Rang sxemasi

Xotira kitobi


1916 yil Buxoro viloyati Gijduvon tumanining Nagzaqaron qishlog‘ida tug‘ilgan. Gvardiya starshinasi, 16-gvardiya kavaleriya diviziyasi 60-gvardiya polki 2-eskadron komandiri yordamchisi. II- darajali  Vatan urushi va Jasorati uchun ordeni bilan taqdirlangan. Dnepr kechuvida ko‘rsatgan qahramonligi va shijoati uchun Sovet Ittifoqi Oliy Sovet Prezidiumining 1944 yil 15 yanvardagi farmoniga ko‘ra gvardiya stashinasi Nabiyev Valiga Sovet Ittifoqi Qahramoni unvoni berilgan.

1906 yil Farg‘ona viloyati Kaptarxona qishlog‘ida tug‘ilgan. Sovet Armiyasiga 1943 yil Farg‘ona harbiy bo‘limi tomonidan chaqirilgan. Gvardiya oddiy askari. 6-gvardiya mexanizatsiyalashtirilgan korpusi 2-motoo‘qchi  bataloni o‘qchisi. Oder kechuvida jasorat va qahramonlik ko‘rsatgani uchun Sovet Ittifoqi Oliy Sovet Prezidiumining 1945 yil 10 apreldagi farmoniga ko‘ra Nazarov To‘ychiga Sovet Ittifoqi Qahramoni unvoni berilgan.

1918 yilda tug‘ilgan.Sovet Armiyasiga 1941 yil To‘rtko‘l harbiy bo‘limi tomonidan chaqirilgan.(Qoraqalpoq ASSR) Oddiy askar, 254-o‘qchi divisiyasi 933-o‘qchi polki pulemetchisi. Qizil bayroq ordeni bilan taqdirlangan.  Dnepr kechuvida ko‘rsatgan jasorat va qahramonligi uchun Sovet Ittifoqi Oliy Sovet Prezidiumining 1944 yil 22 fevraldagi farmoniga ko‘ra oddiy askar  Nauruzbayev Inoyatga (Imat) Sovet Ittifoqi Qahramoni unvoni berilgan.

1913 yil Akmolins tumanining Yefremovka qishlog‘ida tug‘ilgan. Sovet Armiyasiga Sirdaryo harbiy bo‘limi tomonidan chaqirilgan. Katta serjant, 214-o‘qchi diviziyasi 302-razvedka rotasi komandiri. Odera kechuvida jasorat va qahramonlik ko‘rsatgani uchun Sovet Ittifoqi Oliy Sovet Prezidiumining 1945 yil 10 apreldagi farmoniga ko‘ra Nijurin Fedor Trofimovichga vafotidan so‘ng Sovet Ittifoqi Qahramoni unvoni berilgan.

1916 yil Krasnoyarsk shahrida tug‘ilgan. O‘zbekistonda yashab ishlagan. Sovet Armiyasiga 1939 yil Toshkent harbiy bo‘limi tomonidan chaqirilgan. Katta leytenant, 227-shturm aviadiviziyasi 208-shturm aviapolkining komandir o‘rinbosari. Qizil bayroq va Aleksandr Nevskiy ordeni shuningdek, Qizil yulduz va Jasorat uchun medali bilan taqdirlangan. Don jangida ko‘rsatgan jasorat va qahramonlik uchun Sovet Ittifoqi Oliy Sovet Prezidiumining 1945 yil 29 iyundagi farmoniga ko‘ra Nikiforov Konstantin Stepanovichga Sovet Ittifoqi Qahramoni unvoni berilgan.

1921 yilda tug‘ilgan.  Gvardiya katta serjanti, 128-gvardiya artileriya polkining radiobo‘limi komandiri. Qizil yulduz ordeni va Jasorat uchun medali bilan taqdirlangan.Visla jangida ko‘rsatgan qahramonligi uchun Sovet Ittifoqi Oliy Sovet Prezidiumining 1944 yil 26 oktabrdagi farmoniga ko‘ra katta serjant Nikolay Yevgeniy Dmitriyevichga Sovet Ittifoqi Qahramoni unvoni berilgan.

