Rang sxemasi

Xotira kitobi


1924 yilda Odessa shahrida tavallud topgan. Milati yevrey.  Toshkent harbiy komissiyariati tomonidan armiyaga chaqirilgan. Kichik serjant, 69-mexanizalashtirilgan brigada 1-o‘qchi bataloni bo‘limi komandiri. Dnepr ishg‘oli va 214,9 balandligini olganligi uchun, Yuqori Sovet  Ittifoq Prezidiumi buyrug‘i bilan 1943 yil 17 noyabr kichik serjant Gelferg Semen Grigorevich vafotidan so‘ng Sovet Ittifoq Qahramoni unvoni bilan taqdirlangan.

1902 yil Simferopol shahrida tavallud topgan. Millati rus. General-mayor, 112-o‘qchi diviziyasi komandiri. Ko‘rsatgan jasorat va qahramonliklari uchun Yuqori Sovet  Ittifoq Prezidiumi buyrug‘i bilan 1945 yil 6 aprelida general-mayor Gladkov Aleksandr Vasilevich Sovet Ittifoq Qahramoni unvoni bilan taqdirlangan.

1919 yil Buzuluk shahrida tavallud topgan. Urushgacha Toshkent shahrida istiqomat qilgan. Leytenant, 62-tank brigadasi bataloni komandiri. Qizil bayroq va Vatan urushi II darajali ordenlari bilan taqdirlangan. Berlinni qo‘lga kiritishdagi qahramonliklari uchun, Yuqori Sovet  Ittifoq Prezidiumi buyrug‘i bilan 1945 yil 31 mayida leytenant  Gnilomedov Ivan Andreyevich Sovet Ittifoq Qahramoni unvoni bilan taqdirlangan.

1923 yil Toshkent shahrida tavallud topgan. Millati rus. 1942 yil Fruzenskiy tumani harbiy komissiariyati tomonidan armiyaga chaqirilgan. Gvardiya katta leytenanti, 35-mexanizalashtirilgan brigada 3-o‘qchi bataloni komandiri. Qizil bayroq va “Jasorat uchun” medallari bilan taqdirlangan. Berlinni qo‘lga kiritishdagi qahramonliklari uchun, Yuqori Sovet  Ittifoq Prezidiumi buyrug‘i bilan 1945 yil 31 mayida gvardiya leytenanti Aleksey Aleksandrovich Golubenko Sovet Ittifoq Qahramoni unvoni bilan taqdirlangan.

1915 yil Kursk viloyatida tavalud topgan. Milati rus. 1935 yil Mirzacho‘l harbiy komissiyariati tomonidan armiyaga chaqirilgan. Gvardiya katta leytenanti 42-gvardiya aviapolka eskadrili komandiri o‘rinbosari. Urushda ko‘rsatgan jasorat va qahramonliklari uchun Yuqori Sovet  Ittifoq Prezidiumi buyrug‘i bilan 1943 yil 2sentyabrida gvardiya katta leytenanti Gorbunov Ivan Mixaylovich Sovet Ittifoq Qahramoni unvoni bilan taqdirlangan.

Dneprpetrovsk viloyatida 1903 yili tavallud topgan. Millati ukrain. 1942 yil boshlarida Samarqand viloyati Paxtakor tumani harbiy komissiariyati tomonidan chaqirilgan. Starshina, 356-o‘qchi diviziyasi, 1185-o‘qchi polkasi 5-o‘qchi rota bo‘linmasi komandiri yordamchisi. Gomel viloyatida ko‘rsatgan jasorati va qahramonligi uchun, Yuqori Sovet  Ittifoq Prezidiumi buyrug‘i bilan 1944 yil 15 yanvar starshina Grechixin Nikita Artemovich vafotidan so‘ng Sovet Ittifoq Qahramoni unvoni bilan taqdirlangan.

1921 yil Orenburg viloyati Sorochin tumani Tolkayev qishlog‘ida tavallud topgan. Millati rus. 1940 yilda Toshkent Lenin harbiy komissiariyati tomonidan chaqirilgan. Gvardiya leytenanti, 16-gvardiya kavaleri diviziyasi 6-gvardiya kavaleri polkasi tankka qarshi bo‘limi komandiri.  Urushda ko‘rsatgan jasorat va qahramonliklari uchun Yuqori Sovet  Ittifoq Prezidiumi buyrug‘i bilan 1944 yil 15 yanvarida gvardiya leytenanti  Grechushkin Dmitriy Fedorovich vafotidan so‘ng Sovet Ittifoq Qahramoni unvoni bilan taqdirlangan.

