Rang sxemasi

Xotira kitobi


1919 yilda Chernigovsk tumanining Priluki shahrida tavallud topgan. Urushga 1943 yilda Jizzax tuman harbiy komissiyasi tomonidan chaqirilgan. Gvardiya askari, 62-o‘qchi diviziyasi 184-gvardiya o‘qchilari polkining qo‘mondoni. Dneprni jangda kesib o‘tishda ko‘rsatgan jasorati uchun Sovet Ittifoqining Yuqori Prezidiumining 1944 yilning 22 fevraldagi farmoni bilan gvardiya askari Kondratets Ivan Yakovlevichga Sovet Ittifoqining Qahramoni unvoni berilgan.

1900 yilda Voronij viloyatida tavallud topgan. O‘zbekistonda istiqomat qilgan. Fuqarolik va Vatan urushlari ishtirokchisi. Gvardiya general-leytenanti, 7-gvardiya posbonlar korpusining qo‘mondoni. Lenin, Qizil Bayroq va Qizil Yulduz ordenlari bilan taqdirlangan. Yevropani ozodligi uchun bo‘lgan janglarda jasorati, jangdari xizmatlari va ko‘rsatgan qahramonliklari uchun Sovet Ittifoqining Yuqori Prezidiumining 1945 yilning 6 apreldagi farmoni bilan gvardiyaning general-leytenanti Konstantinov Mixail Petrovichga Sovet Ittifoqining Qahramoni unvoni berilgan.

1920 yilda Sharqiy-Qozog‘iston viloyatining Solovevo qishlog‘ida tavallud topgan. Sovet Armiyasida 1940 yildan boshlab xizmat qilgan. Mayor, 33-armiya 222-o‘qchi diviziyasini 606-artilleriya polkining diviziyasi qo‘mondoni. Aleksandr Nevskiy ordeni, ikkita I darajali Vatan urushi ordeni va Qizil Yulduz ordeni bilan taqdirlangan. Ulug‘ vatan urushida ko‘rsatgan jasorati va qahramonliklari uchun Sovet Ittifoqining Yuqori Prezidiumining 1945 yilning 31 mayidagi farmoni bilan mayor Kopilov Ivan Pavlovichga Sovet Ittifoqining Qahramoni unvoni berilgan.

1924 yilda tavallud topgan. Urushga 1942 yilda Sirdaryoning tuman harbiy komissiyasi tomonidan chaqirilgan. Gvardiyaning kichik leytenanti, 20-gvardiya o‘qchi bo‘limining 60-gvardiya piyoda polkining pulemyot vzvodi qo‘mondoni. Odessa uchun kechgan jangdagi jasorati uchun Sovet Ittifoqining Yuqori Prezidiumining 1944 yilning 13 sentyabrdagi farmoni bilan gvardiyaning kichik leytenanti Korneyko Vasiliy Xaritonovichga Sovet Ittifoqining Qahramoni unvoni berilgan.

1923 yilda Xmelnits viloyatining Shepetovka shahrida tavallud topgan. Sovet armiyasiga Samarqand viloyatining Naypan tuman harbiy komissiyasi tomonidan chaqirilgan. Leytenant, 247-Rosvalsk o‘qchi bo‘limi 909-o‘qchi polkining pulemyot vzvodi qo‘mondoni. Ikkita Qizil Yulduz ordeni va “Jasorat uchun” medali bilan taqdirlangan. Visla daryosining g‘arbiy qirg‘og‘ida kechgan janglarda ko‘rsatgan jasorati va qahramonliklari uchun Sovet Ittifoqining Yuqori Prezidiumining 1945 yilning 23 martidagi farmoni bilan leytenant Kostrov Stanislav Ivanovichga Sovet Ittifoqining Qahramoni unvoni berilgan. Urushdan so‘ng Stanislav Ivanovich Samarqandda yashab mehnat qildi.

Chuvashs ASSRning Chuvarlen qishlog‘ida 1911 yilda tavallud topgan. Urushga Toshkentning Lenin tuman harbiy komissiyasi tomonidan chaqirilgan. Gvardiya serjanti, 310-gvardiya o‘qchi polk 3-o‘qchi bataloni bo‘limi qo‘mondoni. Qizil Yulduz ordeni bilan mukofotlangan. Kirovorgrad viloyatida kechgan janglarda ko‘rsatgan jasorati va qahramonliklari uchun Sovet Ittifoqining Yuqori Prezidiumining 1944 yilning 22 fevraldagi farmoni bilan gvardiya serjanti Koshelev Mixail Timofeyevichga Sovet Ittifoqining Qahramoni unvoni berilgan. Urushdan so‘ng Mixail Timofeyevich Toshkentda istiqomat qilib mehnat faoliyatini olib bordi.

