Rang sxemasi

Xotira kitobi


1925 yil Qashqadaryo viloyati Shaxrisabz tumani Aravan qishlog‘ida tug‘ilgan. Oddiy askar, 385-o‘qchi diviziya 126-o‘qchi polk 2-o‘qchi batalon avtomatchisi. Jangda ko‘rsatgan jasorati uchun Sovet Ittifoqi Oliy kengashi Prezidiumining 1945 yil 24 martdagi farmoniga ko‘ra oddiy askar Shaimov Shodiga Sovet Ittifoqi qaxramoni unvoni berilgan.

1921 yil Andijon shahrida tug‘ilgan. Sovet Armiyasiga 1941 yili Andijon tuman harbiy bo‘limi tomonidan chaqirilgan. Gvardiya oddiy askari, 26-gvardiya o‘qchi diviziya 75-gvardiya o‘qchi polki razvedkachisi. Neman daryosini kechib o‘tishda ko‘rsatgan jasorati va matonati uchun Sovet Ittifoqi Oliy kengashi Prezidiumining 1945 yil 24 martdagi farmoniga ko‘ra gvardiya oddiy askari Shakirov Astankulga Sovet Ittifoqi qaxramoni unvoni berilgan.

1913 yili Toshkentda tug‘ilgan. Toshkent tank bilim yurtini tamomlagan. Sovet Armiyasida 1942 yildan. Gvardiya leytenanti, 1-gvardiya tank brigadasi 2-tank rotasi tank vzvodi komandiri. Janglarda ko‘rsatgan qaxramonligi, jasorati va mohirligi uchun Sovet Ittifoqi Oliy kengashi Prezidiumining 1944 yil 10 yanvardagi farmoniga ko‘ra gvardiya leytenanti Shalandin Valdemar Sergeyevichga vafotidan so‘ng Sovet Ittifoqi qaxramoni unvoni berilgan.

1916 yil Orenburg viloyatining Staroye Ashirovo qishlog‘ida  tug‘ilgan. Sovet Armiyasiga yashash joyidan 1941 yil chaqirilgan. Oddiy askar, Bosh Qomondonlik Zag‘irasi 6-ponton-ko‘prik brigadasi 135- alohida ponton-ko‘prik bataloni saperi. Dneprni kechib o‘tishda topshiriqlarni mohirona va matonat bilan bajargani uchun Sovet Ittifoqi Oliy kengashi Prezidiumining 1944 yil 10 yanvardagi farmoniga ko‘ra oddiy askar Shamkayev Akram Beliyevichga Sovet Ittifoqi qaxramoni unvoni berilgan. Urushdan so‘ng A.B.Shamkayev Surxandaryo viloyatida yashagan.

1921 yil Altayning Xaritonovka qishlog‘ida tug‘ilgan. Urushgacha Toshkentda yashagan va ishlagan. Sovet Armiyasiga Toshkentning Kirov tuman harbiy bo‘limi tomonidan chaqirilgan. Yefreytor, 69-o‘qchi diviziyasi 120-o‘qchi polki bataloni komsorgi. “Jasorat uchun” medali bilan taqdirlangan. Janglarda jasorati va matonati uchun Sovet Ittifoqi Oliy kengashi Prezidiumining 1943 yil 30 oktyabrdagi farmoniga ko‘ra yefreytor Shapochkin Mixail Firsovichga Sovet Ittifoqi qaxramoni unvoni berilgan.

1907 yil Ust-Kamenogorskda tug‘ilgan. Sovet Armiyasiga 1942 yil Samarqand shahar harbiy bo‘limi tomonidan chaqirilgan. 529-Romnensk o‘qchi diviziyasi oddiy askari. Dnepr daryosini kechib o‘tishda ko‘rsatgan jasorati va matonati uchun Sovet Ittifoqi Oliy kengashi Prezidiumining 1943 yil 29 oktyabrdagi farmoniga ko‘ra oddiy askari Sharabarin Nikolay Aleksandrovichga Sovet Ittifoqi qaxramoni unvoni berilgan.

1913 yil Leninobod viloyatining Maxram qishlog‘ida tug‘ilgan. Sovet Armiyasida 1943 yildan. Kichik leytenant, 40-artelleriya diviziyasi 387-artelleriya polki 1-batareya vzvodi komandiri. Chexoslaovakiya xududlaridagi janglarda ko‘rsatgan jasorati va qaxramonligi uchun Sovet Ittifoqi Oliy kengashi Prezidiumining 1945 yil 15 maydagi farmoniga ko‘ra kichik leytenant Sharipov Ergash Kasimovichga vafotidan so‘ng Sovet Ittifoqi qaxramoni unvoni berilgan.

