Rang sxemasi

Xotira kitobi


1917 yilda Janubiy Qozog‘iston viloyati, Sayram tumanida tug‘ilgan. Janubiy Qozog‘iston viloyati Sayram tumani mudofaa ishlari bo‘limi tomonidan Sovet armiyasi safiga chaqirilgan. Gvardiya katta serjanti, Bosh qo‘mondonlik zahirasi, 3-engil artileriya brigadasi, 167-engil artileriya polkining ikkinchi batareya qurol yarog‘ qo‘mondoni vazifasida xizmat qilgan. Dnepr daryosinin kechib o‘tish vaqtidagi janglarda ko‘rsatgan jasorati, fidoiyligi va qaxramonligi uchun SSSR Oliy Kengash Prezidiumning 1943 yil 17-oktyabr sanasidagi  farmoyishi bilan katta serjanti Sodiqov Boltaboy “Sovet Ittifoqi Qahramoni” unvoni bilan taqdirlangan.

1920 yilda Farg‘ona viloyati, Ravan Soxs tumanida tug‘ilgan. Soxs tumanida o‘qituvchi bo‘lib ishlagan. Sovet armiyasi safida 1939 yildan boshlab xizmat qilgan.. Gvardiya katta leytenanti, 129-gvardiya o‘qchi diviziyasi, 329-gvardiya o‘qchi polkining o‘qchi rota qo‘mondoni vazifasida faoliyat yuritgan. Vatan himoyasida janglarda ko‘rsatgan jasorati, fidoiyligi, qo‘rqmasligi va qaxramonligi uchun SSSR Oliy Kengash Prezidiumning 1945 yil 29-iyul sanasidagi  farmoyishi bilan katta leytenanti Saidbekov Amir-Ali vafotidan so‘ng “Sovet Ittifoqi Qahramoni” unvoni bilan taqdirlangan.

1924 yilda tug‘ilgan. 1942 yilda Xorazm viloyati Urganch  tumani mudofaa ishlari bo‘limi tomonidan Sovet armiyasi safiga chaqirilgan. Serjant, 129- o‘qchi diviziyasi, 518-o‘qchi polkining o‘qchi qism qo‘mondoni sifatida faoliyat yuritgan. Janglarda ko‘rsatgan jasorati, fidoiyligi, tashabbuskorligi va qaxramonligi uchun SSSR Oliy Kengash Prezidiumning 1943 yil 27-avgust sanasidagi  farmoyishi bilan serjant Salixov Gataullaga “Sovet Ittifoqi Qahramoni” unvoni berilgan.  

1917 yilda Kuybishev (Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek tumani) tumanida tug‘ilgan. Urushgacha bo‘lgan davrda TOshkentda istiqomat qilgan. Gvardiya kapitani, 46-engil bombardimonchi aviapolkining eskadrilya qo‘mondoni vazifasida xizmat qilgan. Vatan himoyasida janglarda nemets fashist bosqinchilariga qarshi kechgan janglardagi ko‘rsatgan jasorati, fidoiyligi, qo‘rqmasligi va qaxramonligi uchun SSSR Oliy Kengash Prezidiumning 1945 yil 23fevral sanasidagi  farmoyishi bilan gvardiya kapitani  Sanfirova Olga Aleksandrovnaga vafotidan so‘ng “Sovet Ittifoqi Qahramoni” unvoni berilgan.

1905 Yilda Frunzeda (Bishkek) tug‘ilgan. Sovet armiyasi safida 1923 yildan buyon hizmat qilgan. Yo‘llanma asosida  V.I. Lenin nomidagi O‘rta Osiyo  harbiy maktabini tamomlagan. Urushgacha bo‘lgan davrda Toshkentda istiqomat qilgan. Gvardiya podpolkovnigi, Tank qo‘shinlariga qarshi 30-alohida qiruvchi brigadaning qo‘mondoni. Quyidagi mukofotlar bilan taqdirlangan: “Qizil yulduz” ordeni, “I darajali Ulug‘ Vatan urushi” ordeni, “Jasorat uchun” ko‘krak nishoni. Dnepr daryosinin kechib o‘tish vaqtidagi janglarda ko‘rsatgan jasorati, fidoiyligi va qaxramonligi uchun SSSR Oliy Kengash Prezidiumning 1943 yil 26-oktyabr sanasidagi  farmoyishi bilan  Gvardiya podpolkovnigi Sapojnikov Mixail Grigorevich “Sovet Ittifoqi Qahramoni” unvoni bilan taqdirlangan

1917 yilda Kuybishevda (Mirzo Ulug‘bek tumani) tug‘ilgan. 1938 yildan buyon hizmat qilish sovet armiyasi safiga chaqirilgan. Urushgacha bo‘lgan davrda Toshkentda istiqomat qilgan. Leytenant, 95-tank brigadasi, 3-tankchi batalonining t-34 tank qo‘mondoni. Janglarda ko‘rsatgan qaxramonligi uchun SSSR Oliy Kengash Prezidiumning 1945 yil 27-fevral sanasidagi  farmoyishi bilan katta Gvardiya leytenant Sapunkov Boris Petrovich “Sovet Ittifoqi Qahramoni” unvoni bilan taqdirlangan.

