Rang sxemasi

Xotira kitobi


1906 yili Qozog‘istonning Sayram tumanidagi Qorabuloq qishlog‘ida tug‘ilgan. Urushgacha bo‘lgan davrda “Inqilob” kolxozida brigadir lavozimida ishlagan. 1941 yil Sovet armiyasi safiga chaqirilgan. 312- o‘qchi diviziyasi, 1083-o‘qchi polki, 6-o‘qchi rotaning oddiy askari sifatida xizmat qilgan. Smolensk shahrini ozod qilish uchun kechgan janglardagi ko‘rsatgan jasorati va mardligi uchun Oliy Kengash Prezidiumning 1944 yil 3 iyun  sanasidagi  farmoyishi bilan oddiy askar Rustamov Toshtemir “Sovet Ittifoqi Qahramoni” unvoni bilan taqdirlangan.

1921 yil Cherkassk viloyati, Dibrovka qishlog‘ida tug‘ilgan. Toshkent pedagogika institutida taxsil olgan. Sovet armiyasiga 1943 yilda ketgan. Serjant, 294- o‘qchi diviziyasi, 861- o‘qchi polkining minomyot tarkibiy qismining qo‘mondoni bo‘lgan. Ulug‘ Vatan urushi davrida ko‘rsatgan jasorati va fidoiyligi uchun Oliy Kengash Prezidiumning 1944 yil  13 sentyabr   sanasidagi  farmoyishi bilan serjant  Ribalko Vasiliy Ivanovich “Sovet Ittifoqi Qahramoni” unvoni berilgan.Urushdan so‘ng Ribalko O‘zbekistonga qaytib kelib, shu yerda ishlab yashagan.

1914 yilda Orlovskaya viloyatining Chernikova qishlog‘ida tavallud topgan. 1939 yil Orlovskaya viloyatining Koplyansk tumani mudofaa ishlari bo‘limi tomonidan armiya safiga chaqirilgan. Katta serjant, 830- o‘qchi diviziyasi, 238- o‘qchi polkining piyoda razvedka vzvodining qo‘mondon yordamchisi vazifasida xizmat qilgan. “Qizil bayroq” ordeni va “II darajali Ulug‘ Vatan urushi” ordenlari bilan mukofotlangan. Mogileyevani ishg‘ol qilish vaqtidagi janglarda ko‘rsatgan mardligi va qaxramonligi uchun SSSR Oliy Kengash Prezidiumning 1945 yil  24 mart  sanasidagi  farmoyishi bilan katta serjant Rijov Ivan Tixonovich “Sovet Ittifoqi Qahramoni” unvoni bilan taqdirlangan. Urushdan so‘ng I.T. Rijov  zahiraga o‘tkazilgan va Jizzax viloyatiga ko‘chib kelgan. 

1901 yilda Donetsk viloyatining pilipchatino qishlog‘ida tug‘ilgan. 1942 yilda Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on  tumani mudofaa ishlari bo‘limi tomonidan Sovet armiyasi safiga chaqirilgan. Katta leytenant, 69 Sevs o‘qchi diviziyasi, 120-o‘qchi polkining batalonida partiya tashkilotchisi sifatida faoliyat yuritgan. “Jasorat uchun” ko‘krak nishoni bilan mukofotlangan. Dnepr daryosinin kechib o‘tish vaqtidagi janglarda ko‘rsatgan jasorati, fidoiyligi va qaxramonligi uchun SSSR Oliy Kengash Prezidiumning   farmoyishi bilan Katta leytenant Rindin Pavel Antonovich “Sovet Ittifoqi Qahramoni” unvoni bilan taqdirlangan.

1912 yilda tug‘ilgan. 1934 yilda Sovet armiyasi safiga chaqirilgunga qadar Toshkentda istiqomat qilib, mehnat faoliyatini olib borgan. Harbiy havo kuchlarida Katta leytenant, 36-bombardimonchi aviapolki, 1-aviaeskadrilya qism qo‘mondoni vazifasida xizmat qilgan. “Qizil bayroq” ordeni bilan mukofotlangan. Nemets bosqinchilariga qarshi kechgan janglarda jangovor topshiriqlarni namunali bajarib, janglarda ko‘rsatgan jasorati va qaxramonligi uchun SSSR Oliy Kengash Prezidiumning 1944 yil  16 may sanasidagi  farmoyishi bilan katta leytenant Rixlov Aleksandr Dmitriyevich “Sovet Ittifoqi Qahramoni” unvoni bilan taqdirlangan.

Mening Bobom Rahimov Qayumjon II Jahon urushi qatnashchisi. U 1917 yil 9 sentyabrda Andijon viloyatining Izboskan tumanida tavallud topgan. Ular shifokor bulganlar. II Jahon urushida ishtirok etgan xarbiy shifokor bo‘lgan, o‘ng qo‘lining ko‘rsatkich barmog‘idan va chap oyog‘idan yaralangan. 1998 yilning 9 avgustida vafot etgan. 2017 yil hayot bo‘lganlarida 100 yoshni qarshi olardilar. Rahimov Qayumjonning nabirasi Rahimov Doniyor yozdi.

