishlog‘iga qaytib kelgan. Ulug‘ Vatan urushida ko‘rsatgan jasorati va mardligi uchun hukumat tomonidan quyidagi unvonlarga loyiq deb topilgan: • Vatan urushi I darajali ordeni • “1941-1945 yillar Ulug‘ Vatan urushi g‘alabasiga 25 yil” • “1941-1945 yillar Ulug‘ Vatan urushi g‘alabasiga 30 yil” • “1941-1945 yillar Ulug‘ Vatan urushi g‘alabasiga 40 yil” • Mehnati uchun yubiley medali • “Mehnat faxriysi” medali • “SSSR Qurolli kuchlariga 50 yil” yubiley medali • “SSSR Qurolli kuchlariga 60 yil” yubiley medali Jo‘natdi: Taxirov Dilmurad Kuliyevich  

Tursunov Norqul(VOV)Ikkinchi jahon urushi faxriysi .1923 yil 12 aprelda Samarqandda tug‘ilgan. 1976 21 noyabrda vafot etgan. 1941 yildan 1945 yilgacha jang qilgan. Granata bo‘lagi bilan chap oyog‘i yaralangan. “Qizil yulduz” ordeni va ko‘pgna medallar bilan mukofotlangan.

Tkachenko Leonid Ivanovich 12.08.1923-26.11.1997y. Ikkinchi jahon urushida ishtirok etgan. Og‘ir yaralangan, urushdan omon qaytgan. Uning jangovorligi Berlingacha yetib borgan. “Idarajali Vatan urushi” ordeni bilan mukofotlangan.  

1920 yilning 5 dekabrida Buxoro viloyati, G`ijduvon tumani, Ahmadxon qishlog`ida tavallud topgan. 1941-1945 yillarda urushda qatnashib, 1945 yilning may oyida yaralanib urushdan qaytgan. To`rayev Rashid 96 yoshlarida vafot etdi. Urush vaqtida ko’rsatgan jasorati va qahramonliklari uchun “Jasorat uchun” medali, Shuhrat ordeni va Mustaqillikning 20 yilligi medallari bilan taqdirlangan. To‘rayev Rashidning nabirasi - Mels Rashidov yozdi.

1910 yil QQ ASSR Chimboy tumanida tavallud topgan. 1941 yil Chimboy tumanidan Qizil Armiyaga chaqirilgan. Leningrad atrofida, keyin Polshadagi urushlarda qatnashgan. 1943 yil oyog’idan jaroxatlanib, urushdan oyog’idan ayrilgan holda qaytgan. 1976 yil vafot etgan.

Toshpo’latov Ukki(1912 yil – 1944 - yil bedarak yo’qolgan) ba’zi joyda 1908 – yil tug’ilgan deb ko’rsatilgan1936-1941 yillarda Xumson qishlog’ida raisi bo’lib faoliyat yuritgan. 1941 – yil urushga chaqirilgan (ba’zi joyda 1942 – yil deb ko’rsatilgan). 

Tajetov Madreym 1923-yil 15 mayda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Chimboy tumanida tug‘ilgan. 1943-yil fashistlarga qarshi urushga borgan va urushda oyog‘idan jarohatlangan. Urushdan 1946-yili qaytib kelgan va hisobchi bo‘lib ishlagan. 10 ta farzandning otasi hamda 30 dan ortiq nevaralar bobosi hisoblanadi. 2017 yilning 29 iyun oyida 94 yoshida vafot etdi.

Jasorat haqida yozish

Siz xotira.uz portalida yaqinlaringiz urushda ko‘rsatgan jasorati haqida so‘zlab berish imkoniga egasiz. Biz birgalikda Ikkinchi jahon urushida vatandoshlarimiz ko‘rsatgan jasorati haqidagi xotirani saqlab qolamiz va kelajak avlodga yetkazamiz.