Rang sxemasi

Xotira kitobi


1914 yilda Toshkent viloyati Qo‘yliq qishlog‘ida tug‘ilgan. Millati o‘zbek. Gvardiya katta leytenanti, 35-gvardiya o‘qchi diviziyasi 118-gvardiya artilleriya polki batareya komandiri. Qizil Yulduz ordeni, II darajali Vatan urushi ordeni, Qizil Yulduz medali bilan taqdirlangan. Polshaning Oborniki shahridagi janglarda qahramonlik va jasorat ko‘rsatgani uchun 1945 yil 31 mayda SSSR ning Oliy Kengashi Prezidiumi Farmoni bilan  Boboyev Botir Davronovich Sovet Ittifoqi Qahramoni unvoniga sazovor bo‘lgan. 

1908 yilda Marg‘ilon shahrida tug‘ilgan. Millati o‘zbek. Kichik serjant, 266-o‘qchi diviziyasi 1006-o‘qchi polki qo‘l pulemyoti navodkachisi. Berlin uchun jangda qahramonlik ko‘rsatgani uchun  1945 yil 31 mayda SSSR ning Oliy Kengashi Prezidiumi Farmoni bilan  Boboyev Toji-Ali Sovet Ittifoqi Qahramoni unvoniga sazovor bo‘lgan. 

1923 yilda Farg‘ona viloyati Jon-Ketmen qishlog‘ida tug‘ilgan. Millati o‘zbek. Qo‘qon shahar harbiy qismidan Sovet armiyasiga harbiy xizmatga chaqirilgan. Kichik serjant,  81-o‘qchi diviziyasi 154-alohida kuzatish rotasi bo‘lim komandiri. Dnepr daryosi uchun kechgan janglarda ko‘rsatgan qahramonliklari uchun 1944 yil 15 mayda SSSR ning Oliy Kengashi Prezidiumi Farmoni bilan kichik serjant Boboyev To‘xtasin Sovet Ittifoqi Qahramoni unvoniga sazovor bo‘lgan. 

1922 yilda Jambul tumani Uzun-Agach qishlog‘ida tug‘ilgan. Millati o‘zbek. 1941 yilda Jambul tuman harbiy qismidan Sovet Armiyasiga harbiy xizmatga chaqirilgan. Oddiy askar, 417-o‘qchi diviziyasi 1369-o‘qchi polki avtomatchilar rotasi bo‘lim komandiri. Sapun tog‘i hududlarini qo‘lga tushirish davomida jangavor qahramonlik ko‘rsatgani uchun 1945 yil 24 martda SSSR ning Oliy Kengashi Prezidiumi Farmoni bilan kichik serjant Bobojonov Dadash Sovet Ittifoqi Qahramoni unvoniga sazovor bo‘lgan. 

1925 yilda Perms viloyati Fomino qishlog‘ida tug‘ilgan. Ulyanov viloyati Nikolo-Cheremshans tuman harbiy qismidan Sovet Armiyasiga harbiy xizmatga chaqirilgan. Kichik serjant, 139-o‘qchi diviziyasi 609-o‘qchi polki alohida kuzatuv bo‘limi komandiri. Ulug‘ Vatan urushi yillarida janglarda ko‘rsatgan qahramonlik jasorati uchun 1945 yil 24 martda SSSR ning Oliy Kengashi Prezidiumi Farmoni bilan kichik serjant Leonid Georgiyevich Babushkin Sovet Ittifoqi Qahramoni unvoniga sazovor bo‘lgan. 

1907 yilda Saratov viloyati Katta Kamishenka qishlog‘ida tug‘ilgan. 1926 yilda Toshkent shahar harbiy qismidan Sovet Armiyasiga harbiy xizmatga chaqirilgan. Gvardiya general-mayori, 23-gvardiya korpusi 67-gvardiya o‘qchi diviziya komandiri. Ikkita orden Qizil bayroq ordeni va I darajali Kutuzova ordeni bilan taqdirlangan. Belarusyaning ozodligi uchun 1944 yil 22 iyulda SSSR ning Oliy Kengashi Prezidiumi Farmoni bilan general-mayor Baksov Aleksey Ivanovich Sovet Ittifoqi Qahramoni unvoniga sazovor bo‘lgan.

