Rang sxemasi

Xotira kitobi


Qarag‘anda viloyatining Kiyevka qishlog‘ida 1912 yilda tavallud topgan. Sovet Armiyasiga Surxondaryo viloyatining Denov tuman harbiy komissiyasi tomonidan chaqirilgan. Yefreytor, 69-Qizil bayroqli o‘qchi diviziyasining 118-artilleriya polkining radiotelegrafisti. “Jasorat uchun” va “Jangdagi xizmatlar uchun” medallari bilan taqdirlangan. Dneprning chegaralarini kesib o‘tish janglaridani jasorati uchun Sovet Ittifoqining Yuqori Prezidiumining 1943 yilning 30 oktyabrdagi farmoni bilan yefreytor Kolodiy Ivan Mixaylovichga Sovet Ittifoqining Qahramoni unvoni berilgan.

1920 yilda tavallud topgan. Sovet Armiyasi tarkibiga Xarkov tumanining Balkovskiy tuman harbiy komissiyasi tomonidan chaqitirilgan. Tibbiy xizmat leytenanti, 121-o‘qchi diviziyasining 574-o‘qchi polki sanitar-tashuvchi vzvodining komandiri. Qizil Yulduz ordeni bilan taqdirlangan. Janglardagi ko‘rsatgan jasorati uchun Sovet Ittifoqining Yuqori Prezidiumining 1943 yilning 17 oktyabrdagi farmoni bilan tibbiy xizmat leytenanti Kolyada Vasiliy Alekseyevichga Sovet Ittifoqining Qahramoni unvoni berilgan. Urushdan so‘ng Vasiliy Alekseyevich Turksiton harbiy okrugida xizmat qilgan.

1904 yilda Moskvada tavallud topgan. O‘zbekistonda istiqomat qilib mehnat qilgan. 1941 yilning 22 iyunidan Ulug‘ vatan urushi ishtirokchisi. Gvardiya polkovniki, gvardiya 13-o‘qchi diviziyasining qo‘mondoni. Qizil Bayroq, Suvorov va I darajali Vatan urishi ordenlari bilan taqdirlangan. Orderni kesib o‘tish janglarida ko‘rsatgan jasorati uchun  Sovet Ittifoqining Yuqori Prezidiumining 1945 yilning 29 mayidagi farmoni bilan gvardiya polkovnikiga Sovet Ittifoqining Qahramoni unvoni berilgan.

1919 yilda Chernigovsk tumanining Priluki shahrida tavallud topgan. Urushga 1943 yilda Jizzax tuman harbiy komissiyasi tomonidan chaqirilgan. Gvardiya askari, 62-o‘qchi diviziyasi 184-gvardiya o‘qchilari polkining qo‘mondoni. Dneprni jangda kesib o‘tishda ko‘rsatgan jasorati uchun Sovet Ittifoqining Yuqori Prezidiumining 1944 yilning 22 fevraldagi farmoni bilan gvardiya askari Kondratets Ivan Yakovlevichga Sovet Ittifoqining Qahramoni unvoni berilgan.

1900 yilda Voronij viloyatida tavallud topgan. O‘zbekistonda istiqomat qilgan. Fuqarolik va Vatan urushlari ishtirokchisi. Gvardiya general-leytenanti, 7-gvardiya posbonlar korpusining qo‘mondoni. Lenin, Qizil Bayroq va Qizil Yulduz ordenlari bilan taqdirlangan. Yevropani ozodligi uchun bo‘lgan janglarda jasorati, jangdari xizmatlari va ko‘rsatgan qahramonliklari uchun Sovet Ittifoqining Yuqori Prezidiumining 1945 yilning 6 apreldagi farmoni bilan gvardiyaning general-leytenanti Konstantinov Mixail Petrovichga Sovet Ittifoqining Qahramoni unvoni berilgan.

1920 yilda Sharqiy-Qozog‘iston viloyatining Solovevo qishlog‘ida tavallud topgan. Sovet Armiyasida 1940 yildan boshlab xizmat qilgan. Mayor, 33-armiya 222-o‘qchi diviziyasini 606-artilleriya polkining diviziyasi qo‘mondoni. Aleksandr Nevskiy ordeni, ikkita I darajali Vatan urushi ordeni va Qizil Yulduz ordeni bilan taqdirlangan. Ulug‘ vatan urushida ko‘rsatgan jasorati va qahramonliklari uchun Sovet Ittifoqining Yuqori Prezidiumining 1945 yilning 31 mayidagi farmoni bilan mayor Kopilov Ivan Pavlovichga Sovet Ittifoqining Qahramoni unvoni berilgan.

