
1925 yilda Kuybishev viloyati Suponeva qishlog‘ida tug‘ilgan. Millati rus. U Sovet Armiyasiga Namangan viloyati Yangiqo‘rg‘on tuman harbiy qismiga harbiy xizmat uchun chaqirilgan. Kichik serjant, 54-gvardiya artilleriya diviziyasi 125-gvardiya artilleriya polki qurol navodkachisi. Belorussiya ozodligi yo‘lida janglarda ko‘rsatgan qahramonligi uchun 1944 yil 25 sentyabrda SSSR ning Oliy Kengashi Prezidiumi Farmoni bilan gvardiya kichik serjanti Akimov Mixail Pavlovich Sovet Ittifoqi Qahramoni unvoniga sazovor bo‘lgan.