1914 yilda Penzensk viloyatining Muromka Nijnelomovsk tumanidagi qishlog‘ida tug‘ilgan. 1942 yilda Nukus  tuman  mudofaa ishlari bo‘limi tomonidan Sovet armiyasi safiga chaqirilgan. Oddiy askar, 603-sapyor  batalonida xizmat qilgan. “Qizil yulduz” ordeni bilan mukofotlangan. Dasna daryosinin kechib o‘tish vaqtidagi janglarda ko‘rsatgan jasorati, fidoiyligi va qaxramonligi uchun SSSR Oliy Kengash Prezidiumning 1943 yil 16-oktyabr sanasidagi  farmoyishi bilan  oddiy askar Sarayev Nikolay Andreyevich “Sovet Ittifoqi Qahramoni” unvoni bilan taqdirlangan. Urushdan so‘ng N.A.Sarayev Qoraqalpog‘istonga qaytib kelgan.

1908 yilda tug‘ilgan. Sovet armiyasi safiga Sumsk shahar mudofaa ishlari bo‘limi tomonidan chaqirilgan. Urushgacha bo‘lgan davrda Samarqandda istiqomat qilgan. Mayor, urush davrida 202tank bragadasi, 867-o‘ziyurar artileriya polkining qo‘mondoni bo‘lib xizmat qilgan. Qrimni nemets bosqinchilaridan ozod qilish uchun kechgan janglardagi ko‘rsatgan jasorati, va qaxramonligi uchun SSSR Oliy Kengash Prezidiumning 1944 yil 16 may sanasidagi  farmoyishi bilan  mayor Sviderskiy Aleksandr Grigorevichga vafotidan so‘ng “Sovet Ittifoqi Qahramoni” unvoni bilan taqdirlangan.

1909 yilda Sepuxovkada tug‘ilgan. Sovet armiyasi safiga Farg‘ona shahar mudofaa ishlari bo‘limi tomonidan 1941 yilda chaqirilgan. Gvardiya serjanti, 44- gvardiya o‘qchi diviziyasi, 130-gvardiya o‘qchi polkining, 2-o‘qchi rotasida qism qo‘mondoni bo‘lgan. Janglardagi ko‘rsatgan qaxramonligi va mardligi uchun SSSR Oliy Kengash Prezidiumning 1943 yil 31 mart sanasidagi  farmoyishi bilan  gvardiya serjanti Sevryukov Nikolay Mixaylovichga vafotidan so‘ng “Sovet Ittifoqi Qahramoni” unvoni bilan taqdirlangan.

1916 yilda tug‘ilgan. 1942 yilda Andijon  tuman  mudofaa ishlari bo‘limi tomonidan Sovet armiyasi safiga chaqirilgan. Gvardiya mayori, 79-o‘qchi diviziyasi, 227-o‘qchi polkining qo‘mondoni. Quyidagi mukofotlar bilan taqdirlangan: “Qizil yulduz” ordeni, “Qizil bayroq” ordeni, “Jasorat uchun” ko‘krak nishoni. Berlin shahriga qilingan xujum chog‘ida o‘zini ko‘rsatganligi uchun SSSR Oliy Kengash Prezidiumning 1945 yil 31 may sanasidagi farmoyishi bilan  gvardiya mayori Semikov Aleksandr Ivanovich “Sovet Ittifoqi Qahramoni” unvoni berilgan.

1906 yilda belgorod viloyati, Stanovoye qishlog‘ida tug‘ilgan. Toshkentda yashagan va ishlagan. 1942 yilda Ordjonikidzevsk (Xozirda Toshkent viloyati Qibray tumani) tuman  mudofaa ishlari bo‘limi tomonidan Sovet armiyasi safiga chaqirilgan. 69-o‘qchi diviziyasining, 99-o‘qchi bataloni yefreytori bo‘lib hizmat qilgan. “Jasorat uchun” ko‘krak nishoni bilan mukofotlangan. Dnepr daryosinin kechib o‘tish vaqtidagi janglarda ko‘rsatgan jasorati va qaxramonligi uchun SSSR Oliy Kengash Prezidiumning farmoyishi bilan  yefreytor Serdyukov Iosif Ilich “Sovet Ittifoqi Qahramoni” unvoni bilan taqdirlangan. Urushdan so‘ng Serdyukov Iosif Ilich  Toshkentga qaytib kelib yashashn.

1911 yilda Odessada tug‘ilgan.Urushgacha Toshkentda yashagan va ishlagan. Kaitan, 12- xujum muxandislar brigadasining, 60- sapyor bataloni qo‘mondoni vazifasida xizmat qilgan.  Melitopol shahrini ishg‘ol qilish uchun kechgan janglardagi qaxramonligi va fidoiyligi uchun SSSR Oliy Kengash Prezidiumning farmoyishi bilan  kapitanu Serper Iosif Lazarevich “Sovet Ittifoqi Qahramoni” unvoni bilan taqdirlangan.

Jasorat haqida yozish

Siz xotira.uz portalida yaqinlaringiz urushda ko‘rsatgan jasorati haqida so‘zlab berish imkoniga egasiz. Biz birgalikda Ikkinchi jahon urushida vatandoshlarimiz ko‘rsatgan jasorati haqidagi xotirani saqlab qolamiz va kelajak avlodga yetkazamiz.