Rang sxemasi

Xotira kitobi


1906 yili tug‘ilgan. Sovet Armiyasiga 1928 yili Toshkent shahar harbiy bo‘limi tomonidan chaqirilgan. Katta leytenant, 5-alohida tezkor bombardimon aviapolki eskadrilyasi komandiri o‘rinbosari. Belofinnlar bilan bo‘lgan urush qatnashchisi. Harbiy topshiriqlarni a’lo darajada bajargani va ko‘rsatgan qaxramonligi va jasorati uchun Sovet ittifoqi Oliy soveti Prezidiumining 1940 yil 7 maydagi farmoniga muvofiq katta leytenant Fatyanov Andrey Yefremovichga vafotidan so‘ng Sovet Ittifoqi qaxramoni unvoni berilgan.

1925 yil Jambulda tug‘ilgan. Sovet Armiyasiga 1943 yil Jambul harbiy bo‘limi tomonidan chaqirilgan. Gvardiya leytenanti, 58-gvardiya o‘qchi diviziyasi 175-gvardiya o‘qchi polkining o‘qchi rotasi komandiri. Harbiy bo‘limlarni mohirona boshqaruvi, Oderni muvaffaqiyatli kechib o‘tish va unda ko‘rsatgan jasorati uchun Sovet Ittifoqi Oliy Sovet Prezidiumining 1945 yil 27 iyundagi farmoniga muvofiq gvardiya leytenanti Fayazov Mixail Giyasovichga Sovet Ittifoqi Qaxramoni unvoni berilgan. Urushdan so‘ng M.G.Fayazov O‘zbekistonga qaytdi.

1915 yil tug‘ilgan. Urushdan oldin Andijon viloyatida ishlagan. Armiyada 1938 yildan o‘z xoxishiga ko‘ra. Voroshilovgrad uchuvchilar maktabini tugatgan. Kapitan, 308-hujum aviadiviziyasi 135-hujum polki eskadrilyasi komandiri. Qizil bayroq ordeni, I darajali Vatan urushi ordeni, Qizil yulduz ordeni bilan taqdirlangan. Qomondonlikning harbiy topshiriqlarini namunali bajargani va bunda ko‘satgan qaxramonligi va jasorati uchun Sovet Ittifoqi Oliy kengash Prezidiumining 1944 yil 4 fevraldagi farmoniga ko‘ra Fedorov Ivan Ilichga Sovet Ittifoqi qaxramoni unvoni berilgan.

1924 yili Xarkovda tug‘ilgan. Sovet Armiyasiga 1942 yil Samarqand shahar harbiy bo‘limi tomonidan chaqirilgan. Kichik leytenant, 318-o‘qchi diviziyasi 1339-o‘qchi polki o‘qchi vzvodi komandiri. Qomondonlikning harbiy topshiriqlarini namunali bajargani va bunda ko‘rsatgan qaxramonligi va jasorati uchun Sovet Ittifoqi Oliy kengashi Prezidiumining 1943 yil 17 noyabrdagi farmoniga ko‘ra kichik leytenant Felzenshteyn Milya Lazarevichga Sovet Ittifoqi qaxramoni unvoni berilgan.

Mening buvim Flotskaya Lidiya Vikentevna, 1924 yilda tavallud topgan, 1941-1945 yillarda front qatnashchisi. U harbiy zavodda ishlagan, ikkita medali bor. Mehnat faxriysi, medal va faxriy yorliqlariga ega. Jo‘natdi: Darya 

Fayziyev Sharof Sultonovich 1937-yilda Samarqand shahrining Bog’ishamol tumanida tavallud topganlar. Otalari Fayziyev Sulton 1941 yil II Jahon urushiga, Ona Vatanni nemis-fashistlardan ozod qilish uchun ko’ngillilar safidan urushga borgan.

Jasorat haqida yozish

Siz xotira.uz portalida yaqinlaringiz urushda ko‘rsatgan jasorati haqida so‘zlab berish imkoniga egasiz. Biz birgalikda Ikkinchi jahon urushida vatandoshlarimiz ko‘rsatgan jasorati haqidagi xotirani saqlab qolamiz va kelajak avlodga yetkazamiz.