Rang sxemasi

Xotira kitobi


1906 yilda Penza viloyati Pachelma shahrida tug‘ilgan. Millati rus. Urushgacha Buxoro viloyatida yashagan va faoliyat ko‘rsatgan. 1942 yilda Koson tuman harbiy komissariati tomonidan chaqirilgan. Katta serjant, 69-Sevsk qizil bayroq o‘qchi diviziyasi 303-o‘qchi polkining 2-o‘qchi artilleriya bo‘limi qo‘mondoni. SSSR Oliy Soveti Prezidiumining 1943 yil 30 oktyabiridagi qarori bilan Dneprni kesib o‘tishdagi ko‘rsatgan jasorati uchun kichik serjant Kazakov Konstantin Fedorovich Sovet Ittifoqi Qahramoni unvoni bilan taqdirlandi. 

1913 yilda Pishpek(Bishkek) shahrida tug‘ilgan. Millati rus. Sovet armiyasiga 1935 yilda chaqirilgan. Gvardiya mayori, 19-gvardiya tanki brigadsining, motorlashtirilgan  avtomatchilar artileriyasining qo‘mondoni. SSSR Oliy Soveti Prezidiumining 1945 yil 24 martidagi qarori bilan Belorussiya va Litva hudularidagi janglarda ko‘rsatgan jasorati uchun gvardiya mayori Kalashnikov Nikolay Semenovich o‘limidan keyin Sovet Ittifoqi Qahramoni unvoni bilan taqdirlandi. 

1922 yilda Qoraqalpoq SSRi Xojaliy tumanida tavallud topgan. Millati qozoq. 1941 yilda Tashovuz viloyatining Kalininsk tuman harbiy komissariati tomonidan chaqirilgan. Gvardiya oddiy askari, 7-gvardiya kavaleriya binosining tankka qarshi qurolining navodchigi yordamchisi. SSSR Oliy Soveti Prezidiumining 1944 yil 15 yanvaridagi qarori bilan Dneprni kesib o‘tishdagi ko‘rsatgan jasorati uchun gvardiya oddiy askari  Kaldikarayev Jumagali o‘limidan keyin Sovet Ittifoqi Qahramoni unvoni bilan taqdirlandi.

1921 yil Tyumen viloyati Tarxan qishlog‘ida tavallud topgan. Millati tatar. 1940 yildan Sovet armiyasida bo‘lgan. Serjant. 246 o‘qchi diviziyaning 325-alohida ayg‘oqchi rotasining ayg‘oqchisi. SSSR Oliy Soveti Prezidiumining 1944 yil 15 mayidagi qarori bilan Dneprni kesib o‘tishdagi ko‘rsatgan jasorati uchun kichik serjant Kaliyevu Anvar Sovet Ittifoqi Qahramoni unvoni bilan taqdirlandi. Urushdan so‘ng Uzbekistonda joylashdi.

1907 yilda Quqonda tavallud topgan. Millati rus. 1927 yildan Sovet armiyasida xizmat qilgan. Gvardiya podpolkovnigi, Qora dengiz flotining 1-aviadiviziyasining xavo- xarbiy kuchlari 5-gvardiya aviapolki qo‘mondoni. Qizil Bayroq ordeni, I-darajali Vatan urushi ordeni, Ushakov ordeni va Qizil yulduz ordenlari bilan taqdirlangan. SSSR Oliy Soveti Prezidiumining 1945 yil 16 mayidagi qarori bilan Dneprni kesib o‘tishdagi ko‘rsatgan jasorati uchun gvardiya podpolkovnigi Viktor Pavlovich Kanarev Sovet Ittifoqi Qahramoni unvoni bilan taqdirlandi.

1917 yilda Metan viloyatining Bagrin qishlog‘ida tug‘ilgan. Millati uzbek. 1942 Samarqand viloyatining Mitan tuman harbiy komissariati tomonidan chaqirilgan. Yefreytor,206-o‘qchi diviziyasining 722-polki avtomatchilar rotasi bo‘lim qo‘mondoni. Oliy Soveti Prezidiumining 1944 yil 3 iyundagi qarori bilan Dneprni kesib o‘tishdagi ko‘rsatgan jasorati uchun yefreytor Karabayev Alabay Sovet Ittifoqi Qahramoni unvoni bilan taqdirlandi.

