Rang sxemasi

Xotira kitobi


1919 yilda tug‘ilgan. Millati Tatar. Komsomolchi. U sovet armisiga 1938 yilda Farg‘ona viloyati Lenin tuman voyenkomotidan harbiy xizmatga chaqirilgan. 167-arteleriya polkasi gvardiyasi 6-batareyasi qo‘rol-aslahalar komandiri, gvardi serjanti bo‘lgan. Komandirlik vaqtida katta serjant Abdulin Qizil armiyaning mudofasini yorib o‘tmasligini ta’minlagan hamda dushmanlarning 8 harbiy tankini tormor qilgan. Abdullin Mansur Idiyatovichga ko‘rsatgan jasorati uchun Sovet Ittifoqi Qahramoni unvoni 1943 yili avgust oyida bir oy o‘tgach berilgan.

1912 yilda tug‘ilgan. Millati Qoraqalpoq. U sovet armiyasiga 1943 yilda Qoraqalpog‘iston ASSR To‘rtko‘l harbiy armiyasi tomonidan xizmatga chaqirtirilgan.  Oddiy askar.  1-o‘qchi rota 375-o‘qchi polkasi  219-o‘qchi diviziyasi 1-darajali motoo‘qchisi.  Abdullayev Urunbay Latviyani nemis qo‘shinlaridan ozod qilgani uchun Sovet Ittifoqi Qahramoni unvoni bilan taqdirlandi, shu tariqa u Ludze shahrining fahrli fuqorasiga aylangan.

1917 yili Toshkentda tug‘ilgan. Millati o‘zbek. Serjant, 97- alohida motorli bataloni muxandislik bo‘limi qo‘mondoni bo‘lgan. U 2ikkita orden  “Qizil bayroq” va “II darajali Vatan urushi ordeni” bilan taqdirlangan.  Ulug‘ Vatan urushida  ko‘rsatgan jasorati uchun 1944 yil 16 mayda SSSR ning Oliy Kengashi Prezidiumi Farmoni bilan serjant Samig Abdullayev Sovet Ittifoqi Qahramoni unvoniga sazovor bo‘lgan.

1916 yil Djal-Melitda tug‘ilgan. Millati Tatar. 1939 yildan Sovet armiyasida xizmat qilgan. Starshina, 1371-alohida minachilar batalyoni 312-muhandislik brigadasi minachi. Novotereshkovich tumanidagi Soj daryosi ustida ko‘prik qurilishida jasorat ko‘rsatgan. “Jasorat uchun” va “Stalingrad mudafasi uchun” medallari bilan taqdirlangan. 1944 yil 15 yanvarda SSSR ning Oliy Kengashi Prezidiumi Farmoni bilan serjant Abduramanov Uzeir Sovet Ittifoqi Qahramoni unvoniga sazovor bo‘lgan. Urushdan so‘ng u Navoiy shahrida joylashgan.

1914 yili Toshkentda tug‘ilgan. Millati Tatar. Qo‘riqchilar katta leytenanti,40 - gvardiya diviziyasi 116-gvardiya o‘qchi polki o‘qchi rota komandiri. Ikkita unvon Qahramonlik uchun va Qizil Yulduz ordeni bilan taqdirlangan. 145 ta nemis askarini qo‘lga tushirib o‘zining bo‘limiga olib kelgan. 1944 yil 24 martda SSSR ning Oliy Kengashi Prezidiumi Farmoni bilan Abzalov Rem Abzalovich Sovet Ittifoqi Qahramoni unvoniga sazovor bo‘lgan.

1925 yilda Orenburg viloyati Novomusino qishlog‘ida tug‘ilgan. Millati Tatar. U Sovet Armisiga Kattaqurg‘on tuman voyenkomotidan harbiy xizmatga chaqirilgan. Serjant, 40 -armiya 69-mexanizatsiya brigadasi 1-mexanizatsiya o‘qchi bataloni pulemyotchilar bo‘limi komandiri. “Jasorati uchun” medali bilan taqdirlangan.  U ko‘rsatgan qahramonliklari uchun  1943 yil 17 noyabrda SSSR ning Oliy Kengashi Prezidiumi Farmoni bilan serjant Abdrshin Ravil Sovet Ittifoqi Qahramoni unvoniga sazovor bo‘lgan.

