Rang sxemasi

Xotira kitobi


1910 yilda Samarqand viloyati Metan tumani “Ittifoq” jamoa xo‘jaligi qishlog‘ida tavallud topgan. 1941 yilda Sovet Armiyasiga chaqirilgan. Oddiy askar, 399-o‘qchi diviziyasining 1348-bo‘lim pulemetchigi. SSSR Oliy Soveti Prezidiumining 1945 yil 24 mart qarori bilan Polsha hududidagi janglarida  ko‘rsatgan jasorati uchun katta oddiy askar Qodirov Ochil  Sovet Ittifoqi Qahramoni unvoni bilan taqdirlangan.

1923 yilda tavallud topgan. Millati o‘zbek. 1942 yilda Buxoro viloyati Lenin nomidagi xarbiy kommissriati tomonidan Sovet armiyasiga chaqirilgan. Katta serjant, 78-o‘qchi diviziya 407-tanklarni-qiruvchi artilleriya polkining qurol qo‘mondoni. I-darajali Vatan urushi ordeni,Qizil bayroq ordeni va “Jasorat uchun” medali bilan taqdirlangan. SSSR Oliy Soveti Prezidiumining 1945 yil 29 iyundagi qarori bilan Budapesht janglarda ko‘rsatgan jasorati uchun katta serjant Karshiyev Kuchkar o‘limidan keyin  Sovet Ittifoqi Qahramoni unvoni bilan taqdirlandi.

1915 yilda Toshkent viloyati Yuqori Chirchiq tumani Qavardan qishlog‘ida tug‘ilgan. 1938 yilda Sovet armiyasiga chaqirtirilgan. Serjant, 8-o‘qchi diviziyasi 229-o‘qchi polki vzvod qo‘mondoni yordamchisi. SSSR Oliy Soveti Prezidiumining 1943 yil 16 oktyabrdagi qarori bilan Desna daryosi bo‘yidagi janglarda ko‘rsatgan jasorati uchun serjant Kasimxodjayev Saidusman Sovet Ittifoqi Qahramoni unvoni bilan taqdirlandi. 

1925 yilda Toshkent viloyatining Niyozbosh qishlog‘ida tavallud topgan. 1943 yilda Sovet Armiyasiga Yangiyo‘l tuman harbiy komissiyasi tomonidan chaqirilgan. Gvardiya safdori, 92-o‘qchi diviziyaning 282-o‘qchi bataloni 2-o‘qchi rotasining snayperi. Dneprda kechgan janglarda ko‘rsatgan jasorati va qahramonliklari uchun Sovet Ittifoqining Yuqori Prezidiumining 1944 yilning 22 fevralidagi farmoni bilan bilan gvardiya safdori Kurbanov Aleksey (Abdulla) Abduraxmanovichga Sovet Ittifoqining Qahramoni unvoni berilgan.

1921 yilda Samarqand viloyatining Jomboy tumanida tavallud topgan. Urushga 1942 yilda Yaroslav shahri harbiy komissiyasi tomonidan chaqirilgan. Gvardiya mayori, 44-1-o‘qchi diviziyasining 128-gvardiya o‘qchi polkini 1-o‘qchi bataloni qo‘mondoni. Qizil Bayroq va Qizil Yulduz ordenlari bilan taqdirlangan. O‘rush vaqtida ko‘rsatgan jasorati va qahramonliklari uchun Sovet Ittifoqining Yuqori Prezidiumining 1945 yilning 24 martidagi farmoni bilan mayor Qurbonov Ahmadjon vafotidan so‘ng Sovet Ittifoqi Qahramoni unvoni berilgan.

Surxondaryo viloyatining Sariosiyo tumani Xufar qishlog‘ida 1924 yil tavallud topgan. 1941 yil Ikkinchi Jahon urushiga safarbar etilib, urush davomida  ikki marta qattiq tan jaroxat olgan. Shunday bo‘lishiga qaramasdan yuksak iroda va metindek bardoshi tufayli Ona yurti O‘zbekistonga 1945 yil g‘alaba bilan qaytdi. 1994 yil Haj safarida bo‘lib Kabatullohni ziyorat qilib Hojibobo bo‘lib qaytgan. 2001 yil Hoji Boborajab olamdan ko‘z yumdi.

Jasorat haqida yozish

Siz xotira.uz portalida yaqinlaringiz urushda ko‘rsatgan jasorati haqida so‘zlab berish imkoniga egasiz. Biz birgalikda Ikkinchi jahon urushida vatandoshlarimiz ko‘rsatgan jasorati haqidagi xotirani saqlab qolamiz va kelajak avlodga yetkazamiz.