Rang sxemasi

Xotira kitobi


1918 yilda tavallud topgan. Gvardiya katta leytenanti, 8-gvardiya aviatsiya divizining 40-gvardiya havo hujumi aviapolkining shturmani. Qizil Znamen va Qizil Yulduz ordenlari bilan mukofotlangan. Urush vaqtida ko‘rsatgan jasorati va qahramonliklari uchun Sovet Ittifoqining Yuqori Prezidiumining 1944 yilning 4 fevralidagi farmoni bilan katta leytenant Kuleshov Vladimir Kuzmichga vafotidan so‘ng Sovet Ittifoqining Qahramoni unvoni berilgan.

1920 yilda Astraxan viloida tavallud topgan. Sovet armiyasiga Toshkent shahar harbiy komissiyasi tomonidan chaqirilgan. Gvardiya leytenanti, 9-gvardiya havo hujumchi aviadiviziyasining 155-gvardiya havo hujumi aviapolkining bo‘lim qo‘mondoni. Ikkita Qizil Yulduz, Aleksandr Nevskiy va Qizil Yulduz ordenlari bilan taqdirlangan. Janglarda ko‘rsatgan jasorati va qahramonliklari uchun Sovet Ittifoqining Yuqori Prezidiumining 1944 yilning 26 oktyabridagi farmoni bilan gvardiya leytenanti Kulichev Ivan Andreyevichga Sovet Ittifoqining Qahramoni unvoni berilgan.

1908 yilda Chernigovsk viloyatining Novgorod-Severskiy tumani Oraska qishlog‘ida tavallud topgan. Sovet Armiyasiga Toshkent shahar harbiy komissiyasi tomonidan chaqirilgan. Gvardiya podpolkovniki, 8-o‘qchi diviziyaning 19-gvardiya o‘qchi polkasining qo‘mondoni. Qizil Bayroq va Qizil Yulduz ordenlari bilan taqdirlangan. Ulug‘ Vatan urushida ko‘rsatgan jasorati va qahramonlikoari uchun Sovet Ittifoqining Yuqori Prezidiumining 1945 yilning 24 martidagi farmoni bilan gvardiya palkovnikiga vafotidan so‘ng Sovet Ittifoqi Qahramoni unvoni berilgan.

Gvardiya katta leytenanti (26.02.1924 - 18.09.2001). 07.1941 - 10.1942 - 1 G‘arbiy frontda aloqachi; 09.1942 - 05.1943 - Kursant; 05.1943 - 12.1943 - pulimyot vzvodining qo‘mondoni; 08.1943 - 05.1945 - 4,3 va 2-Ukraina pulimet rotasi qo‘mondoni; 12.1943 - 08.1944 - batalon adyutanti; 08.1944 - 12.1944 - Pulimet vzvodining qo‘mondoni; 12.1944 - 4.1948 - Pulimyot rotasining qo‘mondoni; 23.04.1948 - Zaxiraga bo‘shatilgan.

Kenjayev Qayum 1919 yil Surxondaryo viloyati Jarqo‘rg‘on tumanida tug‘ilgan. 1942-1943 yillardagi Stalingrad jangida dushmanga qarshi mardonavor kurashgan. Natijada qo‘lining to‘rt barmog‘idan ayrilgan va oyog‘idan og‘ir yaralangan. 2012-yil vafot etdi. Kenjayev Qayumning nabirasi - Ostonaqulov O‘rinboy yozdi.

1908 yilda Qarshi tumani tug‘ilgan. 1941 yilgacha viloyat kolxoz rahbar xodimlarining malakasini oshirish maktabi direktor o‘rinbosari bo‘lim xizmat qilgan. 1941-1942 yillarda qonli urish sarhadlarida bo‘ldi, jangchi sifatida Vatanga sadoqat ko‘rsatgan. Janglarda yaralangan, urushdan so‘ng ona yurtiga qaytgan. Sunatilla Kenjayevning urushda ko‘rsatgan jasorati uchun I darajali Vatan urushi ordeni, "Jangdagi xizmatlari uchun" medali, "Jasorat uchun" medallari bilan taqdirlangan. O‘zbekiston xukumatining 2 marta Faxriy yorlig‘i, "O‘zbekiston xalq maorifi a’lochisi" nishonlari bilan mukofotlangan.

Jasorat haqida yozish

Siz xotira.uz portalida yaqinlaringiz urushda ko‘rsatgan jasorati haqida so‘zlab berish imkoniga egasiz. Biz birgalikda Ikkinchi jahon urushida vatandoshlarimiz ko‘rsatgan jasorati haqidagi xotirani saqlab qolamiz va kelajak avlodga yetkazamiz.