Rang sxemasi

Xotira kitobi


Tyumen viloyatining Pokrovka qishlog‘ida 1918 yilda tavallud topgan. Millati rus. 1938 yildan Sovet armiyasida. Djizzax tumani harbiy komissariati tomonidan chaqirilgan. 747-batareyasining tankga qarshi qirg‘in artilleriyasi bo‘limi starshinasi. II-darajali Vatan urushi ordeni, Qizil Yulduz ordeni hamda “Jangdagi xizmatlari” uchun medali bilan taqdirlangan. SSSR Oliy Soveti prezidiumi 1945 yil 24 martdagi qarori bilan Litva hududidagi janglarida ko‘rsatgan qaxramonligi uchun  gvardiya mayori Zubkov Ivan Sidorovich Sovet Ittifoqi Qahramoni unvoni bilan taqdirlandi. Urushdan so‘ng Yegor Ivanovich o‘z uyiga Jizzax viloyatiga qaytib kelgan.

1912 yil Toshkent shahrida tavllud topgan. Millati rus. Gvardiya kapitani, 108-o‘qotar diviziyasining 311-gvardiya o‘qotar bo‘limi artilleriya qo‘mondoni o‘rinbosari. Aleksandr Nevskiy ordeni bilan taqdirlangan. SSSR Oliy Soveti prezidiumi 1943 yil 26 oktyabridagi qarori bilan Dneprni kesib o‘tishdagi ko‘rsatgan jasorati uchun kapitan Boris Andreyevich Ivanovskom Sovet Ittifoqi Qahramoni unvoni bilan taqdirlandi.

1923 yil Toshkent shahrida tavallud topgan. Millati rus. Toshkent shahar harbiy komissariati tomonidan chaqirilgan. 312- hujum aviapolki havo floti qo‘mondoni, kapitan. Ikkita Qizil bayroq ordenlari va Qizil yulduz ordeni bilan taqdirlangan. SSSR Oliy Soveti prezidiumining 1944 yil 26 oktyabridagi qarori bilan Ulug‘ Vatan urishi janglarida ko‘rsatgan jasorati uchun kapitan Ivlev Yuriy Dmitriyev Sovet Ittifoqi Qahramoni unvoni bilan taqdirlandi.

1915 yil Kokchetav viloyati Volodarsk qishlog‘ida tavallud topgan. Millati rus. 1941 yilda Toshkent viloyat Bekobod tuman harbiy komissariati tomonidan chaqirilgan. Katta serjant, 65-armiya 69-o‘qotar diviziyasining 99 alohida minachi bo‘limi qo‘mondoni. “Jasorat uchun” medali bn taqdirlangan. Dnepr jangida ko‘rsatgan jasolrati uchun, SSSR Oliy Soveti prezidiumining 1943 yil 30 oktyabridagi qarori bilan katta serjant Ilin Stepan Petrovich Sovet Ittifoqi Qahramoni unvoni bilan taqdirlandi.

1920 yilda Qizilordin tumani, Qizil yulduz xujaligining qishlog‘ida tug‘ilgan. Millati qozoq. Serjant, 152-o‘qchi brigadasining ayg‘oqchi rotasi qo‘mondoni.   III-darajali Shuhrat ordeni va “Jasorat uchun” medali bilan taqdirlangan. SSSR Oliy Soveti prezidiumining 1945 yil 9 apreldagi qarori bilan Dunay janglarida ko‘rsatgan jasorati uchun serjant Nagi Ilyasov Sovet Ittifoqi Qahramoni unvoni bilan taqdirlandi.

1924 yilda Samarqandda tug‘ilgan. Millati o‘zbek. 1941 yilda Samarqand harbiy komissariati tomonidan chaqirilgan. Gvardiya starshinasi, 60-gvardiya o‘qchi diviziyaning 132-gvardiya artilleriya polkining,8-chi batareya ayg‘oqchisi. III-darajali Shuhrat ordeni va “Qizil yulduz” ordeni bilan taqdirlangan. SSSR Oliy Soveti prezidiumining 1944 yil 22 fevraldagi qarori bilan Dnepr janglarida ko‘rsatgan jasorati uchun serjant Igrashev Bois Xamidovich Sovet Ittifoqi Qahramoni unvoni bilan taqdirlandi.

