Rang sxemasi

Xotira kitobi


1920 yilda tug‘ilgan.Sovet Armiyasiga 1942 yil Qo‘qon harbiy bo‘limi tomonidan chaqirilgan. Gvardiya katta serjanti, 95-gvardiya o‘qchi diviziyasi 233-gvaridya artileriya polki komandiri. I- darajali Vatan urushi va Qizil yulduz ordeni bilan taqdirlangan. Polsha hududida bo‘lib o‘tgan jangda jasorat va mardlik ko‘rsatgani uchun Sovet Ittifoqi Oliy Sovet Prezidiumining 1944 yil 23 sentabrdagi farmoniga ko‘ra katta serjant Pavlov Konstantin Matveyevichga Sovet Ittifoqi Qahramoni unvoni berilgan.

1900 yil Samarqand shahrida tug‘ilgan. Sovet Armiyasiga 1918 yil chaqirilgan. Gvardiya polkovnigi. 66-gvardiya tank brigadasi komandiri. I- darajali Vatan urushi va Qizil yulduz ordeni bilan taqdirlangan. Berlin jangida ko‘rsatgan qahramonligi uchun Sovet Ittifoqi Oliy Sovet Prezidiumining 1945 yil 6 apreldagi farmoniga ko‘ra Pavlushko Arkadiy Timofeyevichga Sovet Ittifoqi Qahramoni unvoni berilgan.

1915 yil Kuybeshev viloyati Kinel tumani Grachevka qishlog‘ida tug‘ilgan. Sovet Armiyasiga 1941 yil Samarqand harbiy bo‘limi tomonidan chaqirilgan. Serjant, 1669-qiruv-tankga qarshi artileriya polki komandiri. Ulug‘ vatan urushi janglarida ko‘rsatgan jasorat va mardligi uchun Sovet Ittifoqi Oliy Sovet Prezidiumining 1943 yil 26 oktabrdagi farmoniga ko‘ra Panfilov Mixail Mixailovichga Sovet Ittifoqi Qahramoni unvoni berilgan. Urushdan so‘ng Panfilov M.M. Samarqandda yashab ishlagan.

1914 yilda tug‘ilgan. Sovet Armiyasiga Stalin (Toshkent) harbiy bo‘limi tomonidan chaqirilgan. Leytenant, 8-gvardiya o‘qchi diviziyasi 229-o‘qchi polk 7-o‘qchi rotasining komandiri.I- darajali vatan urushi odeni bilan taqdirlangan. Janglarda jasorat va mardlik ko‘rsatgani uchun Sovet Ittifoqi Oliy Sovet Prezidiumining 1945 yil 24 martdagi farmoniga ko‘ra leytenant Pasov Nikolay Trofimovichga Sovet Ittifoqi Qahramoni unvoni berilgan.

1924  yil Rostov viloyati Millerov shahrida tug‘ilgan. Sovet Armiyasiga 1942 yil Samarqand harbiy bo‘limi tomonidan chaqirilgan.  Kichik serjant, 69-o‘qchi diviziyasi 20-razvedka rotasining komandiri yordamchisi. Jasorat uchun medali bilan taqdirlangan. Dnepr kechuvida ko‘rsatgan jasorati uchun Sovet Ittifoqi Oliy Sovet Prezidiumining 1943 yil 30 oktabrdagi farmoniga ko‘ra kichik serjant Paxomov Petr Mixaylovichga Sovet Ittifoqi Qahramoni unvoni berilgan. Urushdan so‘ng Petr Mixaylovich Rostov viloyatida qoldi.

1896 yil Bryan viloyati Trubchevsk shahrida tug‘ilgan. General polkovnik, 4-Ukraina fronti komandiri. Ulug‘ vatan urushida ko‘rsatgan qahramonligi va mardligi uchun uchun Sovet Ittifoqi Oliy Sovet Prezidiumining 1945 yil 29 maydagi farmoniga ko‘ra Petrov Ivan Yefimovichga Sovet Ittifoqi Qahramoni unvoni berilgan.

1910 yil Armavire shahrida tug‘ilgan. Sovet Armiyasiga 1927 yil Armavir harbiy bo‘limi  tomonidan chaqirilgan. Gvardiya polkovnigi, 66-zenit-artileriya polki komandiri. Qizil bayroq, I- darajali vatan urushi va Qizil Yulduz ordenlarini bilan taqdirlangan. Sovet Ittifoqi Oliy Sovet Prezidiumining 1945 yil 31 maydagi farmoniga ko‘ra gvardiya polkovnikiga Sovet Ittifoqi Qahramoni unvoni berilgan. Urushdan so‘ng A.S.Peshakov O‘zbekistonda yashab ishlagan.