1923 yilda Andijon viloyati, Uchqurg‘on tumani, Tuda qishlog‘ida tug‘ilgan. Millati O‘zbek. U Sovet Armiyasi tomonidan Namangan viloyati Norin tuman voyekomatiga harbiy xizmatga chaqirtirilgan. Katta serjant, 1-o‘qchi rota 459-o‘qchi polkasi bo‘limi qo‘mondoni bo‘lgan. Ulug‘ Vatan urushi yillarida ko‘rsatgan qahramonligi uchun 1945 yil 23 martda SSSR ning Oliy Kengashi Prezidiumi Farmoni bilan katta serjant Adashev Sali Sovet Ittifoqi Qahramoni unvoniga sazovor bo‘lgan.

1925 yili tug‘ilgan. Millati o‘zbek. Askar, 43-armiya 334-o‘qchi diviziyaning 1124-o‘qchi polki pulemyotchisi. Boltiq bo‘yi hududlaridagi janglarda qahramonligi uchun 1944 yil 22 iyulda SSSR ning Oliy Kengashi Prezidiumi Farmoni bilan oddiy askar Azimov Rozi Sovet Ittifoqi Qahramoni unvoniga sazovor bo‘lgan.

1920 yilda tug‘ilgan. 1924 yildan boshlab Toshkentda yashagan va ishlagan. Kapitan, 206-aviatsiya diviziyasi 503-hujumchi aviapolki eskadril komandiri. Ikkita unvonlar Qizil bayroq ordeni, Aleksandra Nevskovo va Qizil Yulduz yulduz ordenlari bilan taqdirlangan. Ulug‘ Vatan urushidagi alohida ko‘rsatgan xizmatlari uchun 1944 yil 13aprelda SSSR ning Oliy Kengashi Prezidiumi Farmoni bilan kapitan Ayriyev Armen Sovet Ittifoqi Qahramoni unvoniga sazovor bo‘lgan.

1925 yilda Kuybishev viloyati Suponeva qishlog‘ida tug‘ilgan. Millati rus. U Sovet Armiyasiga Namangan viloyati Yangiqo‘rg‘on tuman harbiy qismiga harbiy xizmat uchun chaqirilgan.  Kichik serjant, 54-gvardiya artilleriya diviziyasi 125-gvardiya artilleriya polki qurol navodkachisi. Belorussiya ozodligi yo‘lida janglarda ko‘rsatgan qahramonligi uchun 1944 yil 25 sentyabrda SSSR ning Oliy Kengashi Prezidiumi Farmoni bilan gvardiya kichik serjanti Akimov Mixail Pavlovich Sovet Ittifoqi Qahramoni unvoniga sazovor bo‘lgan.

1925 yilda tug‘ilgan. Millati rus. U urushdan oldin Toshkent viloyati Ordjonikidze tumanida yashagan va ishlagan. Katta serjant, 121-o‘qchi diviziyasi 705-o‘qchi polki pulemyot bo‘limi komandiri. Dnepr uchun janglarda ko‘rsatgan jangovarlik va qahramonligi uchun 1943 yil 17 oktyabrda SSSR ning Oliy Kengashi Prezidiumi Farmoni bilan katta serjant Akimov Fedor Filippovich Sovet Ittifoqi Qahramoni unvoniga sazovor bo‘lgan.

1921 yilda Bo‘stonliq tumani Xumson qishlog‘ida tug‘ilgan. Millati Qozoq.  1942 yili Bo‘stonliq rayon harbiy qismiga harbiy xizmatga chaqirilgan. Serjant, 69-o‘qchi diviziya 303-o‘qchi polki avtomatchilar bo‘limi komandiri. U II darajali Vatan urushi ordeni bilan taqdirlangan. Gomel yaqinidagi janglardan ko‘rsatgan qahramonliklari uchun 1943 yil 30 oktyabrda SSSR ning Oliy Kengashi Prezidiumi Farmoni bilan katta serjant Alibay Alimbetov Sovet Ittifoqi Qahramoni unvoniga sazovor bo‘lgan.

Jasorat haqida yozish

Siz xotira.uz portalida yaqinlaringiz urushda ko‘rsatgan jasorati haqida so‘zlab berish imkoniga egasiz. Biz birgalikda Ikkinchi jahon urushida vatandoshlarimiz ko‘rsatgan jasorati haqidagi xotirani saqlab qolamiz va kelajak avlodga yetkazamiz.