1924 yilda tavallud topgan. Urushga 1942 yilda Sirdaryoning tuman harbiy komissiyasi tomonidan chaqirilgan. Gvardiyaning kichik leytenanti, 20-gvardiya o‘qchi bo‘limining 60-gvardiya piyoda polkining pulemyot vzvodi qo‘mondoni. Odessa uchun kechgan jangdagi jasorati uchun Sovet Ittifoqining Yuqori Prezidiumining 1944 yilning 13 sentyabrdagi farmoni bilan gvardiyaning kichik leytenanti Korneyko Vasiliy Xaritonovichga Sovet Ittifoqining Qahramoni unvoni berilgan.

1923 yilda Xmelnits viloyatining Shepetovka shahrida tavallud topgan. Sovet armiyasiga Samarqand viloyatining Naypan tuman harbiy komissiyasi tomonidan chaqirilgan. Leytenant, 247-Rosvalsk o‘qchi bo‘limi 909-o‘qchi polkining pulemyot vzvodi qo‘mondoni. Ikkita Qizil Yulduz ordeni va “Jasorat uchun” medali bilan taqdirlangan. Visla daryosining g‘arbiy qirg‘og‘ida kechgan janglarda ko‘rsatgan jasorati va qahramonliklari uchun Sovet Ittifoqining Yuqori Prezidiumining 1945 yilning 23 martidagi farmoni bilan leytenant Kostrov Stanislav Ivanovichga Sovet Ittifoqining Qahramoni unvoni berilgan. Urushdan so‘ng Stanislav Ivanovich Samarqandda yashab mehnat qildi.

Chuvashs ASSRning Chuvarlen qishlog‘ida 1911 yilda tavallud topgan. Urushga Toshkentning Lenin tuman harbiy komissiyasi tomonidan chaqirilgan. Gvardiya serjanti, 310-gvardiya o‘qchi polk 3-o‘qchi bataloni bo‘limi qo‘mondoni. Qizil Yulduz ordeni bilan mukofotlangan. Kirovorgrad viloyatida kechgan janglarda ko‘rsatgan jasorati va qahramonliklari uchun Sovet Ittifoqining Yuqori Prezidiumining 1944 yilning 22 fevraldagi farmoni bilan gvardiya serjanti Koshelev Mixail Timofeyevichga Sovet Ittifoqining Qahramoni unvoni berilgan. Urushdan so‘ng Mixail Timofeyevich Toshkentda istiqomat qilib mehnat faoliyatini olib bordi.

1916 yilda tavallud topgan. Qashqadaryo viloyatida istiqomat qilgan, Guzar MTSida traktorchi bo‘lib ishlagan. Leytenant, 248-maxsus tank polkining tank rotasi qo‘mondoni. Qizil Bayroq va II darajali Vatan urushi ordenlari bilan taqdirlangan. Jangdagi jasorati va qahramonliklari uchun Sovet Ittifoqining Yuqori Prezidiumining 1944 yilning 10 martdagi farmoni bilan leytenant Koshelev Nikolay Ivanovichga vafotidan so‘ng Sovet Ittifoqining Qahramoni unvoni berilgan.

1904 yilda Voronij viloyatining Zaverino qishlog‘ida tavallud topgan. Katta serjant, 40-armiyaning 11-motoo‘qchi jamoasini razvetka vzvodi qo‘mondoni. I darajali Vatan urushi, Qizil Yulduz ordenlari va “Jasorat uchun” medali bilan taqdirlangan. Dneprda kechgan jangda ko‘rsatgan jasorati va qahramonliklari uchun Sovet Ittifoqining Yuqori Prezidiumining 1943 yilning 23 oktyabridagi farmoni bilan katta serjant Krivtsov Sergey Vasilevichga Sovet Ittifoqining Qahramoni unvoni berilgan. Urushdan so‘ng Sergey Vasilevich O‘zbekistonda yashab mehnat qilgan.

1924 yilda tavallud topgan. Sovet armiyasiga 1942 yilda Ashxobod shahar harbiy komissiyasi tomonidan chaqirilgan. Kichik serjant, 60-o‘qchi diviziyasining 1281-o‘qchi polki, polk batareyasi  45-millimetrli qurol nishonchisi. Vislani kesib o‘tish janglarida ko‘rsatgan qahramonligi uchun Sovet Ittifoqining Yuqori Prezidiumining 1943 yilning 23 oktyabridagi farmoni bilan serjant Kuzmin Anatoliy Naumovichga Sovet Ittifoqining Qahramoni unvoni berilgan. Urushdan so‘ng Anatoliy Naumovich Samarqand shahrida yashadi.

Jasorat haqida yozish

Siz xotira.uz portalida yaqinlaringiz urushda ko‘rsatgan jasorati haqida so‘zlab berish imkoniga egasiz. Biz birgalikda Ikkinchi jahon urushida vatandoshlarimiz ko‘rsatgan jasorati haqidagi xotirani saqlab qolamiz va kelajak avlodga yetkazamiz.