1916 yilda tavallud topgan. Qashqadaryo viloyatida istiqomat qilgan, Guzar MTSida traktorchi bo‘lib ishlagan. Leytenant, 248-maxsus tank polkining tank rotasi qo‘mondoni. Qizil Bayroq va II darajali Vatan urushi ordenlari bilan taqdirlangan. Jangdagi jasorati va qahramonliklari uchun Sovet Ittifoqining Yuqori Prezidiumining 1944 yilning 10 martdagi farmoni bilan leytenant Koshelev Nikolay Ivanovichga vafotidan so‘ng Sovet Ittifoqining Qahramoni unvoni berilgan.

1904 yilda Voronij viloyatining Zaverino qishlog‘ida tavallud topgan. Katta serjant, 40-armiyaning 11-motoo‘qchi jamoasini razvetka vzvodi qo‘mondoni. I darajali Vatan urushi, Qizil Yulduz ordenlari va “Jasorat uchun” medali bilan taqdirlangan. Dneprda kechgan jangda ko‘rsatgan jasorati va qahramonliklari uchun Sovet Ittifoqining Yuqori Prezidiumining 1943 yilning 23 oktyabridagi farmoni bilan katta serjant Krivtsov Sergey Vasilevichga Sovet Ittifoqining Qahramoni unvoni berilgan. Urushdan so‘ng Sergey Vasilevich O‘zbekistonda yashab mehnat qilgan.

1924 yilda tavallud topgan. Sovet armiyasiga 1942 yilda Ashxobod shahar harbiy komissiyasi tomonidan chaqirilgan. Kichik serjant, 60-o‘qchi diviziyasining 1281-o‘qchi polki, polk batareyasi  45-millimetrli qurol nishonchisi. Vislani kesib o‘tish janglarida ko‘rsatgan qahramonligi uchun Sovet Ittifoqining Yuqori Prezidiumining 1943 yilning 23 oktyabridagi farmoni bilan serjant Kuzmin Anatoliy Naumovichga Sovet Ittifoqining Qahramoni unvoni berilgan. Urushdan so‘ng Anatoliy Naumovich Samarqand shahrida yashadi.

1918 yilda tavallud topgan. Gvardiya katta leytenanti, 8-gvardiya aviatsiya divizining 40-gvardiya havo hujumi aviapolkining shturmani. Qizil Znamen va Qizil Yulduz ordenlari bilan mukofotlangan. Urush vaqtida ko‘rsatgan jasorati va qahramonliklari uchun Sovet Ittifoqining Yuqori Prezidiumining 1944 yilning 4 fevralidagi farmoni bilan katta leytenant Kuleshov Vladimir Kuzmichga vafotidan so‘ng Sovet Ittifoqining Qahramoni unvoni berilgan.

1920 yilda Astraxan viloida tavallud topgan. Sovet armiyasiga Toshkent shahar harbiy komissiyasi tomonidan chaqirilgan. Gvardiya leytenanti, 9-gvardiya havo hujumchi aviadiviziyasining 155-gvardiya havo hujumi aviapolkining bo‘lim qo‘mondoni. Ikkita Qizil Yulduz, Aleksandr Nevskiy va Qizil Yulduz ordenlari bilan taqdirlangan. Janglarda ko‘rsatgan jasorati va qahramonliklari uchun Sovet Ittifoqining Yuqori Prezidiumining 1944 yilning 26 oktyabridagi farmoni bilan gvardiya leytenanti Kulichev Ivan Andreyevichga Sovet Ittifoqining Qahramoni unvoni berilgan.

1925 yilda Toshkent viloyatining Niyozbosh qishlog‘ida tavallud topgan. 1943 yilda Sovet Armiyasiga Yangiyo‘l tuman harbiy komissiyasi tomonidan chaqirilgan. Gvardiya safdori, 92-o‘qchi diviziyaning 282-o‘qchi bataloni 2-o‘qchi rotasining snayperi. Dneprda kechgan janglarda ko‘rsatgan jasorati va qahramonliklari uchun Sovet Ittifoqining Yuqori Prezidiumining 1944 yilning 22 fevralidagi farmoni bilan bilan gvardiya safdori Kurbanov Aleksey (Abdulla) Abduraxmanovichga Sovet Ittifoqining Qahramoni unvoni berilgan.

Jasorat haqida yozish

Siz xotira.uz portalida yaqinlaringiz urushda ko‘rsatgan jasorati haqida so‘zlab berish imkoniga egasiz. Biz birgalikda Ikkinchi jahon urushida vatandoshlarimiz ko‘rsatgan jasorati haqidagi xotirani saqlab qolamiz va kelajak avlodga yetkazamiz.