Rang sxemasi

Xotira kitobi


1923 yilda Mogilevsk viloyatining Osipovichi shahrida tavallad topgan. Sovet Armiyasiga Toshkentning Stalin tuman harbiy komissiyasi tomonidan chaqirilgan. Leytenant, 152-zahira tank jamoasining 1-tank bataloni qo‘mondoni. 1944 yilning yozida Karelsk bo‘g‘ozida kechgan  janglarda o‘zininamunali ko‘rsatgani uchun Sovet Ittifoqining Yuqori Prezidiumining 1945 yilning 23 maridagi farmoni bilan leytenant Maystrenko Boris Aleksandrovichga Sovet Ittifoqi Qahramoni unvoni berilgan.

1922 yilda Smolensk viloyatida tavallud topgan. Sovet Armiyasiga 1941 yilda Yartsevsk tuman harbiy komissiyasi tomonidan chaqirilgan. Leytenant, 167-o‘qchi diviziyasi 520-o‘qchi polkining o‘qchi rotasi qo‘mondoni. Qizil Bayroq, I darajali Vatan urushi va Qizil Yulduz ordenlari bilan taqdirlangan. Kiyev uchun kechgan janglarda ko‘rsatgan jasorati uchun Sovet Ittifoqining Yuqori Prezidiumining 1944 yilning 10 yanvaridagi farmoni bilan Makarov Petr Fedorovichga Sovet Ittifoqi Qahramoni unvoni berilgan. Urush tugagach Petr Fedorovich zahiraga chiqarilgan va u Toshkentga joylashdi.

1913 yilda Donetsk viloyati Xartsizsk shahrida tavallud topgan. Sovet Armiyasiga Samarqand shahar harbiy komissiyasi tomonidan chaqirilgan. Katta leytenant, 88-qiruvchi aviapolkining eskadrasi qo‘mondoni. Qizil Bayroq ordeni bilan taqdirlangan. Rostov viloyatida kechgan jangda ko‘rsatgan jasorati uchun Sovet Ittifoqining Yuqori Prezidiumining 1942 yilning 23 noyabridagi farmoni bilan leytenant Maksimenko Vasiliy Ivanovichga Sovet Ittifoqi Qahramoni unvoni berilgan.

1917 yilda Toshkent shahrida tavallud topgan. Gvardiya kapitani, 76-o‘qchi dviziyasi, 234-gvardiya polkining 2-o‘qchi balaoni qo‘mondoni. Qizil Yulduz ordeni bilan taqdirlangan. Dneprni kesib o‘tishdagi janglarda ko‘rsatgan jasorati va mardligi uchun Sovet Ittifoqining Yuqori Prezidiumining 1944 yilning 15 yanvardagi farmoni bilan gvardiya qo‘mondoni Malyasov Viktor Aleksandrovichga Sovet Ittifoqi Qahramoni unvoni berilgan.

1917 yilda tavallud topgan. Sovet Armiyasiga Toshkentning Kuybishev tuman harbiy komissiyasi tomonidan chaqirilgan. Gvardiya mayori, 4-gvardiya qiruvchi havo hujumi aviodiviziyasining 64-gvardiya qiruvchi aviapolki havo hujumchisi. Ikkita Qizil Bayroq, III darajali Suvorov, Aleksandr Nevskiy va Qizil Yulduz ordenlari bilan taqdirlangan. Ulug‘ Vatan urushid ko‘rsatgan jasorvti va qahramonliklari uchun Sovet Ittifoqining Yuqori Prezidiumining 1944 yilning 26 oktyabridagi farmoni bilan gvardiya mayori Manoshin Konstantin Vasilevichga Sovet Ittifoqi Qahramoni unvoni berilgan.

1903 yilda tavallud topgan. Sovet Armiyasiga Toshkent viloyati Yuqori-Chirchiq tuman harbiy komissiyasi tomonidan chaqirilgan. Safdor, 280-o‘qchi diviziyasi 1031-saper polkining saperi. Dnepr daryosida kechgan janglarda ko‘rsatgan jasorati va qahramonliklari uchun 1943 yilning 17 oktyabrida safdor Morgulyan Lev Markovichga Sovet Ittifoqi Qahramoni unvoni berilgan.

