Rang sxemasi

Xotira kitobi


1922 yilda Penzen viloyati Sosnov qishlog‘ida tug‘ilgan. Millati rus. 1941 yilda Sovet Armiyasiga Toshkent shahri Lenin tuman harbiy komissiariyati tomonidan chaqirilgan. Gvardiya starshinasi, 5-o‘qchi divizisi gvardiyasi 17-o‘qchi polki gvardiyasi rota partorgi. II darajali Vatan urushi ordeni, III darajali Shuxrat ordeni va “Jasorat uchun” medali bilan taqdirlangan. Jangdagi jasorati uchun Yuqori Sovet  Ittifoq Prezidiumi buyrug‘i bilan 1945 yil 29 iyunda gvardiya starshinasi Dadayev Stepan Pavlovich Sovet Ittifoq Qahramoni unvoni bilan taqdirlangan.

1906 yilda Farg‘ona viloyati Ashirqozi qishlog‘ida tug‘ilgan. Millati o‘zbek. 1943 yilda harbiy xizmatga chaqirilgan. Oddiy askar, 81-o‘qchi diviziyasi,467-o‘qchi polki, -o‘qchi rota o‘qchisi. Belorusiya ozodligi uchun janglarda qahramonligi uchun Yuqori Sovet  Ittifoq Prezidiumi buyrug‘i bilan 1944 yil 15 yanvarda oddiy askar Dehqonboyev Abdusalim Sovet Ittifoq Qahramoni unvoni bilan taqdirlangan.

1920 yilda Buxoro viloyati Losha qishlog‘ida tug‘ilgan. Millati o‘zbek. 1940 yilda Sovet Armiyasiga chaqirilgan. Oddiy askar, 8-minachi-muxandis brigadasi, 129- minachi muxandis artilleriyasi minachisi. Qizil Yulduz ordeni bilan taqdirlangan. Dnepr uchun janglarda ko‘rsatgan jangovarlik va qahramonligi uchun Yuqori Sovet  Ittifoq Prezidiumi buyrug‘i bilan 1943 yil 26 oktyabrda oddiy askar Jamolov Komol Davlatovich Sovet Ittifoq Qahramoni unvoni bilan taqdirlangan.

1925 yilda Qirg‘iz SSR O‘sh shahri Toshloq qishlog‘ida tug‘ilgan. Millati o‘zbek. 1942 yilda Sovet Armiyasiga chaqirilgan. Serjant, ..... Dnepr uchun janglarda ko‘rsatgan jangovarlik va qahramonligi uchun Yuqori Sovet  Ittifoq Prezidiumi buyrug‘i bilan 1943 yil 30 oktyabrda serjant Jumaboyev Toshmamat Sovet Ittifoq Qahramoni unvoni bilan taqdirlangan.

1924 yilda Qoraqalpoq ASSR Beruniy tumanida tug‘ilgan. 1942 yilda Shobboz tuman harbiy komissiariyati tomonidan armiyaga chaqirilgan. Oddiy askar, 226-o‘qchi diviziyas, 985-o‘qchi polki avtomatchiklar rotasi mergan. Dnepr uchun janglarda ko‘rsatgan jangovarlik va qahramonligi uchun Yuqori Sovet  Ittifoq Prezidiumi buyrug‘i bilan 1943 yil 17 oktyabrda oddiy askar Jumaniyozov Urazboy Sovet Ittifoq Qahramoni unvoni bilan taqdirlangan.

1914 yilda tug‘ilgan. Millati rus. Toshkent viloyati Begavot tuman harbiy komissiariyati tomonidan chaqirilgan. Kapitan, 337- o‘qchi diviziyasi, 1131-o‘qchi polki, shtabnachalnigi. Qizil yulduz ordeni bilan taqdirlangan. Poltava uchun janglarda ko‘rsatgan qahramonligi va jasorati uchun Yuqori Sovet  Ittifoq Prezidiumi buyrug‘i bilan 1944 yil 10 yanvarda kapitan Dobrikov Ivan Andreyevich Sovet Ittifoq Qahramoni unvoni bilan taqdirlangan.

1923 yilda Ukrain SSR Krivoy Rog shahrida tug‘ilgan. Millati yevrey. Urishdan oldin Namangan viloyatida yashagan va tahsil olgan. Namangan shahar harbiy komissiariyati tomonidan chaqirilgan. Gvardiya katta leytenanti, 6-o‘qchi diviziyasi gvardiyasi,10-o‘qchi gvardiyasi polki komsorgi. Qizil Yulduz ordeni va “Jasarot uchun” medali bilan taqdirlangan. Ukrainaning Bryan viloyati hududidagi janglardagi jasorati uchun Yuqori Sovet  Ittifoq Prezidiumi buyrug‘i bilan 1943 yil 16 oktyabrda gvardiya katta leytenanti Doljanskiy Yuriy Moiseyevich Sovet Ittifoq Qahramoni unvoni bilan taqdirlangan.

1914 yilda Toshkentda tug‘ilgan. Millati rus. 1941 yilda Andijon shahar harbiy komissiariyati tomonidan chaqirilgan. Katta leytenant, 492-qiruvchi-tankka qarshi artilleriya polki batareya qo‘mondoni. II darajali Vatan urushi ordeni bilan taqdirlangan. Melitopol shahri uchun janglarda jasorat ko‘rsatgani uchun Yuqori Sovet  Ittifoq Prezidiumi buyrug‘i bilan 1943 yil 1 noyabrda katta leytenanti Doljenkov Igor Pavlovich Sovet Ittifoq Qahramoni unvoni bilan taqdirlangan.

1896 yilda Orenburg viloyati Buzuluk tumani Krastov qishlog‘ida tug‘ilgan. Millati rus. 1920 yilda Sovet Qurolli Kuchlari a’zosi bo‘lgan. General-mayor, ...40-armiya 309-o‘qchi diviziya qo‘mondoni. Qizil bayroq ordeni , II darajali Suvorova ordeni va Qizil Yulduz ordeni bilan taqdirlangan. Kursk viloyati janglarida shaxsiy jasorat va qahramonliklari uchun Yuqori Sovet  Ittifoq Prezidiumi buyrug‘i bilan 1943 yil 23 oktyabrda general-mayor Dryomin Dmitriy Feoktistovich Sovet Ittifoq Qahramoni unvoni bilan taqdirlangan.

Davlatov Musulmonqul 1918 yilda Qashqadaryo viloyatida tavallud topgan. 1941 yilda Ulug‘ Vatan urushiga safarbar etiladi va 1942 yilda jarohatlanib harbiy gospetelga keltiriladi. Jarohatlanganiga qaramasdan u urushga qaytishga qaror qiladi va 1943 yilda bedarak yo‘qoladi.

Jasorat haqida yozish

Siz xotira.uz portalida yaqinlaringiz urushda ko‘rsatgan jasorati haqida so‘zlab berish imkoniga egasiz. Biz birgalikda Ikkinchi jahon urushida vatandoshlarimiz ko‘rsatgan jasorati haqidagi xotirani saqlab qolamiz va kelajak avlodga yetkazamiz.