1911 yilda tug‘ilgan. Sovet Armiyasiga Buxoro viloyati Kogon harbiy bo‘limi tomonidan chaqirilgan.  Gvardiya kichik serjanti, 272-gvardiya minomet polki komandiri. Dnepr kechuvida ko‘rsatgan qahramonlik va mardligi uchun Sovet Ittifoqi Oliy Sovet Prezidiumining 1944 yil 10 yanvardagi farmoniga ko‘ra gvardiya kichik serjanti Pemenov Vasiliy Markelovichga Sovet Ittifoqi Qahramoni unvoni berilgan.

1919 yilda tug‘ilgan. Urushgacha Toshkent shahrida istiqomat qilgan. Sovet armiyasiga Chernigovsk viloyatining, Kolezetsk tuman mudofaa bo‘limi orkali chaqirilgan. Gvardiya podpolkovnigi, 4-mexanizatsiyalashgan tankchi brigadasi, 23-takchi polkinida komandir o‘rinbosari vazifasida faoliyat yuritgan. Gvardiya podpolkovnigi Pinchuk Timofey Zinovevich vafotidan so‘ng Brno shahrini ishg‘ol qilish vaqtida ko‘rsatgan jasorati va qaxramonligi uchun CCCP Oliy Kengash Prezidiumning 15-maydagi  farmoyishi bilan “Sovet Ittifoqi Qahramoni” unvoni bilan taqdirlangan.

Novosibirsk viloyati, Ziryansk tumanining Semyonovka qishlog‘ida tavallud topgan. 1925 yildan boshlab Sovet armiyasida xizmat qilgan. Qoraqalpog‘iston SSAR, Taxtako‘pir tumani mudofaaa ishlari bo‘limi tomonidan Sovet armiyasiga chaqirilgan. Gvardiya katta leytenanti, 51- gvardiya tankchi brigadasining motoo‘qchi bataloni qo‘mondoni vazifasida faoliyat yuritgan. Pishulin Andrian Abramovich  vafotidan so‘ng Dnepr daryosinin kechib o‘tish vaqtidagi jangda ko‘rsatgan jasorati va qaxramonligi uchun Oliy Kengash Prezidiumning 1943 yil 17-noyabr sanasidagi  farmoyishi bilan “Sovet Ittifoqi Qahramoni” unvoni bilan taqdirlangan.

1922 yilda tavallud topgan. Urushgacha Toshkent shahrida istiqomat qilib taxsil olgan. Gvardiya leytinanti, 7-aviatsiya qo‘shinlari polkining katta uchuvchisi vazifasida xizmat qilgan. I va II darajali Ulug‘ Vatan urushi ordeni, “Qizil nishon” (Krasnoye znamya), Qizil yulduz ko‘krak nishonlari bilan taqdirlangan. Pleshakov Aleksandr Yakovlevich janglarda ko‘rsatgan jasorati va qaxramonligi uchun Oliy Kengash Prezidiumning 1945 yil 23 fevral  sanasidagi  farmoyishi bilan “Sovet Ittifoqi Qahramoni” unvoni bilan taqdirlangan.

1923 yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan.1941 yilda Orenburg uchuvchilar maktabini tugatgan.1- xavo armiyasining 227- harbiy havo qo‘shini diviziyasining (HHQ), 15- aviapolki  qo‘mondoni, gvardiya kapitani vazifasida xizmat qilgan. Ulug‘ Vatan urushi davrida ko‘rsatgan jasorati va qaxramonligi uchun Oliy Kengash Prezidiumning 1945 yil  19-aprel  sanasidagi  farmoyishi bilan gvardiya kapitani Polagushin Nikolay Ivanovich  “Sovet Ittifoqi Qahramoni” unvoni bilan taqdirlangan. Urush tugagach, Polagushin Nikolay Ivanovich zahiraga chiqarilgan. Zahiradagi kapitan hayotining keyingi davrida Toshkent  shahrida istiqomat qilib kelgan.

Jasorat haqida yozish

Siz xotira.uz portalida yaqinlaringiz urushda ko‘rsatgan jasorati haqida so‘zlab berish imkoniga egasiz. Biz birgalikda Ikkinchi jahon urushida vatandoshlarimiz ko‘rsatgan jasorati haqidagi xotirani saqlab qolamiz va kelajak avlodga yetkazamiz.