Rang sxemasi

Xotira kitobi


1924 yilda Buxoro viloyatining Xazarma qishlog‘ida tug‘ilgan. 1942 yilda Buxoro viloyati Sverdlov tumani (xozirda Jondor tumani) mudofaa ishlari bo‘limi tomonidan Sovet armiyasi safiga chaqirilgan. 21-o‘qchi diviziyaning, 818- o‘qchi polkining 3-o‘qchi rotasida pulemyotchi, oddiy askar sifatida xizmat qilgan. Ulug‘ Vatan urushi davrida ko‘rsatgan jasorati va mardligi  uchun SSSR Oliy Kengash Prezidiumning 1944 yil  13 oktyabr sanasidagi  farmoyishi bilan katta oddiy askar Radjabov Narzi “Sovet Ittifoqi Qahramoni” unvoni bilan taqdirlangan. 24 sentyabrda jasur jangchi Moldaviya hududida halok bo‘ldi.

1920 yilda Namangan viloyatida tug‘ilgan. 1940 yil Namangan mudofaa ishlari bo‘limi tomonida Sovet armiyasi safiga chaqirilgan. Kichik serjanti Raximov A. 1144-o‘qchi polkida qurolni nishonga yo‘naltiruvchi vazifasida xizmat qilgan. Qizil bayroq ordeni bilan taqdirlangan. Dnepr daryosinin kechib o‘tish vaqtidagi janglarda ko‘rsatgan jasorati va mardligi uchun Oliy Kengash Prezidiumning 1944 yil 10 yanvar sanasidagi  farmoyishi bilan kichik serjant Raximov Abdusattor “Sovet Ittifoqi Qahramoni” unvoni bilan taqdirlangan.

1925 yil 27 fevralda Buxoro viloyatida tug‘ilgan 1943 yil Buxoro viloyati  mudofaa ishlari bo‘limi tomonida Sovet armiyasi safiga chaqirilgan. Gvardiya serjanti, 77-gvardiya motoo‘qchi diviziyasining 221-motoo‘qchi polkining 4-o‘qchi rotasida qo‘mondon yordamchisi vazifasida xizmat qilgan. III darajali Shon shuxrat unvoni bilan taqdirlangan. Janglarda Vatan himoyasi uchun ko‘rsatgan shaxsiy jasorati va mardligi  uchun SSSR Oliy Kengash Prezidiumning 1945 yil  27 fevral sanasidagi  farmoyishi bilan gvardiya serjanti Raximov Azim “Sovet Ittifoqi Qahramoni” unvoni bilan taqdirlangan.

1902 yil 25 yanvar sanasida Toshkent shahrida dunyoga kelgan. Komsomol yo‘llanmasi asosida 1922 yilda Sovet armiyasi safiga kirgan. Sovet ittifoqida Baku birlashgan harbiy maktabini hamda 1943 yil K.E.Voroshilov nomidagi Sovet ittifoqi qurolli kuchlari bosh shtabining harbiy akademiyasini tamomlagan. General mayor gvardiya o‘qchi diviyazi qo‘mondoni. To‘rt marotaba Qizil bayroq ordenlari bilan va bir marotaba II darajali Suvorov ordendi bilan taqdirlangan. Jangovor topshiriqlarni namunali bajarib, janglarda ko‘rsatgan jasorati va qaxramonligi uchun SSSR Oliy Kengash Prezidiumning 1965 yil  6 may sanasidagi  farmoyishi bilan General mayor Raximov Sobir Umarovichga vafotidan so‘ng “Sovet Ittifoqi Qahramoni” unvoni bilan taqdirlangan.

1917 yil Ulyanovskda tug‘ilgan. 1938 yil Kuybishev tumani (xozirda Toshkent shahri Mirzo Ulug‘bek tumani)  mudofaa ishlari bo‘limi tomonidan Sovet armiyasi safiga chaqirilgan. Toshkent harbiy piyoda qo‘shinlari bilim yurtini tamomlagan. Gvardiya mayori 77- o‘qchi diviziyaning  218-o‘qchi polkining o‘qchi batalon qo‘mondoni. Uch marotaba Qizil bayroq ordenlari bilan, I va II darajali Suvorov nomli ordelari bilan hamda Aleksandr Nevskiy va Qizil Yulduz ko‘krak nishonlari bilan taqdirlangan. Janglarda Vatan himoyasi uchun ko‘rsatgan shaxsiy jasorati va mardligi  uchun SSSR Oliy Kengash Prezidiumning 1945 yil  27 fevral sanasidagi  farmoyishi bilan gvardiya mayori Remizov Vasiliy Grigorevich “Sovet Ittifoqi Qahramoni” unvoni bilan taqdirlangan.

1912 yil Qrimda tug‘ilgan. Toshkent shahrida ishlab yashagan. 1933 yildan buyon Sovet armiyasi safida hizmat qilgan. Gvardiya mayori, Harbiy havo kuchlarining 8-aviadiviziyasining 162-aviapolkida qo‘mondon o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan. Quyidagi ordenlari bilan mukofotlangan: Lenin ordeni, Qizil bayroq ordeni va Aleksandr Nevskiy ordeni. Jangovor topshiriqlarni namunali bajarib, janglarda ko‘rsatgan jasorati va qaxramonligi uchun SSSR Oliy Kengash Prezidiumning 1945 yil  26 iyun sanasidagi  farmoyishi bilan mayor Reshidov Abdraim Izmailovich “Sovet Ittifoqi Qahramoni” unvoni berilgan.

