Rang sxemasi

Xotira kitobi


1919 yil tug‘ilgan. Sovet Armiyasiga 1939 yil Yangiyo‘l tumani harbiy bo‘limi tomonidan chaqirilgan. Katta serjant, 131-tank brigadasi 263-tank bataloni og‘ir tanklar rotasi mexanik-haydovchisi. Donbassdagi janglarda ko‘rsatgan qo‘rqmasligi va jasorati uchun Sovet Ittifoqi Oliy kengashi Prezidiumining 1943 yil 22 fevraldagi farmoniga ko‘ra katta serjant Charikov Mixail Pavlovichga vafotidan so‘ng Sovet Ittifoqi qaxramoni unvoni berilgan.

1911 yil Zaparoje viloyatida tug‘ilgan. Sovet Armiyasiga Qoraqalpog‘iston Avtonom Respublikasi To‘rtko‘l tumani harbiy bo‘limi tomonidan chaqirilgan. Kapitan, 230-o‘qchi diviziyasi 990-o‘qchi polk o‘qchi batalon komandiri. Qizil Bayroq va Qizil Yulduz ordenlari bilan taqdirlangan. Qaxramonligi va harbiy mahorati uchun Sovet Ittifoqi Oliy kengashi Prezidiumining 1945 yil 31 maydagi farmoniga ko‘ra kapitan serjant Chepurin Filipp Fedorovichga Sovet Ittifoqi qaxramoni unvoni berilgan.

1914 yil tug‘ilgan. Urushgacha Farg‘onada yashab ishlagan. Sovet Armiyasida 1935 yildan. Katta leytenant, 69-qiruv aviapolk qismi komandiri. German-rumin fashistlariga qarshi frontda jangovor topshiriqlarni a’lo darajada bajargani va bunda ko‘rsatgan qaxramonligi va jasorati uchun Sovet Ittifoqi Oliy kengashi Prezidiumining 1942 yil 10 fevraldagi farmoniga ko‘ra katta leytenant Cherevatenko Aleksey Tixonovichga Sovet Ittifoqi qaxramoni unvoni berilgan.

1919 yil Tyumen viloyati Kazansk tumani Gagare qishlog‘ida tug‘ilgan. Sovet Armiyasida 1940 yildan. Xizmatga Toshkentning Frunze harbiy bo‘limi tomonidan chaqirilgan. Qizil armiyachi, 149-o‘qchi diviziya 479-o‘qchi polk 3-o‘qchi batalon o‘qchisi. Dneprni kechib o‘tishda ko‘rsatgan qaxramonligi va jasorati uchun Sovet Ittifoqi Oliy kengashi Prezidiumining 1943 yil 30 oktyabrdagi farmoniga ko‘ra qizil armiyachi Cheremnovu Yakovu Dmitriyevichga vafotidan so‘ng Sovet Ittifoqi qaxramoni unvoni berilgan.

1913 yil tug‘ilgan. Sovet Armiyasida 1931 yildan. Chaqiruvga qadar Surxandaryo viloyatida yashadi va ishladi. Gvardiya podpolkovnik, 89-gvardiya o‘qchi diviziyasi artelleriya komandiri. Qizil Bayroq, I darajali Vatan urushi, Bogdan Xmelnitskiy va Qizil Yulduz ordenlari bilan taqdirlangan. Artelleriya hujumini a’lo darajada o‘tkazgani uchun Sovet Ittifoqi Oliy kengashi Prezidiumining 1945 yil 27 fevraldagi farmoniga ko‘ra gvardiya podpolkovnik Chernishev Sergey Ivanovichga Sovet Ittifoqi qaxramoni unvoni berilgan.

1913 yili Toshkentda tug‘ilgan. Sovet Armiyasida o‘z xoxishiga ko‘ra 1931 yildan. Xasan ko‘li yoqasidagi janglar qatnashchisi. 1940 yil Kachinsk uchuvchilar maktabini tugatgan. Gvardiya polkovnigi, 19-qiruv aviapolki komandiri. Uchta Lenin ordeni, beshta Qizil Bayroq ordeni, Qizil Yulduz ordeni va bir qancha medallar bilan taqdirlangan.  Qomondonlikning harbiy topshiriqlarini namunali bajargani va bunda jasorat ko‘rsatgani uchun Sovet Ittifoqi Oliy kengashi Prezidiumining 1944 yil 19 avgustdagi farmoniga ko‘ra gvardiya polkovnigi Chupikov Pavel Fedorovichga Sovet Ittifoqi qaxramoni unvoni berilgan.

Jasorat haqida yozish

Siz xotira.uz portalida yaqinlaringiz urushda ko‘rsatgan jasorati haqida so‘zlab berish imkoniga egasiz. Biz birgalikda Ikkinchi jahon urushida vatandoshlarimiz ko‘rsatgan jasorati haqidagi xotirani saqlab qolamiz va kelajak avlodga yetkazamiz.