Rang sxemasi

Xotira kitobi


1916 yil Buxoro viloyati Romitan tumani Denou qishloqida tug‘ilgan. Sovet Armiyasiga 1943 yil Buxoro viloyatining Vobkent tuman harbiy bo‘limi tomonidan chaqirilgan. Qizil armiyachi, 193-o‘qchi diviziyasi 883-o‘qchi polk 1-o‘qchi batalon o‘qchisi. Matonati va Dneprni muvaffaqiyatli kechib o‘tishda qaxramonligi uchun Sovet Ittifoqi Oliy kengashi Prezidiumining 1943 yil 30 oktyabrdagi farmoniga ko‘ra qizil armiyachi Ergashev Sharifga Sovet Ittifoqi qaxramoni unvoni berilgan. 

1921 yil Leninobod viloyatining Bulak qishlog‘ida tug‘ilgan. Sovet Armiyasida 1941 yildan, Leninobod viloyati Asht tuman harbiy bo‘limi tomonidan chaqirilgan. Oddiy askar, 281-o‘qchi diviziyasi 1064 o‘qchi polk avtomatchisi. Ulug‘ Vatan urushi janglarida ko‘rsatgan jasorati va qaxramonligi uchun Sovet Ittifoqi Oliy kengashi Prezidiumining 1944 yil 21 fevraldagi farmoniga ko‘ra oddiy askar Erdjigitov Tuychiga vafotidan so‘ng Sovet Ittifoqi qaxramoni unvoni berilgan.

Egamov Yavqoch 1917 yil tavallud topgan. 1936 yil armiyada xizmat qilish uchun yo’l olgan va xizmatni yakunlashiga oz muddat qolganida II Jahon urushi boshlanib urushga jalb qilingan. Urushdan 1947 yil Navoiy viloyatining Navbahor tumani, Paxtakor qishlog'ida yashagan. Paxtakor qishlog’ida ombor mudiri sifatida mehnat faoliyatini olib brogan. Urush qatnashchisi ordeni va medallari sohibi.  Egamov Yavqoch 1998 yilda olamdan ko’z yumgan. Egamov Yavqochning nabirasi Yavqoch yozadi.

Mening bobom Ergashev Xazir 1926 yilda tug‘ilgan.1943 yilda urushga ketganlar. Berlin krepostigachaborganlar, ular jangda pulemyotchi bo‘lganlar. “Ulug‘ Vatan urushi qatnashchisi” ordenini olganlar. 1945 yildan 1950 yilgacha Xitoy Xalq Respublikasini ozod etishda ishtirok etganlar. Urushdan sog‘-omon qaytganlar. Bobom 2015 yilda vafot etganlar.  

Ergash To’layev(1924-2001). Ergash To’layev Moskva, Belarussiya, Polshada bo’lib o’tgan janglarda faol qatnashganliklarini buvimdan ko’p marotaba eshitganman. Urush g’alaba bilan tugagach, Oliy Bosh Qomondon topshirig’i bilan Xitoyning Qashqar viloyatida razvedchik vazifasida to 1947-yilgacha xizmat qilganlar. Bobom ,,Qizil yulduz’’  ordeni va yana boshqa bir necha orden va medallar bilan mukofotlangan. U kishi urushdan keyin xalq xo’jaligini tiklash va rivojlantirish ishlarida zo’r kuch-g’ayrat  bilan mehnat qilgan.

Jasorat haqida yozish

Siz xotira.uz portalida yaqinlaringiz urushda ko‘rsatgan jasorati haqida so‘zlab berish imkoniga egasiz. Biz birgalikda Ikkinchi jahon urushida vatandoshlarimiz ko‘rsatgan jasorati haqidagi xotirani saqlab qolamiz va kelajak avlodga yetkazamiz.