Rabbimov Shodmon Rabbimovich 1922 yil Samarqand viloyatining Jomyuoy qishlog‘ida tavallud topgan. 1942-1943 yillar Smolenskda kechgan janglarda ishtirok etgan. Urushda og‘ir jarohat olib gospitalda 3 oy davolangan va yana jang maydoniga qaytgan. 1943 yil oxirida O‘zbektstonga kaytgan. Urushdan so‘ng Jomboy paxta zavodida mehnat qilgan va turmush qurib 10 farzandni otasi bo‘lgan. Rabbimov Shodmon Rabbimovich 1982 yilning 31 martida olamdan ko‘z yumgan. Rabbimov Shodmon Rabbimovichning nabirasi Jahongir yozdi.

1925yilda Toshkent viloyatida tavallud topgan. Sovet Armiyasiga Toshkent viloyat harbiy komissiyasi tomonidan chaqirilgan. II darajali Vatan urushi ordeni va III darajali Shuhrat ordenlari bilan taqdirlangan.

1913 yilda Xorazm viloyatida tavallud topgan. Sovet Armiyasiga Xorazm viloyati harbiy komissiyasi tomonidan chaqirilgan. II darajali Vatan urushi ordeni bilan taqdirlangan.

Рудаков Григорий Михайлович. Инвалид ВОВ, награжденный за подвиги орденами Красной звезды и Александра Невского. Родившийся и проживший всю жизнь в Узбекистане

Meni bobom Rasul Rustamov 1918 yilda tug‘ilganlar. 1939 yil tibbiyot texnikumini bitirganlaridan so‘ng, armiyaga chaqirilganlar. 1939 yil oktyabrda 1940 yil dekabrigacha 920-o‘qchi dviziyada xizmat qilganlar. 1940 yil dekabridan 1942 yil fevralgacha 35-alohida aviatsiya korpusieskadirilyasida 5-klass piloti bo‘lganlar. 1942 yilda 5-gvardiya Novorossiysk tank brigadasida saninstruktor bo‘lib xizmatni boshlaganlar. Tankchilar brigadasi jang olib borayotgan Shimoliy Osetiya hududida bobom yaradorlarga birinchi yordam ko‘rsatib, ularni front ortiga jo‘natganlar. Bobom yaradorlarni hayotini saqlab qolish uchun, fashist tankini granata bilan portlatganlar. Ujgorod ostonalarida ular tank mexanik-haydovchisi o‘rnini egallaganlar. Mukachevo  va Ujgorod uchun bo‘lgan janglarda ko‘rsatgan jasoratlari uchun ular“I darajali Ulug‘ Vatan urushi” ordeni bilan mukofotlanganlar. 1947 yil yanvarda demoblizatsiya qilinganlar. Ularni jangovor yo‘llari haqida ko‘krak nishonlari orqali ham bilib olish mumkin: “5-Gvardiya tank brigadasi faxriysi”, “Germaniya ustidan g‘alaba qozonganligi uchun” medali, “Ulug‘ Vatan Urushidagi mehnatlari uchun”, “Jasorati uchun”, “Praga ozodligi uchun” kabi medallari bilan hamda “I, Iidarajali Shuhrat  ordenlar bilan mukofotlangan. Bu mukofotlar bobomning jang yo‘llarini gapirib berayotgandek go‘yo. 1960 yildan to umrlarining oxirigacha bobom Toshkent traktor zavodida kadrlar bo‘limi direktori o‘rinbosari lavozimida ishladilar. Ko‘p yillik va fidokorona mehnatlari uchun “Mehnat faxriysi” medali va ko‘pgina faxriy yorliqlar bilan taqdirlanganlar. O‘sha davrda shahrimizda bobomni bilmagan kishini o‘zi bo‘lmagan bo‘lsa kerak. Do‘stlari va yaqinlari xotirasida ular aqlli, mehribon, hech kimdan yordamlarini ayamaydigan inson bo‘lib qolganlar. Baxtga qarshi men bobomni ko‘rgan emasaman, lekin ular haqida buvimlardan, dadamlardan va boshqalardan juda ko‘p yaxshiliklarini eshitganman.   Buvimlarnikiga mehmonga kelganimizda, biz ko‘pincha ular bilan biz bobomlarni urush davridagi rasmlarini, mukofotlarini ko‘ramiz. Men bobom bilan faxrlanaman va ularga boshim ustidagi osmoninng tinchligi uchun tashakkurlar aytaman.  

Jasorat haqida yozish

Siz xotira.uz portalida yaqinlaringiz urushda ko‘rsatgan jasorati haqida so‘zlab berish imkoniga egasiz. Biz birgalikda Ikkinchi jahon urushida vatandoshlarimiz ko‘rsatgan jasorati haqidagi xotirani saqlab qolamiz va kelajak avlodga yetkazamiz.