Rang sxemasi

Xotira kitobi


1917 yilda Krasnoyarsk hududida tug‘ilgan. Millati rus. 1938 yilda Qo‘qon shahar harbiy komissiariyati tomonidan Sovet Armiyasiga chaqirilgan. Leytenant, 299-o‘qchi diviziyasi 960-o‘qchi polki vzvod qo‘mondoni. Xarkov shahridagi janglarda ko‘rsatilgan qahramonlik uchun Yuqori Sovet  Ittifoq Prezidiumi buyrug‘i bilan 1943 yil 1 noyabrda leytenant Jenchenko Vladimir Vasilevich Sovet Ittifoq Qahramoni unvoni bilan taqdirlangan.

1920 yilda Mogilev viloyati Shamovshin qishlog‘ida tug‘ilgan. Millati belarus. Toshkentdan Sovet Armiyasiga chaqirilgan. Gvardiya leytenanti,  8- hujumchi aviadiviziyasi gvardiyasi,140- hujumchi aviadiviziyasi aviapolki bo‘lim qo‘mondoni. Qizil bayroq ordeni,  I va II darajali Vatan urushi ordeni bilan taqdirlangan. Ulug‘ Vatan urushi janglarida ko‘rsatgan jasorati uchun Yuqori Sovet  Ittifoq Prezidiumi buyrug‘i bilan 1945 yil 27 iyunda gvardiya leytenanti Jiganov Vladimir Romanovich Sovet Ittifoq Qahramoni unvoni bilan taqdirlangan.

1921 yilda Bryan viloyati Prichij qishlog‘ida tug‘ilgan. Millati rus. 1940 yilda Toshkent shahri Kirov tuman harbiy komissiariyati tomonidan Sovet Armiyasiga chaqirilgan. Kichik leytenant, 385- o‘qchi diviziyasi o‘qchi vzvodi qo‘mondoni. Belorus hududida janglarda ko‘rsatgan qahramonliklari uchun Yuqori Sovet  Ittifoq Prezidiumi buyrug‘i bilan 1945 yil 24 martda kichik leytenant Judov Ivan Yegorovich Sovet Ittifoq Qahramoni unvoni bilan taqdirlangan.

Jasorat haqida yozish

Siz xotira.uz portalida yaqinlaringiz urushda ko‘rsatgan jasorati haqida so‘zlab berish imkoniga egasiz. Biz birgalikda Ikkinchi jahon urushida vatandoshlarimiz ko‘rsatgan jasorati haqidagi xotirani saqlab qolamiz va kelajak avlodga yetkazamiz.