Janubiy Qozog‘iston viloyatining Frunzen tumanida tavallud topgan. Sovet Armiyasiga 1942 yilda Qozog‘iston SSRning Turkiston harbiy komissariati tomonidan chaqirilgan. Kichik leytenant, 180-o‘qchi diviziyaning 42- o‘qchi polki vzvodi qo‘mondoni. SSSR Oliy Soveti Prezidiumining 1944 yil 10 yanvaridagi qarori bilan Dneprni kesib o‘tishdagi ko‘rsatgan jasorati uchun kichik leytenant Irisbekov Kurbantay vafotidan keyin Sovet Ittifoqi Qahramoni unvoni bilan taqdirlandi.

1911 yilda Baku shahrida tavallud topgan. Millati rus. Urushgacha Andijon viloyatida yashab faoliyat ko‘rsatgan.1941 yilda Sovet Armiyasiga Baliqchi tuman harbiy komissariati tomonidan chaqirilgan. Starshina,  1124-o‘qchi polkining vzvod qo‘mondoni yordamchisi. III-darajali Shuhrat ordeni va “Jasorat uchun” medali bilan taqdirlangan. SSSR Oliy Soveti Prezidiumining 1944 yil 22 iyuldagi qarori bilan Litva jangida  ko‘rsatgan jasorati uchun starshina Isipin Aleksandr Ivanovich Sovet Ittifoqi Qahramoni unvoni bilan taqdirlandi.

1924 yilda Qozog‘iston SSRning Turkiston shahrida tavallud topgan. Millati o‘zbek. Janubiy Qozog‘istonning Turkeston tuman harbiy komissariati tomonidan chaqirilgan. Serjant,138-o‘qchi diviziyasining 650-o‘qchi polki 3-o‘qchi rotasi bo‘lim qo‘mondoni. SSSR Oliy Soveti Prezidiumining 1945 yil 24 martdagi qarori bilan  janglarda  ko‘rsatgan jasorati va qahramonligi  uchun serjant Isitov Rasul Sovet Ittifoqi Qahramoni unvoni bilan taqdirlandi.

1916 yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan, millati o‘zbek. Sovet Armiyasida 1937 yildan Frunzen tuman harbiy komissariati tomonidan chaqirilgan. Katta leytenant, Suvorov aviatsiya polkining 620-hujum ordeni qo‘mondoni. Qizil bayroq ordeni, I-darajali Vatan urushi ordeni va Qizil Yulduz ordeni bilan taqdirlangan. SSSR Oliy Soveti Prezidiumining 1945 yil 18 avgust qarori bilan Ulug‘ Vatan urushidagi janglarida  ko‘rsatgan jasorati uchun katta leytenant Ishankulov Abdusattor Sovet Ittifoqi Qahramoni unvoni bilan taqdirlangan.

Irkabayev Aman Tug‘ilgan yili: 1921 y. Unvoni: Leytenant Chaqirilgan joyi: Kirovskiy tumani, Farg‘ona viloyati, O‘zbekiston SSR.

Ibragimov Xakim Zoxidovich -professsor, O‘zbekitonda xizmat ko‘rsatgan ilm arbobi. X.Z.Ibragimov O‘zbekison veterinariyasini asoschilaridan biri. Ikki urush ishtirokchisi. 1937 yil Finlar urushi, 1941-1945 yil ikkinchi jahon urushi ishtirokchisi bo‘lgan.

Jasorat haqida yozish

Siz xotira.uz portalida yaqinlaringiz urushda ko‘rsatgan jasorati haqida so‘zlab berish imkoniga egasiz. Biz birgalikda Ikkinchi jahon urushida vatandoshlarimiz ko‘rsatgan jasorati haqidagi xotirani saqlab qolamiz va kelajak avlodga yetkazamiz.