1908 yilda Tsalingrad viloyatining Sloboda-Rudnya qishlog‘ida tug‘ilgan. 1943 yildan buyon Sovet armiyasi safida xizmat qilib kelgan. V.I. Lenin nomidagi Toshkent harbiy piyoda qo‘shinlari bilim yurtining tarbiyalanuvchisi. Gvardiya oddiy askari, 72-gvardiya o‘qchi diviziyasining alohida  75- razvedrotasining razvedkachisi sifatida hizmat qilgan. Janglarda Vatan himoyasi uchun ko‘rsatgan shaxsiy jasorati va mardligi  uchun SSSR Oliy Kengash Prezidiumning 1943 yil  26 oktyabr sanasidagi  farmoyishi bilan gvardiya oddiy askari Rjevskiy Pavel Maksimovich “Sovet Ittifoqi Qahramoni” unvoni bilan taqdirlangan. Urush tugagach P.M. Rjevskiy zahiraga chiqarilgan va u Toshkentga qaytib kelgan.

1910 yil Tombovskoy viloyatining Korostelova qishlog‘ida tug‘ilgan. 1942 yildan boshlab Sovet armiyasida xizmat qilgan,  Kuybishev tumani (xozirda Toshkent shahri Mirzo Ulug‘bek tumani)  mudofaa ishlari bo‘limi tomonidan armiya safiga chaqirilgan. Gvardiya kichik serjanti, 35-minamyot polkini, 245-minomyot diviziyonining jangovor mashina haydovchisi bo‘lgan. Jangovor topshiriqlarni bajarish vaqtida ko‘rsatgan jasorati va mardligi uchun SSSR Oliy Kengash Prezidiumning 1944 yil 22 fevral sanasidagi farmoyishi bilan kichik serjant Rzyanin Denis Filippovich “Sovet Ittifoqi Qahramoni” unvoni bilan taqdirlangan. Urushdan so‘ng D.F. Rzyanin Toshkentga qaytib kelgan.

1923 yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan. Komsomol yo‘llanmasi bilan Solikamsk qog‘oz kombinati qurilishida qatnashgan. 1944 yil Komishlovsk harbiy artileriya bilim yurtini tamomlagan. Serjant, 43-armiyasi, 70-o‘qchi diviziyasi, 227- artileriya polkining qurol-yaroq qo‘mondoni vazifasida xizmat qilgan. Jasorat uchun ko‘krak nishoni bilan mukofotlangan.  Nemets bosqinchilariga qarshi kechgan janglardagi ko‘rsatgan shaxsiy jasorati va mardligi  uchun SSSR Oliy Kengash Prezidiumning 1945 yil 19 aprel sanasidagi farmoyishi bilan serjant Rodenko Konstantin Gerasimovich “Sovet Ittifoqi Qahramoni” unvoni bilan taqdirlangan. Urushdan so‘ng K.G. Rodenko Toshkentga qaytib kelgan.

1923 yil Kurs viloyatining Terbunsk tumanida tug‘ilgan. Andijon viloyatida yashab, o‘qigan. 1940 yildan Sovet armiyasi safida xizmat qilgan. Quyidagi mukofotlar bilan taqdirlangan: Ikki marotaba “Qizil bayroq” ordeni, “Aleksandr Nevskiy” ordeni, “I darajali Ulug‘ Vatan urushi” ordeni. Harbiy havo kuchlarida Katta leytenant, 525- xujumkor aviapolkining eskadrilya qo‘mondoni o‘rinbosari vazifasida xizmat qilgan. Ulug‘ Vatan urushi davrida ko‘rsatgan jasorati va qaxramonligi uchun Oliy Kengash Prezidiumning 1945 yil  29 iyun sanasidagi  farmoyishi bilan katta leytenant Rodin Nikolay Ivanovich “Sovet Ittifoqi Qahramoni” unvoni berilgan

1918 yil Penzenskoy viloyati, Nechayevskiy tumani, Yelezavetino qishlog‘ida tug‘ilgan. 1937 yilda Sovet armiyasi safiga kirgan. Toshkent shahar Lenin tumani (xozirda Toshkent shahri Mirobod tumani)  mudofaa ishlari bo‘limi tomonidan armiya safiga chaqirilgan. Gvardiya leytenanti, 59-o‘qchi diviziyaning, 176- o‘qchi polki o‘qchi rota qo‘mondoni vazifasida xizmat qilgan. Dunay daryosinin kechib o‘tish vaqtidagi janglarda ko‘rsatgan jasorati va mardligi uchun Oliy Kengash Prezidiumning 1945 yil 23 mart sanasidagi  farmoyishi bilan “Sovet Ittifoqi Qahramoni” unvoni bilan taqdirlangan.

1906 yilda Qo‘qon shahrida tug‘ililgan. 1941 yil Moskva shahar  mudofaa ishlari bo‘limi tomonidan armiya safiga chaqirilgan. Gvardiya mayori, 58- gvardiya o‘qchi diviziyasi, 202- gvardiya o‘qchi polki qo‘mondoni sifatida hizmat qilgan. “Qizil bayroq “ ordeni bilan mukofotlangan. Dnepr daryosinin kechib o‘tish vaqtidagi janglarda ko‘rsatgan jasorati va mahorati uchun Oliy Kengash Prezidiumning 1943 yil 23 oktyabr  sanasidagi  farmoyishi bilan “Sovet Ittifoqi Qahramoni” unvoni bilan taqdirlangan.

Jasorat haqida yozish

Siz xotira.uz portalida yaqinlaringiz urushda ko‘rsatgan jasorati haqida so‘zlab berish imkoniga egasiz. Biz birgalikda Ikkinchi jahon urushida vatandoshlarimiz ko‘rsatgan jasorati haqidagi xotirani saqlab qolamiz va kelajak avlodga yetkazamiz.