Rang sxemasi

Xotira kitobi


1914 yil Ukrainaning Kamenets-Podolsk  viloyatida tug‘ilgan. Sovet Armiyasiga 1933 yil Moskva harbiy bo‘limi tomonidan chaqirilgan. Gvardiya mayori, 321-gvardiya qiruv- tankga qarshi arteleriya polki komandiri. Dnepr jangida ko‘rsatgan qahramonligi uchun Sovet Ittifoqi Oliy Sovet Prezidiumining 1943 yil 24 dekabrdagi farmoniga ko‘ra Ortinskiy Nikolay Ignatiyevichga Sovet Ittifoqi Qahramoni unvoni berilgan. Urushdan so‘ng Nikolay Ignatevich Toshkentda yashab mehnat qilgan.

1910 yilda Qashqadaryo viloyati, Shahrisabz shahrining Ommog‘on qishlog‘ida tavallud topgan. Urush yillarida 1942-yilda urushga jalb qilinib Ukraina, Polsha hamda Moldaviyada kechgan janglarda askar bo‘lib xizmat qilgan. O‘z ona yurti, o‘z kindik qoni to‘kilgan vataniga 1947-yilda qaytib kelgan. Ostonov Suyarqul 2009-yilda vafot etgan. Bugungi kungacha Bobomning 4 ta farzand, 35 ta nevara hamda 100 dan ortiq chevarasi bor. Ostonov Suyarqul Ostonichning nabirasi Fazliddin yozdi.

1915 yil 9 mayda Karshi shahrida tavallud topgan. 1945 yil 9 may kuni g‘alabani Berlinda nishonlagan. Bundan tashqari, Moskvadagi Qizil maydonda 1945 yilda bo‘lib o‘tgan G‘alaba paradida ishtirok etgan. Bobom juda ko‘p medallar bilan taqdirlangan. Mustaqilligimiz yillari Jasorat medali bilan ham taqdirlangan. Obidov Kodir 2007 yilning 9 may kuni, 92 yoshida vafot etgan. Obidov Qodirning nabirasi Sanjarbek yozdi.

Rashid bobo 1918-yil 21-fevralda Oqdaryo tumani Katta sug’onchi qishlog’ida tug’ilganlar. Ayollari Rahmatova Rohat 1924-yil tug’ilganlar. Ularning 6ta farzandlari bor. 5 o’g’il va 1 qizlari bor. Hozirda Yodgorjon nevaralari va nevara kelinlari bilan turadilar. Ular 1941-yil 1-sentyabr kuni Kollenskiy oblast Belanovsida 2-jahon urushiga borganlar. Razvetchik bo’lganlar. 24ta fashistni ushlaganlar. Nemislardan bir nechtasini o’g’irlaganlar. Onalarini ko’rish uchun general Xushov komanduyushiy Jukovdan 45 kunga otpuska olganlar. Keyin yana urushga qaytib kelganlar. 1945-yil urush tugagach uylariga sog’ omon qaytganlar.

Jasorat haqida yozish

Siz xotira.uz portalida yaqinlaringiz urushda ko‘rsatgan jasorati haqida so‘zlab berish imkoniga egasiz. Biz birgalikda Ikkinchi jahon urushida vatandoshlarimiz ko‘rsatgan jasorati haqidagi xotirani saqlab qolamiz va kelajak avlodga yetkazamiz.