1907 yil Kalin tumanining Naumovo qishlog‘ida tug‘ilgan. Sovet Armiyasiga 1930 yilda Semipalatin viloyati Belog‘och harbiy bo‘limi tomonidan chaqirilgan. Podpolkovnik, Cherkass 438-arteleriya polkining komandiri. Qizil bayroq, II-darajali Vatan urushi, Aleksandr Nevskiy va Qizil yulduz ordenlari bilan taqdirlangan. Ulug‘ vatan urushidan ko‘rsatgan  jasorati uchun Sovet Ittifoqi Oliy Sovet Prezidiumining 1945 yil 24 martdagi farmoniga ko‘ra podpolkovnik Novikov Vasiliy Korneyevichga Sovet Ittifoqi Qahramoni unvoni berilgan. Zahiraga chiqgach Toshkent shahriga qaytib kelgan.

1910 yil Quybishevsk viloyatida tug‘ilgan. Sovet Armiyasiga 1941 yil Qashqadaryo viloyati Shaxrisabz harbiy bo‘limi tomonidan chaqirilgan. Kichik serjant, 1669- qiruv -tankga qarshi artileriya polka komandiri.  Jasorat uchun medali bilan taqdirlangan. Dneprning g‘arbiy qirg‘oqlarida ko‘rsatgan jasorati va mardligi uchun Sovet Ittifoqi Oliy Sovet Prezidiumining 1943 yil 26 oktabrdagi farmoniga ko‘ra kichik serjant Nugayev Najib Nugmanovichga vafotidan so‘ng Sovet Ittifoqi Qahramoni unvoni berilgan.

1921 yil Payariq tumanining Oqqo‘rg‘on qishlog‘ida tug‘ilgan. Sovet Armiyasiga Samarqand viloyati Payariq harbiy bo‘limi tomonidan chaqirilgan. Gvardiya katta serjanti. 60-gvardiya o‘qchi diviziyasi 178-gvardiya o‘qchi polki komandiri. Dnepr kechuvida ko‘rsatgan jasorat va qahramonligi uchun Sovet Ittifoqi Oliy Sovet Prezidiumining 1944 yil 22 fevraldagi farmoniga ko‘ra gvardiya katta serjanti Nurmatov Pirimqulga Sovet Ittifoqi Qahramoni unvoni berilgan.

1924 yil Xivada tug‘ilgan. Sovet Armiyasiga Xorazm viloyati Xiva harbiy bo‘limi tomonidan chaqirilgan. Serjant, 13-gvardiya o‘qchi korpusi 51-sapyor  bataloni komandiri. II-va III darajali Shuxrat ordeni bilan va Jasorat uchun medali bilan taqdirlangan. Kenigsberg qo‘rg‘on shahriga hujum qilishda ko‘rsatgan jasorat va mahorati uchun  Sovet Ittifoqi Oliy Sovet Prezidiumining 1945 yil 19 apreldagi farmoniga ko‘ra gvardiya serjanti Nurmetov Satimga Sovet Ittifoqi Qahramoni unvoni berilgan.

1919 yilda tug‘ilgan. Sovet Armiyasiga 1940 yil Qoraqalpoq ASSR, Taxtako‘prik harbiy bo‘limi tomonidan chaqirilgan.Gvardiya katta leytenanti, 47-gavardiya bo‘limini razvedka aviapolkining uchuvchi-kuzatuvchisi. Ulug‘ vatan urushida ko‘rsatgan jasorat va qahramonligi uchun Sovet Ittifoqi Oliy Sovet Prezidiumining 1945 yil 18 avgustdagi farmoniga ko‘ra gvardiya katta leytenanti Nurpisov Plis Kolgeldiyevichga vafotidan so‘ng Sovet Ittifoqi Qahramoni unvoni berilgan.

1923 yil Qozog‘istonning Teren-Uzoq tumanida tug‘ilgan. Sovet Armiyasiga Toshkent viloyati O‘rta Chirchiq harbiy bo‘limi tomonidan chaqirilgan.  155-o‘qchi diviziyasi 436-o‘qchi polki oddiy askari. Stalingrad jangi va Dnepr kechuvida ko‘rsatgan qahramonligi uchun Sovet Ittifoqi Oliy Sovet Prezidiumining 1944 yil 10 yanvardagi farmoniga ko‘ra oddiy askar Nurseitov Jappasboyga  Sovet Ittifoqi Qahramoni unvoni berilgan.

Jasorat haqida yozish

Siz xotira.uz portalida yaqinlaringiz urushda ko‘rsatgan jasorati haqida so‘zlab berish imkoniga egasiz. Biz birgalikda Ikkinchi jahon urushida vatandoshlarimiz ko‘rsatgan jasorati haqidagi xotirani saqlab qolamiz va kelajak avlodga yetkazamiz.