Rang sxemasi

Xotira kitobi


1901 yilda tavallud topgan. Millati rus. Sovet armiyasiga Toshkentdan ketgan. Tank qo‘shinlari general-leytenanti. 7-mexanizashtirilgan bino qo‘mondoni. II-darajali Suvorov ordeni, I-darajali Kutuzov ordeni va Qizil bayroq ordeni bilan taqdirlangan. SSSR Oliy Soveti Prezidiumining 1945 yil 8 sentyabrdagi qarori bilan imperialistik Yaponiya bilan bo‘lgan janlarda ko‘rsatgan jasorati uchun general-leytenant Katkov Fedor Grigorevich Sovet Ittifoqi Qahramoni unvoni bilan taqdirlandi.

1921 yil Orenburg viloti Motorino qishlog‘ida tavallud topgan. Millati rus. Sovet armiyasiga Farg‘ona shahar xarbiy komissariatiga chaqirilgan. Gvardiya kichik leytenanti, 22-gvardiya motoo‘qchi brigadasining tankka qarshi qrollar vzvodi qo‘mondoni. SSSR Oliy Soveti Prezidiumining 1944 yil 10 yanvar qarori bilan Ulug‘ Vatan urushidagi janglarida  ko‘rsatgan jasorati uchun kichik leytenant Kelchin Mixail Nikiforovich Sovet Ittifoqi Qahramoni unvoni bilan taqdirlangan.

1918 yil Odessa shahrida tavallud topgan. Millati ukrain. Kapitan, 10-aloxida aviatsiya uzoqqa uyushtirilgan ayg‘oqchilik polkining aviaeskadrilya qo‘mondoni. SSSR Oliy Soveti Prezidiumining 1943 yil 24 may janglarida ko‘rsatgan jasorati uchun kapitan Kibalko Vasiliy Vasilevich Sovet Ittifoqi Qahramoni unvoni bilan taqdirlangan.

1925 yilda tavallud topgan. Millati rus. 1943 yil yanvar oyida Sovet armiyasiga Kustanay viloyati Mednogorsk xarbiy komissariati tomonidan chaqirilgan. Kichik serjant, 164-tank brigadasi, atomatchilar motorizatsiya artilleriyasi vzvodidagi bo‘limining qo‘mondoni. SSSR Oliy Soveti Prezidiumining 1944 yil 10 yanvar qarori bilan Ulug‘ Vatan urushidagi janglarida  ko‘rsatgan jasorati uchun kichik leytenant Kelchin Mixail Nikiforovich Sovet Ittifoqi Qahramoni unvoni bilan taqdirlangan.

1923 yilda Kursk viloyatida tavallud topgan. Millati rus. Urushgacha Toshkentda yashagan va bilim olgan. 1941 yilda Toshkent shaxar xarbiy komisssariati tomonidan xizmatga chaqirilgan. Katta leytenant, 502-Tamansk hujum aviapolkining bo‘lim qo‘mondoni. I-II-darajali Vatan urushi ordeni, “Jasorat uchun”  medali va Qizil bayroq ordeni bilan taqdirlangan. SSSR Oliy Soveti Prezidiumining 1945 yil 18 avgusti qarori bilan Sevastopolni ozod qilishdagi janglarda  ko‘rsatgan jasorati uchun katta leytenant Kirsanovu Vladimiru Mixaylovich Sovet Ittifoqi Qahramoni unvoni bilan taqdirlangan.

1910 yilda Ivanovsk viloyatining Gorchakovo qishlog‘ida tavallud topgan. Millati rus. 1941 yilda Moskva viloyati Noginsk tuman harbiy komissariati tomonidan xizmatga chaqirilgan. Katta serjant, 25-gvardiya o‘qchi diviziyasining 78- gvardiya o‘qchi polki qo‘mondoni yordamchisi. “Jasorat uchun”  medali va Qizil bayroq ordeni bilan taqdirlangan. SSSR Oliy Soveti Prezidiumining 1943 yil 1 noyabridagi qarori bilan Dneprni kesib o‘tishdagi ko‘rsatgan jasorati uchun gvardiya Katta serjant Kiselev Sergey Semenovich Sovet Ittifoqi Qahramoni unvoni bilan taqdirlandi.  Urushdan so‘ng Toshkentga istiqomat qilgan.

