Rang sxemasi

Xotira kitobi


1913 yilda tavallud topgan. 1936 yil Sovet Armiyasiga Samarqand shahar harbiy komissiyasi tomonidan chaqirilgan. Gvardiya qo‘mondoni, 21-tank jamoasining tank bataloni qo‘mondoni. Qizil Yulduz va II darajali Vatan urushi ordenlari bilan taqdirlangan. Janglarda ko‘rsatgan jasorati va qahramonliklari uchun Sovet Ittifoqining Yuqori Prezidiumining 1944 yilning 24 aprelidagi farmoni bilan Lagutin Vasiliy Nikolayevichga Sovet Ittifoqi Qahramoni unvoni berilgan. Urushdan so‘ng Lagutin Vasiliy Nikolayevichga Samarqand viloyatida yashadi.

1915 yilda Tatar ASSRning Cheremshan qishlog‘ida tavallud topgan. Sovet Armiyasiga Samarqand shahar harbiy komissiyasi tomonidan chaqirilgan. Katta serjant, 69-Sevs o‘qchi diviziyasining 237-o‘qchi polki artilleriya vzvodi qo‘mondoni. II darajali Vatan urushi ordeni bilan mukofotlangan. Gomelsk viloyatida kechgan janglarda ko‘rsatgan jasorati uchun Sovet Ittifoqining Yuqori Prezidiumining 1943 yilning 30 oktyabridagi farmoni bilan katta serjant Larionov Semen Arxipovichga Sovet Ittifoqi Qahramoni unvoni berilgan.

1902 yilda Krasnoyarsk o‘lkasida tavallud topgan. 1922 yildan 1932 yilga qadar Sovet Armiyasida xizmat qilgan. 1941 yilda Chirchiq shahar harbiy komissiyasi tomonidan takroran chaqirtirilgan. Gvardiya polkovniki, 37-gvardiya o‘qchi diviziyasining 109-gvardiya o‘qchi polkasining qo‘mondoni. Qizil Bayroq va Aleksandr Nevskiyning ordenlari bilan taqdirlangan. Polshaning Gdansk shahri uchun bo‘lgan jangda jasorati va qahramonligi uchun Sovet Ittifoqining Yuqori Prezidiumining 1945 yilning 29 iyunidagi farmoni bilan Levin Grigoriy Mixaylovichga Sovet Ittifoqi Qahramoni unvoni berilgan.

1923 yilda Tambov viloyatining Katta Krushanskoye qishlog‘ida tavallud topgan. Sovet Armiyasiga 1940 yilda Tambov shahar harbiy komissiyasi tomonidan chaqirilgan. Leytenant, 199-havo hujumi aviadiviziyasining 569-shturmli aviapolki uchuvchisi. Uchta Qizil Bayroq va I darajali Vatan urushi ordenlari bilan taqdirlangan. Ulug‘ Vatan urushida ko‘rsatgan jasorati va qahramonligi uchun Sovet Ittifoqining Yuqori Prezidiumining 1945 yilning 18 avgustdagi farmoni bilan letstenant Leonov Ivan Mixaylovichga Sovet Ittifoqi Qahramoni unvoni berilgan.

1912 yilda tavallud topgan. Sovet Armiyasiga 1941 yilda Samarqand shahar harbiy komissiyasi tomonidan chaqirilgan. Oddiy safdor askar, 83-o‘qchi diviziyasining 248-o‘qchi polki 1-o‘qchi rotasi qo‘l pulemyoti nishonchisi. Frish-Nerung tumanida kechgan urushlarda ko‘rsatgan jasorati va qahramonliklari uchun Sovet Ittifoqining Yuqori Prezidiumining 1945 yilning 29 iyundagi farmoni bilan gvardiya safdor askari Lipchanskiy Ivan Karpovichga Sovet Ittifoqi Qahramoni unvoni berilgan. Urushdan keyin Lipchanskiy Ivan Karpovich Samarqandning superfosfat zavodida ishladi.

