Rang sxemasi

Xotira kitobi


1920 yilda Orenburg viloyatida tug‘ilgan. Millati rus. 1940 yilda Qo‘qon shahri harbiy qismidan Sovet Armiyasi safiga harbiy xizmatga chaqirilgan. Katta leytenant, 213-o‘qchi diviziyasi 793-o‘qchi polki minomet rotasi komandiri. Ulug‘ Vatan urushi yillaridagi qahramonliklari uchun 1943 yil 26 oktyabrda SSSR ning Oliy Kengashi Prezidiumi Farmoni bilan gvardiya katta leytenanti Ivan Dementevich Belyakov Sovet Ittifoqi Qahramoni unvoniga sazovor bo‘lgan. 

1912 yilda Gomel viloyati Streshin qishlog‘ida tug‘ilgan. Millati rus. Qoraqalpoq ASSR To‘rtko‘l harbiy qismidan Sovet Armiyasiga harbiy xizmatga chaqirilgan. Gvardiya kapitani, 14-gvardiya o‘qchi diviziyasi 30-gvardiya o‘qchi polki katta ad’yutanti. Oder daryochi uchun kechgan janglarda ko‘rsatgan qahramonliklari uchun 1945 yil 27 iyunda SSSR ning Oliy Kengashi Prezidiumi Farmoni bilan gvardiya kapitani Dmitri Vasilevich Bernatskom Sovet Ittifoqi Qahramoni unvoniga sazovor bo‘lgan. 

1899 yilda tug‘ilgan. Millati rus. 1941 yilgacha Andijon shahrida yashagan. Gvardiya polkovnigi, 25-gvardiya o‘qchi diviziyasi 78-gvardiya o‘qchi polki komandiri. Xarkov shahrini qo‘lga kiritgani uchun 1943 yil 19 iyunda SSSR ning Oliy Kengashi Prezidiumi Farmoni bilan gvardiya polkovnigi Kondrati Vasilevich Bilyutin Sovet Ittifoqi Qahramoni unvoniga sazovor bo‘lgan. 

1922 yilda Qo‘qon shahrida tug‘ilgan. Millati rus. 1940 yildan Sovet Armiyasida xizmat qilgan. Katta leytenant, 58-gvardiya hujumchi aviadiviziyasining zveno komandiri. Ikkita orden Qizil bayroq ordeni va II darajali Vatan urushi ordeni bilan taqdirlangan. Ulug‘ Vatan urushi yillaridagi qahramonliklari uchun 1946 yil 15 mayda SSSR ning Oliy Kengashi Prezidiumi Farmoni bilan Anatoli Sergeyevich Bogdanov Sovet Ittifoqi Qahramoni unvoniga sazovor bo‘lgan.

1920 yilda Dnepropetr viloyati Lyubimov qishlog‘ida tug‘ilgan. Ukrainlik. Urushdan oldin Toshkent shahrida yashagan. 1938 yildan Sovet Armiyasida xizmat qilgan. Gvardiya moyori, 6-gvardiya o‘qchi diviziyasi 34-gvardiya artilleriya polki diviziya komandiri. Ulug‘ Vatan urushi yillarida ko‘rsatgan jasorati uchun 1943 yil 16 oktyabrda SSSR ning Oliy Kengashi Prezidiumi Farmoni bilan Nikolay Dmitriyevich Bogdanov Sovet Ittifoqi Qahramoni unvoniga sazovor bo‘lgan.

1924 yilda tug‘ilgan. Millati rus. 1942 yilda Qoraqalpoq SSR Chimboy tuman harbiy qismidan Sovet Armiyasiga harbiy xizmatiga chaqirilgan. Katta serjant, 235-o‘qchi diviziyasi 369-maxsus saper bataloni bo‘lim komandiri. Sharqiy Prusdagi janglarda ko‘rsatgan qahramonliklari uchun 1945 yil 19 aprelda SSSR ning Oliy Kengashi Prezidiumi Farmoni bilan katta serjant Mixail Alekseyevich Bulatov Sovet Ittifoqi Qahramoni unvoniga sazovor bo‘lgan.

1923 yilda tug‘ilgan. Millati rus. 1941 yilda Buxoro viloyati Qorako‘l tuman harbiy qismidan Sovet Armiyasiga harbiy xizmatga chaqirilgan. Serjant, 383-o‘qchi diviziyasi 691-tog‘-o‘qchi polki 2-pulemyot rotasi hisob komandiri. Kerch uchun jangda ko‘rsatgan jasorati uchun 1944 yil 16 mayda SSSR ning Oliy Kengashi Prezidiumi Farmoni bilan serjant Yuriy Bikov Sovet Ittifoqi Qahramoni unvoniga sazovor bo‘lgan.

1919 yilda Saratov viloyati Ternov qishlog‘ida tug‘ilgan. Millati rus. 1939 yilda Toshkent shahar harbiy qismidan Sovet Armiyasiga harbiy xizmatga chaqirilgan. Gvardiya tibbiyot xizmati leytenati, 224-gvardiya o‘qchi polki 1-o‘qchi bataloni tozalik vzvod komandiri.  Dinepr janglarida ko‘rsatgan jasoratlari uchun 1943 yil 26 oktyabrda SSSR ning Oliy Kengashi Prezidiumi Farmoni bilan gvardiya tibbiyot xizmati leytenati Bikovskiy Viktor Ivanovich  Sovet Ittifoqi Qahramoni unvoniga sazovor bo‘lgan.

Baltabay Saparov  1923 yili Qoraqalpog’ston Respublikasida tug’ilgan. Novqiron yigitlik chog’i urush davriga to’g’ri kelganliklari sababli o’n toqqiz yoshida ya’ni, 1942 yili  el- yurtining tinchligi uchun urushga otlanadi. Saratov oblist Tatichevo degan joyda 1 oy mobaynida yovga qarshi kurashish, qurol aslahalardan foydalanish sir-asrorlarini o’rgangan.    1942-yil 8-avgust oyida Ladoga ko’li orqali o’tib qurshovda qolgan Lelingradni ozod etishga qatnashganlar. Keyin Privaltika ellarini ozod qilish bilan bir qatorda, Germaniyaning Elva daryosining Rastov fortigacha bo’lgan yerlarni zabt etgan. Urush tugagach Belorussiyada harbiy xizmatini davom ettiradi. 1947-yil harbiy xizmatdan bo’shatilib, qadirdon qishlog’iga qaytib keladi. U ko’p yillar mobaynida SHimboy tumanidagi “Kenes” jamoa xo’jaligida “xisobchi” ,“tabelchi”, “brigat”  Nukus shahridagi qurulish va avtotransport korxonalarida samarali mehnat qilgan       Ho’zirda bobom Nukus shahri “Aydin jol” ma’hallasida istiqomad qilmoqda. 

Jasorat haqida yozish

Siz xotira.uz portalida yaqinlaringiz urushda ko‘rsatgan jasorati haqida so‘zlab berish imkoniga egasiz. Biz birgalikda Ikkinchi jahon urushida vatandoshlarimiz ko‘rsatgan jasorati haqidagi xotirani saqlab qolamiz va kelajak avlodga yetkazamiz.