1914 yilda tug‘ilgan. Millati Qozoq. Qoraqolpoq ASSR Qorauzoq tuman harbiy qismidan Sovet Armiyasiga harbiy xizmatga chaqirilgan. Gvardiya serjanti, 73-gvardiya o‘qchi diviziyasi maxsus batalon 2-rota bo‘lim komandiri. Ulug‘ Vatan urushi yillarida erishgan yutuqlari uchun 1944 yil 22 fevralda SSSR ning Oliy Kengashi Prezidiumi Farmoni bilan Maxash Balmagambetov Sovet Ittifoqi Qahramoni unvoniga sazovor bo‘lgan. 

1919 yilda tug‘ilgan. Millati rus. Nukus shahridagi o‘rta ta’lim maktabini bitirgan vakomsamol chaqirig‘i bilan aviatsiya o‘quv yurtida o‘qigan. 1943 yildan Ulug‘ Vatan urushi a’zosi bo‘lgan. Katta leytenant, Qizil Baltika floti 35-Harbiy-Havo Kuchlari hujum aviapolki eskadril komandir o‘rinbosari. Ulug‘ Vatan urushi yillarida ko‘rsatgan jasorati uchun 1945 yil 6 martda SSSR ning Oliy Kengashi Prezidiumi Farmoni bilan Ivan Banifatov Sovet Ittifoqi Qahramoni unvoniga sazovor bo‘lgan. 

1908 yilda tug‘ilgan. Millati ukrain. 1941 yilda Qo‘qon shahar harbiy qismidan Sovet Armiyasiga harbiy xizmatga chaqirilgan. Gvardiya podpolkovnigi, 22-tank polkasi soqchilari qo‘mondoni bo‘lgan. Ikkita orden Qizil bayroq ordeni va Aleksandra Nevskogo ordeni bilan taqdirlangan. Qrim uchun kechgan janglarda ko‘rsatgan qahramonliklari uchun  gvardiya podpolkovnigi Barabash Afanasiy Semenovich 1944 yil 16 mayda SSSR ning Oliy Kengashi Prezidiumi Farmoni bilan Sovet Ittifoqi Qahramoni unvoniga sazovor bo‘lgan.

1893 yilda Moskvada tug‘ilgan. Millati rus. Toshkent shahar Kuybishev tuman harbiy qismidan Sovet Armiyasiga harbiy xizmatga chaqirilgan. Mayor, 213-o‘qchi diviziyasi 1-bo‘lim shtab boshlig‘i.   Qizil Yulduz ordeni bilan taqdirlangan.  Dnepr daryosi uchun kechgan janglarda ko‘rsatgan qahramonliklari uchun 1943 yil 26 oktyabrda SSSR ning Oliy Kengashi Prezidiumi Farmoni bilan mayor Baranov Nikolay Andreyevich Sovet Ittifoqi Qahramoni unvoniga sazovor bo‘lgan. 

1920 yilda Qo‘qon shahrida tug‘ilgan. Millati rus. Qarshi shahar harbiy qismidan Sovet Armiyasiga harbiy xizmatga chaqirilgan. Oddiy askar, 113-o‘qchi diviziyasi 1292-polki avtomatchisi. Urush yillaridagi farqli xizmatlari uchun 1944 yil 3 iyunda SSSR ning Oliy Kengashi Prezidiumi Farmoni bilan oddiy askar Vasiliyu Timofeyevich Belov Sovet Ittifoqi Qahramoni unvoniga sazovor bo‘lgan.

1920 йилда Беларусия ССР Борисов шаҳрида туғилган. Миллати яҳудий. 1938 йил армияга кетишдан олдин Тошкент шаҳрида яшаган ва ўқиган. Гвардия катта лейтенати, 80-гвардия бомбардимончи авиаполк эскадрили командир ўринбосари. Қизил байроқ ордени ва Қизил Юлдуз орденлари билан тақдирланган. Улуғ Ватан уруши йилларида кўрсатган қаҳрамонликлари учун 1944 йил 4 февралда СССР нинг Олий Кенгаши Президиуми Фармони билан гвардия катта лейтенанти Евел Самуилович Белявин Совет Иттифоқи Қаҳрамони унвонига сазовор бўлган.

Jasorat haqida yozish

Siz xotira.uz portalida yaqinlaringiz urushda ko‘rsatgan jasorati haqida so‘zlab berish imkoniga egasiz. Biz birgalikda Ikkinchi jahon urushida vatandoshlarimiz ko‘rsatgan jasorati haqidagi xotirani saqlab qolamiz va kelajak avlodga yetkazamiz.