1918 yil Moskvada tavallud topgan. Millati ukrain. Sovet armiyasiga ketishdan avval Toshkentda yashagan va bilim olgan. Leytenant, 45- qiruvchi aviapolkning uchuvchisi. SSSR Oliy Soveti Prezidiumining 1943 yil 24 mayiidagi qarori bilan janglarda ko‘rsatgan jasorati uchun gvardiya leytenant Koval Dmitriy Ivanovich Sovet Ittifoqi Qahramoni unvoni bilan taqdirlandi.

  1918 yilda Qo‘qonda tavallud topgan. Armiyaga 1936 yilda Toshkent shahar harbiy komissiyasi tomonidan chaqirilgan. Mayor, 318-o‘qchi diviziyasining 1339-o‘qchi polkini shtab boshlig‘i. Qizil Bayroq va Suvorovning III darajali Vatan urushi ordeni bilan taqdirlangan. Kerch uchun kechgan janglardagi jasorati (yoki qaxramonligi) uchun Sovet Ittifoqining Yuqori Prezidiumining 1943 yilning 17 noyabridagi farmoni bilan mayor Koveshnikov Dmitriy Stepanovichga Sovet Ittifoqi Qahramoni unvoni berilgan.

1913 yilda Sum viloyatining Miropole qishlog‘ida tavallud topgan. Sovet Armiyasiga 1942 yilda chaqirilgan. Oddiy askar, 415-o‘qchi diviziyasi 686-artilleriya polki 7-batareya boshqaruvi vzvod qo‘mondonining yordamchisi. Ko‘rsatgan jasorat va qahramonlik uchun Sovet Ittifoqining Yuqori Prezidiumining 1943 yilning 15 yanvaridagi farmoni bilan oddiy askar Kovtun Pavel Maksimovichga Sovet Ittifoqi Qahramoni unvoni berilgan. Zahiraga o‘tgan Pavel Maksimovich Toshkentda yashadi.

1918 yilda Volganing Orexovka qishlog‘ida tavallud topgan. 1936 yildan Sovet Armiyasida. Toshkent shahar harbiy komissiyasi tomonidan chaqirilgan. Gvardiya polkovnik, 67-o‘qchi gvardiyasining 138-gvardiya artilleyrasi polkining 67-gvardiya o‘qchi diviziyasi qo‘mondoni. 67-gvardiya o‘qchi diviziyasi 138-gvardiya artelleriya polki komandiri Qizil Bayroq va I darajali Vatan urushi ordeni bilan taqdirlangan. Vitebsk tumanidagi janglar qahramonligi va jasorati uchun Sovet Ittifoqining Yuqori Prezidiumining 1944 yilning 22 iyulidagi farmoni bilan gravdiya polkovniki Kovtunov Georgiy Nikitovichga Sovet Ittifoqining Qahramoni unvoni berilgan.

1924 yilga tavallud topgan. Toshkentning Frunzen tuman harbiy komissiyasi tomonidan 1942 yilda chaqirtirilgan. Kichik leytenant, 110-tank brigadasi 441-tank botaloni tank qo‘mondoni. Ulug‘ vatan urushidagi jasoratlari uchun Sovet Ittifoqining Yuqori Prezidiumining 1944 yilning 10 martidagi farmoni bilan kichik leytenant Kozlov Nikolay Mixaylovichga Sovet Ittifoqining Qahramoni unvoni berilgan.

1906 yilda Nikolayev shahrida tavallud topgan. 1931 yildan Sovet Armiyasida. Mayor, 199-havo hujumi aviadiviziyasining katta hujum aviadiviziyasi. Uchta Qizil Bayroq va II darajali Vatan urushi ordenlari bilan taqdirlangan. G‘arbdagi frontda ko‘rsatgan jasoratlari uchun Sovet Ittifoqining Yuqori Prezidiumining 1945 yilning 18 avgustidagi farmoni bilan mayor Kolesnikov Pimen Grigorevichga Sovet Ittifoqining Qahramoni unvoni berilgan.

Jasorat haqida yozish

Siz xotira.uz portalida yaqinlaringiz urushda ko‘rsatgan jasorati haqida so‘zlab berish imkoniga egasiz. Biz birgalikda Ikkinchi jahon urushida vatandoshlarimiz ko‘rsatgan jasorati haqidagi xotirani saqlab qolamiz va kelajak avlodga yetkazamiz.