1914 yilda tavallud topgan. Urushga qadar Angrenda yashab mehnat qilgan. Leytenant, batalon partiya tashkilotchisi. Dneprni kesib o‘tishdagi janglarda ko‘rsatgan jasorati va mardligi uchun Sovet Ittifoqining Yuqori Prezidiumining 1943 yilning 29 oktyabridagi farmoni bilan leytenant Marinin Nikolay Andreyevichga Sovet Ittifoqi Qahramoni unvoni berilgan.

1923 yilda Chernigovsk viloyatining Cherepanovsk tumanida tavallud topgan. Sovet Armiyasiga 1942 yil Farg‘ola viloyatining Quva tuman harbiy komissiyasi tomonidan chaqirilgan. Gvardiya serjanti, 263-o‘qchi gvardiya diviziyasining 997-uqchi gvardiya polkasi 1-pulemyot rotasining bo‘lim qo‘mondoni. Sevastopol uchun kechgan jangda ko‘rsatgan jasorati va jasurligi uchun Sovet Ittifoqining Yuqori Prezidiumining 1945 yilning 24 martidagi farmoni bilan Matveyev Fedor Ivanovichga Sovet Ittifoqi Qahramoni unvoni berilgan. Urushdan so‘ng Matveyev Fedor Ivanovich O‘zbekistonga qaytib keldi.

1940 yil 7 aprel sanasida Fin urushida qahramonlik ko‘rsatgani uchun Sovet Ittifoqi Oliy Sovet Prezidiumining 1940 yil 7 aprelidagi farmoniga ko‘ra  Matviyenko Nikolay Yefimovichga Sovet Ittifoqi Qahramoni unvoni berilgan. Iste’foga chiqqach Navoiy shahrida yashadi.

1915 yil Ishtihon tumanining Shilqim qishlog‘ida tug‘ilgan. Sovet Armiyasiga 1941 yil Ishtixon  harbiy bo‘limi tomonidan chaqirilgan. Gvardiya serjanti, 15 chi gvardiya kavaleriya diviziyasining 57 chi gvardiya kavaleriya polki og‘ir pulemet qismi komandiri. Polsha hududida janglarda ko‘rsatgan jasorati uchun 1945 yil 27 fevral sanasida Sovet Ittifoqi Oliy Sovet Prezidiumining 1945 yil 27 fevraldagi farmoniga ko‘ra gvardiya serjanti Maxmudov Jo‘raga Sovet Ittifoqi Qahramoni unvoni berilgan.

1925 yil Samarqand viloyati Siyob qishlog‘ida tug‘ilgan. Sovet Armiyasiga 1943 yil Siyob harbiy bo‘limi tomonidan chaqirilgan. Oddiy askar, 145-o‘qchi diviziyasining 1323-o‘qchi polki 1-bataloni o‘qchisi. Dneprni kechish davrida ko‘rsatgan jasorat va mardligi uchun Sovet Ittifoqi Oliy Sovet Prezidiumining  1944 yil 15 yanvardagi farmoniga ko‘ra Maxmudov Ravshanga Sovet Ittifoqi Qahramoni unvoni berilgan.

1920 yilda tug‘ilgan. Sovet Armiyasiga  1940 yil Qarshi harbiy bo‘limi tomonidan chaqirilgan. Gvardiyaning katta leytenanti. 8-bo‘limning Havo-desant qiruv-tankga qarshi diviziya komandiri.  II darajali Vatan urushi ordeni bilan taqdirlangan. Dneprning o‘ng qirg‘og‘ida ko‘rsatgan jasorat va mardligi uchun Sovet Ittifoqi Oliy Sovet Prezidiumining 1944 yil 17 maydagi farmoniga ko‘ra katta leytenant  Mats Grigoriy Zelmanovichga vafotidan so‘ng Sovet Ittifoqi Qahramoni unvoni berilgan. Baxtiga jangda  ofitser-artillerist omon qolgan.

Jasorat haqida yozish

Siz xotira.uz portalida yaqinlaringiz urushda ko‘rsatgan jasorati haqida so‘zlab berish imkoniga egasiz. Biz birgalikda Ikkinchi jahon urushida vatandoshlarimiz ko‘rsatgan jasorati haqidagi xotirani saqlab qolamiz va kelajak avlodga yetkazamiz.