1914 yil Voronej viloyati Talsk Chemlik qishlog‘ida tavallud topgan. Millati rus. 1941 yil Toshkent viloyati Bekobod harbiy komissiariyati tomonidan chaqirilgan. Gvardiya katta serjanti, 78-gvardiya o‘qchi diviziyasi, 158-gvardiya artilleriya polkasi komandiri. Vatan urushi II darajali va III darajali Shuhrat ordenlari bilan taqdirlangan. Urushda ko‘rsatgan jasorat va qahramonliklari uchun Yuqori Sovet  Ittifoq Prezidiumi buyrug‘i bilan 1945 yil 10 aprelida gvardiya katta serjanti Grigorov Ivan Alekseyevich Sovet Ittifoq Qahramoni unvoni bilan taqdirlangan. Urushdan so‘ng o‘zining ona vatani Bekobodga qaytib kelgan.

1922 yilda Moldaviya shahri Aktyubin viloyati Kuznetsova qishlog‘ida tavallud topgan. 1934 yilda Toshkent viloyati  Mayskiy qishlog‘ida istiqomat qilgan. Orenburg yozgi o‘quv yurtini tamomlagan. Kapitan, 190-shturm aviapolka eskadrili komandiri o‘rinbosari. Qizil bayroq ordeni, Vatan urushi I darajali va Qizil bayroq ordeni bilan taqdirlangan. Urushda ko‘rsatgan jasorat va qahramonliklari uchun Yuqori Sovet  Ittifoq Prezidiumi buyrug‘i bilan 1944 yil 26 oktyabrida kapitan Grinko Ivan Ustinovich Sovet Ittifoq Qahramoni unvoni bilan taqdirlangan.

1909 tavallud topgan. Millati ukrain. Toshkent shahrida istiqomat qilgan. Gvardiya mayori, 8-hujum aviadiviziya gvardiyasi,143-hujum aviapolki gvardiyasi aviaeskadrilya qo‘mondoni. Qizil bayroq ordeni va Aleksandra Nevskiy ordeni bilan taqdirlangan. Polsha hududidagi janglarda ko‘rsatgan qahramonliklari uchun Yuqori Sovet  Ittifoq Prezidiumi buyrug‘i bilan 1945 yil 27 iyunda gvardiya moyori Grishko Kirill Yemelyanovich Sovet Ittifoq Qahramoni unvoni bilan taqdirlangan.

1926 yilda Dnepropetrov viloyati Troits qishlog‘ida tug‘ilgan. Millati rus. 1943 yilda Chelyabins viloyati Argayaj tuman  harbiy komissiariyati tomonidan chaqirilgan. Gvardiya oddiy askari, 89-o‘qchi diviziya si gvardiyasi,267- o‘qchi polki gvardiyasi,4-rota o‘qchisi. Qizil bayroq ordeni bilan taqdirlangan. Polsha hududidagi janglarda ko‘rsatgan qahramonliklari uchun Yuqori Sovet  Ittifoq Prezidiumi buyrug‘i bilan 1945 yil 27 fevralda gvardiya oddiy askari Gulin Yuriy Ivanovich Sovet Ittifoq Qahramoni unvoni bilan taqdirlangan.

1925 yilda Saratov viloyati Podgorenka qishlog‘ida tug‘ilgan. Millati rus. 1943 yilda harbiy xizmatga chaqirilgan. Oddiy askar, 69- mexanizatsiyalashtirilgan brigadaning, motoo‘qchi artilleriyasi pulemetchigi. Qizil Yulduz ordeni bilan taqdirlangan. Dnepr uchun janglarda ko‘rsatgan jangovarlik va qahramonligi uchun Yuqori Sovet  Ittifoq Prezidiumi buyrug‘i bilan 1943 yil 17 noyabrda oddiy askar Gusev Vasiliy Vasilevich  Sovet Ittifoq Qahramoni unvoni bilan taqdirlangan.

Jasorat haqida yozish

Siz xotira.uz portalida yaqinlaringiz urushda ko‘rsatgan jasorati haqida so‘zlab berish imkoniga egasiz. Biz birgalikda Ikkinchi jahon urushida vatandoshlarimiz ko‘rsatgan jasorati haqidagi xotirani saqlab qolamiz va kelajak avlodga yetkazamiz.