1918 yilda Kostromsk viloyatining Novlensk qishlog‘ida tavallud topgan. Sovet armiyasiga Toshkent viloyatining Parkent tumani harbiy komissiyasi tomonidan chaqirilgan. Serjant. 69-Sevs o‘qchi diviziyasi 20-zahira razvetka rotasi bo‘limi qo‘mondoni. “Jasorat uchun” medali bilan taqdirlangan. Dneprni kechib o‘tish janglarida ko‘rsatgan jasorati va qahramonliklari uchun Sovet Ittifoqining Yuqori Prezidiumining 1943 yilning 30 oktyabridagi farmoni bilan Lobanov Ivan Mixaylovichga Sovet Ittifoqi Qahramoni unvoni berilgan.

1906 yilda Kiyev shahrida tavallud topgan. Sovet Armiyasiga 1924 yilda Namangan shahar harbiy komissiyasi tomonidan chaqirilgan. Gvardiya general-mayori, 72-gvardiya o‘qchi diviziyasi qo‘mondoni. Lenin, Qizil Bayroq, Suvorovning I darajali va II darajali ordenlari, ikkita Qizil Yulduz ordeni bilan taqdirlangan. Dneprni kesib o‘tishdagi jangda ko‘rsatgan jasorati va qahramonligi uchun Sovet Ittifoqining Yuqori Prezidiumining 1943 yilning 26 oktyabridagi farmoni bilan general-mayor Losev Anatoliy Ivanovichga Sovet Ittifoqi Qahramoni unvoni berilgan.

1913 yilda Stavropolsk o‘lkasining Maryanskaya qishlog‘ida tavallud topgan. Kapitan, 10-Moskvaning maxsus razvetka aviapolkasining qo‘mondoni o‘rin bosari. Lenin va I darajali Vatan urushi ordenlari bilan taqdirlangan. Moskvada kechgan janglarda ko‘rsatgan jasorati, qahramonligi va mahorati uchun Sovet Ittifoqining Yuqori Prezidiumining 1944 yilning 4 fevralidagi farmoni bilan kapitan Lukyantsev Vasiliy Petrovichga Sovet Ittifoqi Qahramoni unvoni berilgan.

1923 yilda Alma-otada tavallud topgan. Sovet Armiyasiga 1942 yilda Andijon shahar harbiy komissiyasi tomonidan chaqirilgan. Katta serjant, Bosh Qo‘mondonlikning Zahira polkining 493-tankga qarshi-qiruvchi (istrebitel) qurollik qo‘mondoni. I darajali Vatan urushi va “Jasorat uchun” ordenlari bilan taqdirlangan. Polsha hududida kechgan janglarda ko‘rsatgan qahramonligi va jasurligi uchun Sovet Ittifoqining Yuqori Prezidiumining 1945 yilning 19 aprelidagi farmoni bilan Lutfullin Sulgiga Sovet Ittifoqi Qahramoni unvoni berilgan. G‘alabadan so‘ng Lutfullin Sulgi ona vatani Andijonga qaytdi.

1902 yilda Donada tavallud topgan. Urushga qadar Jizzaxda yashagan. Mayor, 671-artilleriya polkining qo‘mondoni. Dneprni kesib o‘tishdagi jangda ko‘rsatgan qahramonliklari va jasorati uchun Sovet Ittifoqining Yuqori Prezidiumining 1943 yilning 26 oktyabridagi farmoni bilan mayor Lyubimov Aleksey Ilichga Sovet Ittifoqi Qahramoni unvoni berilgan.

Jasorat haqida yozish

Siz xotira.uz portalida yaqinlaringiz urushda ko‘rsatgan jasorati haqida so‘zlab berish imkoniga egasiz. Biz birgalikda Ikkinchi jahon urushida vatandoshlarimiz ko‘rsatgan jasorati haqidagi xotirani saqlab qolamiz va kelajak avlodga yetkazamiz.