1921 yilda Chimboy tumani Oxunboboyev jamoa xo‘jaligi qishlog‘ida tavallud topgan. Millati qozoq. Qoraqalpoq ASSRi Qorauzoq tuman harbiy komissariati tomonidan chaqirilgan. Gvardiya oddiy askari, 128-Turkiston gvardiya tog‘li-o‘qchi diviziyasi 327-gvardiya tog‘li-o‘qchi polkining avtomatchigi. Ulug‘ Vatan urashining janglarida ko‘rsatgan jasorati uchun SSSR Oliy Soveti Prezidiumining 1945 yil 24 martidagi qarori bilan gvardiya qizilarmiyachisi  Qoroqulov Djuman Sovet Ittifoqi Qahramoni unvoni bilan taqdirlandi.

1915 yilda Saratov viloyati Sinenkiye qishlog‘ida tavallud topgan. 1939 yilda Toshkent shahrining Kalininsk tuman harbiy komissariati tomonidan Sovet armiyasiga chaqirilgan. Katta leytenant, 254-o‘qchi diviziyasi 9360-o‘qchi polkining o‘qchi rotasi qo‘mondoni. SSSR Oliy Soveti Prezidiumining 1944 yil 22 fevralidagi qarori bilan Dneprni kesib o‘tishdagi ko‘rsatgan jasorati uchun katta leytenant Karaulov Vasiliy Ivanovich Sovet Ittifoqi Qahramoni unvoni bilan taqdirlandi.

1918 yilda Toshkent viloyati Orjonikidzev tumanida tavallud topgan. Millati o‘zbek.  Orjonikidzev tuman harbiy komissariati tomonidan Sovet armiyasiga chaqirilgan. Gvardiya leytenanti, 132-gvardiya o‘qchi polkining pulemetvzvodining qo‘mondoni. II-darajali Vatan urushi ordeni va Qizil bayroq ordeni bilan taqdirlangan. SSSR Oliy Soveti Prezidiumining 1945 yil 24 martidagi qarori bilan Yask-Kishinev jangida  ko‘rsatgan jasorati uchun gvardi leytenanti Karimov G‘ulom Sovet Ittifoqi Qahramoni unvoni bilan taqdirlandi.

1922 yilda Orenburgda tavallud topgan. 1939 yildan boshlab Sovet armiyasida xizmat qilgan. V.I.Lenin nomidagi harbiy piyoda o‘quv yurtini tamomlagan. Leytenant, 134-o‘qchi diviziyaning 629-o‘qchi polki ayg‘oqchilik bo‘limi qo‘mondoni. SSSR Oliy Soveti Prezidiumining 1944 yil 4 iyundagi qarori bilan Smolensk viloyatidagi janglarda ko‘rsatgan jasorati uchun leytenantu Vladimir Vasilevich Karpov Sovet Ittifoqi Qahramoni unvoni bilan taqdirlandi. I-darajali Vatan urushi ordeni,Qizil bayroq ordeni, “Jasorat uchun” medali va “Jangdagi xizmatlar uchun” medallari bilan taqdirlangan.

1913 yil Toshkentda tavallud topgan. Millati rus. Sovet armiyasiga 1941 yilda Toshkentdagi shahar Lenin nomidagi komissariat tomonidan Sovet armiyasiga chaqirilgan. Gvardiya serjanti, 20-o‘qchi diviziyaning 60-o‘qchi polki Stanokli pulemyot hisoblash qo‘mondoni. SSSR Oliy Soveti Prezidiumining 1944 yil 13 sentyabrdagi qarori bilan Moldaviyadagi janglarda ko‘rsatgan jasorati uchun gvardiya serjanti Karpov Ivan Petrovich Sovet Ittifoqi Qahramoni unvoni bilan taqdirlandi.

1924 yilda Ozarbayjon SSR quyi Shijbak qishlog‘ida tavallud topgan. Millati arman. Sovet armiyasiga 1943 yilda Toshkentdagi shahar Lenin nomidagi komissariat tomonidan Sovet armiyasiga chaqirilgan. Gvardiya serjanti, 86-gvardiya tank qiruvchi divizionining, qurol navodchigi. SSSR Oliy Soveti Prezidiumining 1944 yil 18 noyabrdagi qarori bilan Visladagi janglarda ko‘rsatgan jasorati uchun gvardiya serjanti Kasparyan Suren Akopovich Sovet Ittifoqi Qahramoni unvoni bilan taqdirlandi. 

Jasorat haqida yozish

Siz xotira.uz portalida yaqinlaringiz urushda ko‘rsatgan jasorati haqida so‘zlab berish imkoniga egasiz. Biz birgalikda Ikkinchi jahon urushida vatandoshlarimiz ko‘rsatgan jasorati haqidagi xotirani saqlab qolamiz va kelajak avlodga yetkazamiz.