1914 yil Nagorno-Qorabog‘ Avtonom viloyati Barabatumb qishlog‘ida tug‘ilgan. Toshkent viloyati Ordjonikidze tuman harbiy bo‘limi tomonidan chaqirilgan. Serjant, 69-Sevsk o‘qchi diviziyasi 120-o‘qchi polk kimyoviy himoya vzvodi komandiri. Janglarda ko‘rsatgan jasorati va qaxramonligi uchun Sovet Ittifoqi Oliy kengashi Prezidiumining 1943 yil 30 oktyabrdagi farmoniga ko‘ra serjant Shaumyan Ivan Konstantinovichga Sovet Ittifoqi qaxramoni unvoni berilgan.

1917 yil Poltava viloyati Xorolskiy tumani Sofino qishlog‘ida tug‘ilgan. Sovet Armiyasiga 1936 yil SK VLKSM maxsus termasiga muvofiq kelgan. 1939 yil Chuguyevskiy harbiy aviatsiya bilim yurtini tamomlagan. Gvardiya kapitan, 67-gvardiya qiruv aviapolki aviaeskadrilyasi komandiri. Lenin ordeni va ikkita Qizil Bayroq ordeni bilan taqdirlangan. Eskadriyalya va shaxsiy tarkibni mohirona boshqaruvi, havo janglarida qaxramonlik va jasorati uchun Sovet Ittifoqi Oliy kengashi Prezidiumining 1944 yil 4 fevraldagi farmoniga ko‘ra gvardiya kapitani Shevelev Pavel Fedorovichga Sovet Ittifoqi qaxramoni unvoni berilgan. Urushdan so‘ng P.F.Shevelev Toshkentda yashagan.

1922 yil Saratov viloyatida tug‘ilgan. Urushgacha Farg‘onada yashagan va ishlagan. Leytenant, 206-o‘qchi diviziyasi 737-o‘qchi polki avtomatchilar rotasi komandiri. Qizil Yulduz ordeni bilan taqdirlangan. Ulug‘ Vatan urushi janglarida ko‘rsatgan jasorati va qaxramonligi uchun Sovet Ittifoqi Oliy kengashi Prezidiumining 1943 yil 3 iyundagi farmoniga ko‘ra leytenent Sheluxin Nikolay Prokofevichga Sovet Ittifoqi qaxramoni unvoni berilgan.

1896 yil Mogilev viloyati Krasnopolsk tumani Gnilitsa qishlog‘ida tug‘ilgan. Fuqarolar urushi qatnashchisi. Ulug‘ Vatan urushiga qadar Toshkentda yashagan. General-mayor, 57-gvardiya o‘qchi diviziyasi komandiri. Ikkita Qizil Bayroq ordeni bilan taqdirlangan. G‘arbiy Bug daryosini kechib o‘tishda ko‘rsatgan qaxramonligi va jasorati uchun Sovet Ittifoqi Oliy kengashi Prezidiumining 1945 yil 6 apreldagi farmoniga ko‘ra gvardiya-mayor Shemenkov Afanasiy Dmitriyevichga Sovet Ittifoqi qaxramoni unvoni berilgan.

1916 yil Penza viloyati Mokshansk tumani Chernozere qishlog‘ida tug‘ilgan. Armiyaga 1941 yil Toshkentning Frunze tumani harbiy bo‘limi tomonidan chaqirilgan. Katta serjant, 69-Sevsk o‘qchi diviziyasi 120-o‘qchi polk piyoda razvedka vzvodi komandiri. Janglarda ko‘rsatgan jasorati va qaxramonligi uchun Sovet Ittifoqi Oliy kengashi Prezidiumining 1943 yil 30 oktyabrdagi farmoniga ko‘ra katta serjant Shibayev Mixail Petrovichga Sovet Ittifoqi qaxramoni unvoni berilgan. Urushdan so‘ng Shibayev Mixail Petrovich Qarshi shahrida yashagan.

Jasorat haqida yozish

Siz xotira.uz portalida yaqinlaringiz urushda ko‘rsatgan jasorati haqida so‘zlab berish imkoniga egasiz. Biz birgalikda Ikkinchi jahon urushida vatandoshlarimiz ko‘rsatgan jasorati haqidagi xotirani saqlab qolamiz va kelajak avlodga yetkazamiz.